Say d u lla m irzayev


ABDU LLA O RIPOV



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

378


ABDU LLA O RIPOV
(1941-yilda tu g ‘ilgan)
0 ‘zbekiston xalq shoiri, 0 ‘zbekiston qahram oni Abdulla 
Oripov — tug‘ma iste’dod egasi. U — juda siyrak uchraydigan 
noyob, nodir shoir. Uning so‘z san’ati xazinasiga qo‘shgan hissasi 
bebaho. Ana shuning uchun ham Prezidentimiz Islom Karimov 
shoir ijodiga yuksak baho berib, «Biz XX asr adabiyotini Abdulla 
Q odiriy, G ‘afur G 'u lo m , Oybek kabi m um toz adiblarsiz, 
zamonaviy adabiyotimizni Said Ahmad, Erkin Vohidov singari 
ijo d k o rlarsiz tasav v u r eta olm aganim izdek, m a ’naviy 
kelajagimizni, farovon va buyuk istiqbolimizni Abdulla Oripov 
ijodisiz ko‘z oldimizga keltira olmaymiz. Hozirgi davrda uning 
she’rlari xalqimizni adolat tantanasi, yorug* kelajakka ishonch 
ruhida tarbiyalaydigan yuksak m a’naviy omil b o ‘lib xizmat 
qilmoqda»106, — degan edi.
A b d u lla O ripov ijo din in g fazilatla ri h a q id a adabiy 
tanqidchilik va adabiyotshunoslikda juda k o ‘p fikrlar bayon 
etilgan. Izza t S ulton, M . Q o ‘shjonov, O. S h arafid d in ov , 
L. Qayumov, S. Shermuhamedov, U. Normatov, I. G ‘afurov, 
Suvon Meli, N. Xudoyberganov kabi atoqli olimlar Abdulla 
Oripov ijodiga haqli ravishda yuqori baho berganlar. «Onajonim 
sh e’riyat» (M . Q o ‘shjonov), « she’riy a t — qalb yolqini» 
(O. Sharafiddinov), «A bdulla Oripov she’riyatining asosiy 
xususiyatlari» (M. Q o'shjonov, Suvon Meli), «she’riyat — 
kurashchanlik demak» (I. G ‘afurov), «Dovonlardan dovonlarga» 
(N. Xudoyberganov), «she’riyat — shoir yuragi» (R. Vohidov,
106 « 0 ‘zA S» gazetasi, 2001-yil, 23-mart.
379


M. Hoshimova) va boshqa risola, ilmiy ocherk va xilma-xil 
maqolayu taqrizlar ham bu fikrning jonli dalilidir.
A kademik Izzat Sultonov shoir ijodini teran tahlil etib: 
«А. Oripov she’riyatining eng muhim xususiyati odam larni 
birlashtiruvchi kuch-qudratdir. Bu — haqiqiy she’riyatning eng 
ulug‘ fazilatidir»,— degan xulosaga kelgan edi. 0 ‘zbekiston 
xalq yozuvchisi Odil Yoqubov esa: «Abdulla Oripov she’riyatiga 
nisb atan tashbeh q o ‘llaydigan b o ‘lsak, u d u to r navosiga 
o ‘xshaydi: birda cheksiz mung bilan dillarni larzaga keltirsa, 
birda sho‘xchan tus oladi, mayin va o ‘ziga xos taronasi tag‘in 
kishini m aftun etadi. Uning asarlari qon tom irida o ‘t bilan 
suvdek bir-biriga zid tuyg‘ular tinimsiz oqib turadi. Shuning 
uchun ham bir she’ri hayotning yetuk falsafiy idroki hosilasi 
bilan to ‘yingan, boshqa bir she’ri esa dardu g‘amga to ‘liq, nolali 
va ruhsiz, bir she’ri sho‘xchan, qochirimli va yumorga boy, 
boshqa bir she’ri esa saxovatli qalb mehriga to ‘liq, shuning 
uchun ham u betakror, hayotning o ‘ziday murakkab, hayotning 
o ‘ziday so‘lim va jozibali, yuraklarga yaqin. Ona V atan — 
Abdulla ijodining bosh mavzui. Vatanni undan ham kuchli 
sevish, sharaflash mumkinligini hozircha bunchalik yorqin 
namoyon etayotganlar kam»107, — deb yozgan edi.
A b d u lla O rip o v ijod ig a ja h o n d a g i b o sh q a m illat 
yozuvchilari va olimlari ham yuksak baho berganlar. Mashhur 
bolqor shoiri Qaysin Quliyev o ‘tgan asrning 60-yillaridayoq: 
«Abdulla Oripov she’riyatida men fikrning salmoqdorligini, 
obrazlarning ohorli, quymaligini, o ‘quvchini zeriktiruvchi tor 
m a ’noli «qizil s o ‘zlik»dan xolilikni k o 'rd im . Y osh shoir 
so‘zning ifoda kuchini bexato sezadi, hayotni o ‘z bo‘lishicha, 
uni o ‘ziga xos yangi nazar bilan ko‘radi. 0 ‘zbek she’riyatini 
yangi, k a tta is te ’dod b ilan q u tla s a b o ‘la d i» 108, — deb 
ta ’kidlagan edi. Abdulla Oripov ijodiga Chingiz Aytmatov kabi 
u lu g ia r ham tegishli tarzda yuqori baho berganlar. Chingiz 
Aytmatov: «Shoirning so‘zlaridan zamondoshlari ham, kelgusi 
avlodlari ham faxrlanib yuradilar»109, — deb yozgan edi.

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish