Say d u lla m irzayev



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

37 
Шевердин М. Первый узбекский роман. — «За партию» журнали,
1928 йил, 3-сон, 43-бет.
38 
Mirvaliyev S. R om an va zam on. — Т.: «Fan», 1983, П -bet.
143


«ОЧкап kunlar»da o4mish hayot haqiqati o ‘quvchi k o ‘z 
o ‘ngida ochiq-oydin gavdalantirib berilgan. Yozuvchining ustaligi 
avvalo shundaki, u voqealarni chetdan turib quruq bayon etib 
qo‘ya qolmaydi. Aksincha, o4mishning yorqin manzaralarini 
yaratish yo‘li bilan kitobxonni tasvirlanayotgan olam ichiga olib 
kiradi. Shu tariqa asar g ‘oyasini romanning umumiy ruhiga 
singdirib yuboradi.
O tabek bilan K um ushbibi o ‘rtasidagi m uhabbat qissasi 
roman sujetining asosini tashkil etadi. Biroq yozuvchi bu ishqiy 
sarguzashtni tasvirlash bilan kifoyalanib qolmaydi. Balki bu 
ikki yoshning sevgisini tasvirlash fonida o ‘sha davr mamlakat 
hayotining tavsifnomasini yaratadi.
Abdulla Qodiriy rom anda jonli obrazlar yaratishda juda 
katta mahorat ko4satdi. Romandagi har bir obraz va har bir 
epizod asar mexanizmining uzviy bir qismini tashkil qiladi. 
Ularning har biri asar sujeti taraqqiyotida o ‘z o ‘rni va mavqeiga 
ega. Asardagi Otabek, Kumushbibi, Yusufbek Hoji, Zaynab, 
0 ‘zbek oyim, H asanali, O ftob oyim, M irzakarim qutidor, 
Homid kabi asosiy obrazlargina emas, balki X ushro‘ybibi, 
T o ‘ybeka, O ybodoq, Jan n a t kam pir, S aodat, usta Alim, 
N u sra tb e k sing ari epizodik siym olar ham u stalik bilan 
yaratilgan. Shu bois har bir obrazning tabiati, o ‘ziga xos 
m a ’naviy qiyofasi, x a tti-h a ra k a ti, xu lq -atv o ri va tash qi 
ko‘rinishi (portreti) jihatidan bir-biridan yaqqol farq qiladi.
Romanning bosh qahramoni — Otabek. Bu obraz orqali o ‘sha 
davrning ilg‘or g‘oyalari olg‘a surilgan. Otabek yangi davrda ish 
bermay qo‘ygan eskicha tuzumni isloh qilish, unga o ‘zi ko‘rib 
kelgan «idora tartibini» joriy etishni orzu qiladi. Otabek o ‘z 
Vatanini sevadi, uning siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan 
taraqqiy etishini istaydi. Shunday o ‘rinlarda Qodiriy jadidchilik 
g‘oyalarini doim har bir asariga singdirib borganligi anglashiladi. 
Biroq ushbu romanda sof badiiyat chaqiriqli g‘oyalami o ‘z ortidan 
ergashtirib keta olgan.
Yozuvchi Otabek bilan Kumushbibi, Otabek bilan Zaynab, 
Kumushbibi bilan Zaynab o‘rtasidagi munosabatlarni tasvirlash 
orqali burch va hissiyotga, sevgi va havasga doir chuqur falsafiy 
xulosalar chiqaradi. Qodiriy, ayniqsa, Kumushbibi obrazini katta
144


m u h a b b at bilan y aratg an . K um ushbibi — oqila qiz, 
«m alaksiym o» g o ‘zal, sevgiga sodiq m a ’shuqa, o ta -o n a 
hurmatini bajo keltirishni yuksak burch deb bilgan mehribon 
farzand. «Yozuvchi Kumush portreti va uning nafis xarakterini 
qizning psixologiyasiga muvofiq holda tasvirlaydi. Bir vaqtning 
o ‘zida romanning umum estetik ruhiga to ‘la bo‘ysundiradi»39.
« 0 ‘tkan kunlar» rom anida Yusufbek Hoji obrazi muhim 
o ‘rin egallaydi. Yusufbek Hoji obrazida tadbirli, insonparvar, 
adolatparvar kishi, o ‘z xalqi taqdiri uchun qayg‘uruvchi, o ‘z 
niyatlari puchga chiqqanda ham tushkunlikka tushmaydigan 
irodali inson, dono va mehribon ota qiyofasi namoyon bo‘ladi.
«ОЧкап kunlar» romanida xotin-qizlar obrazlari katta o ‘rin 
egallaydi. Adib xotin-qizlarning Kumushbibi, Zaynab, 0 ‘zbek 
oyim, Oftob oyim, Saodat, Oybodoq, T o‘ybeka, Xushro‘ybibi, 
Jann at kam pir kabi o 'n lab xilma-xil obrazlarini yaratgan. 
Masalan, Otabekning onasi O'zbek oyim o'ziga xos murakkab 
bir xarakterni tashkil etadi. U ham mehribon ona, ham uncha- 
m unchani nazar-pisand qilm aydigan boyvuchcha, ham eri 
Yusufbek Hojini o‘z aytganiga ko‘ndira oluvchi hokima, ham 
b a ’zi nozik harakatlarning oqibatini o ‘ylab k o ‘rm aydigan 
dovdirroq ayol. Binobarin, u o ‘g‘li Otabekni va eri Yusufbekni 
o ‘z irodasiga b o ‘ysundirib, oqibatini o ‘ylamasdan Zaynabni 
ikkinchi kelin qilib oladi. 0 ‘zbek oyim keyinchalik, Kumushni 
ko‘rib, uni yoqtirgach, Zaynabni butunlay e4iborsiz qo‘yadi. 
Kumushning onasi Oftob oyim esa 0 ‘zbek oyimga nisbatan 
k o ‘proq mulohazali va muhokamali ayol, u aksariyat holda 
erining ko‘ngliga qarab ish ko‘radi. 0 ‘zining ibosi, andishasi, 
vazmin tabiati bilan ajralib turadi.
A bdulla Qodiriy H omid, X ush ro ‘ybibi, Jan n at kam pir, 
Musulmonqul, Azizbek, Sodiq kabi salbiy obrazlarni ham zo‘r 
m ahorat bilan yaratgan. Kumushbibi vafodorlik, go‘zallik va 
samimiylikning ramzi b o ‘lsa, X ushro‘ybibi ichi qoralik va 
sh u m lik n in g, b a tto llik va y o m o n lik n in g , b ehayo lik va 
u rish q o q lik n in g , o ‘ja rlik va x u d b in lik n in g tim so lid ir.

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish