Say d u lla m irzayev



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

« D o 's tim Shorahim !
Rasuljon! B u y axshiliklaringni unutgan nomard! Elga omon qaytib
borsak... abadul-abad xizm atlaringda bo'laman! T o'yda ham,
a za d a ham b irg a m iz» ,
— deb qasam yod qilgan M uzaffar 
Farmonov urushdan sog‘-salomat yurtiga qaytib kelgach, o ‘z 
ahdini buzadi, do‘stlikka xiyonat qiladi.
M uzaffar Farm onov «D ashtsroy» t a ’m inot b o iim in in g
boshlig‘i lavozimiga ko‘tarilgach, bosar-tusarini bilmay qoladi. 
Mansabni suiste’mol qiladi. M a’naviy jihatdan buziladi, yoshi 
anchaga borib qolganiga qaramay, Toshkentdagi qudag‘ayi 
K lara Jamolovna bilan, hatto qizi qatori yosh kotibasi bilan 
aysh-ishrat qiladi. «Bog‘i Eram» va «Sharshara»da kayf-safo 
suradi. M uzaffar F arm onov sobiq d o ‘stlari Shorahim va 
Rasulni nazar-pisand qilmay q o ‘yadi. Xususan, Shorahimlar 
oilasiga nisbatan juda adolatsizlik va vijdonsizlik qiladi. Ivan 
Beloborodovni esa pora berib q o ‘lga olm oqchi b o ‘ladi. U 
shaxsiy boylik yig‘ishga mukkasidan beriladi.
«Oq qushlar, oppoq qushlar» rom anida jam iyatni qayta 
qurish va poklanish davri adabiyotiga xos b o ‘Igan xususiyat
— tanqidiy ruh kuchli. Biroq shunisi muhimki, adib asarda 
salbiy jihatlar tasviriga ortiqcha berilib ketmaydi, romanni har 
xil salbiy hodisalar va salbiy tiplar bilan to ‘ldirib tashlamaydi. 
A ksincha, a d o lat va h aq q o n iy at y o ‘lidan bo rib, jam iy at 
taraqqiyotini ta ’minlayotgan halol, mehnatsevar, pok vijdonli 
kishilar obrazlarini yorqin tasvirlaydi. Asarda Shorahim, Rasul
344


Nuriddinov, Ivan Beloborodov singari asosiy obrazlargina emas, 
balki mehribon ona Oysuluv, shifokor Sohibaxon, agranom 
Shoqosim, yosh arxeolog N igora, iste’dodli h aykaltarosh 
Behzod kabi epizodik obrazlar ham jonli va haqqoniy qilib 
k o ‘rsatilgan.
R om anda ayrim nuqsonlar ham m avjud. A sar yechimi 
yanada teran va ta ’sirli qilib berilsa, asosiy salbiy tip Muzaffar 
Farm ono'vning inqirozi va fojiasi chuqurroq aks ettirilsa, 
roman yanada boyigan va sayqal topgan b o ‘lar edi.
Odil Yoqubovning «Adolat manzili» romanida 1984-1988- 
yillarda «paxta ishi», «o‘zbek ishi» bahonasida 0 ‘zbekistonda 
b o iib o ‘tgan fojiali voqealar ro ‘yirost tasvirlangan. Adib 
poraxo‘rlik va k o ‘zbo‘yamachilikka qarshi kurashib, adolat 
o ‘rnatamiz, deb Moskvadan 0 ‘zbekistonga kelgan desantchi- 
tergovchilarning mudhish kirdikorlarini, ularning hech qanday 
qonun-qoidaga va axloq-odobga to ‘g‘ri kelmaydigan razil 
qilm ishlarini ayovsiz ochib tashlagan. A na shu dahshatli 
voqealarni tasvirlash jarayonida o ‘zbek xalqiga xos b o ig a n
halollik, bag‘rikenglik, saxiylik, e’tiqodga sodiqlik, adolatga 
ishonch, sa b r-to q a t va fidoyilik singari o lijanob insoniy 
fazilatlarni umumlashtirib ko‘rsatgan.
Roman sujeti markazida pok va halol, kam tar va fidoyi bir 
o ‘zbek oilasining hayoti turadi va bu oqko‘ngil, bag‘rikeng 
oila hayoti yozuvchi tomonidan ustalik bilan tasvirlab berilgan. 
Asarda Veteran bobo boshliq bu ibratli oilaga mansub b o ig an
katta-kichik obrazlarning hammasi samimiy muhabbat va mehr 
bilan yaratilgan.
Asarning bosh qahram oni — Suyun Burgut. Uning ismi 
jismiga mos. Suyun — halol ishlab, halol yashaydigan inson. U
— mehr-oqibatli, oriyatli, mard va tanti. Shoirtabiat bu olov 
yigit yoshligidan m aktabdoshi M arjonoyni sevib qoladi va 
balog‘atga yetgach, qizni M arjontovga olib qochadi. Shirin- 
shakar oila quradi. Keyinchalik Veteran bobo yordamida o ‘qib, 
oliy m aium otli mutaxassis b o iib yetishadi. Voqealar davomida 
о ‘sib, yirik chorvador sovxozga direktor b o ia d i. X o‘jalikka 
mohirlik bilan rahbarlik qilib, uning iqtisodiy jihatdan taraqqiy 
etishini ta ’minlaydi. Davlat va xalq mulkini ko‘z qorachig‘iday
345


asrab, halol va adolatli boshliq sifatida ko‘pchilikning hurmatiga 
sazovor bo‘ladi. X o‘jalik a ’zolarining to ‘y-ma’rakasida ham, 
tashvishli, motam kunlarida ham ular bilan birga bo‘lib, qo‘lidan 
kelgan barcha yaxshiliklarni qiladi.
Biroq q o ‘qqisdan kelgan falokat tufayli Suyun Burgut 
mudhish tuhm atga uchraydi. M oskvadan «haqiqat qilgani» 
kelgan general Sharonovskiy boshliq b atto l va shafqatsiz 
d esa n tc h ila r uni asossiz h o ld a k o ‘z b o ‘yam ach ilik va 
poraxo‘rlikda ayblab hibsga oladilar. Suyun Burgutni ham 
jismoniy, ham m a’naviy jihatdan behad qiynab, azoblaydidar. 
Lekin ular bu pok va mard inson irodasini buka olmaydilar. 
Bundan g‘azablangan desantchilar m ahbusni azoblashning 
hayotda misli ko‘rilmagan yangi-yangi usullarini ishlatib, uni 
taslim ettirmoqchi bo'ladilar. Biroq bunga erisha olmaydilar.
Suyun Burgut qamoqxonada ne-ne adolatsizlik, nopoklik 
va jismoniy qiynoqlarga duchor bo'lm asin, baribir, to ‘g‘ri 
yo‘ldan toymaydi, iymonini yo‘qotmaydi, o ‘z jonini saqlab 
qolish uchun b iro v larn i yom onlab yo lg ‘on s o ‘zlam aydi. 
T uhm atdan hazar qiladi. qam oqxonadagi bezori, z o ‘ravon 
m ah bu slarn in g ad ab in i beradi. Zero, u tergovchilarning 
qistoviga teskari o ‘laroq, doimo aql va adolat bilan ish tutadi. 
Chunki Suyun Burgutning qalbida nur bor, pok e’tiqod — 
vijdon bor. Yozuvchi buni romanida juda ta ’sirli va haqqoniy 
aks ettirgan. N atijada, Suyun Burgutning, ayniqsa, hibsga 
olingandan so‘nggi faoliyati mardlik va jasorat namunasi bo‘lib 
chiqqan.
Romanda Suyun Burgut hamda uning hali o ‘n gulidan bir 
guli ham och ilm agan o ‘g ‘li L ochin p o lv o n n in g o ‘lim i 
kitobxonlar qalbini larzaga soladigan darajada teran va g‘oyat 
ta ’sirli qilib aks ettirilgan. Bu ikki fojiali o ‘lim tasviri orqali 
adib desantchi-tergovchilarning yurtimizni oyoqosti, xalqimizni 
xoru zor etib, kechirilmas va unutilmas gunoh, katta jinoyat 
sodir etganliklarini yaqqol ko‘rsatib bergan.
A sard a d esan tch ilarn in g h aqiqiy b a sh a ra la rin i ochib 
tashlovchi xarakterli voqea va asosli tasvirlar ko‘p. Romanda 
ko‘rsatilishicha, desantchilar na qonun-qoidaga rioya qiladilar, 
na xalqning urf-odatlarini hisobga oladilar. Aksincha, o ‘z qora
346


niyatlariga yetish yo 'lida istagan nom a’qulchilikni, istagan 
razillikni qila beradilar. Aybsiz «aybdor» mahbusni xo'rlash, 
haqorat qilish, talash, kaltaklash, uning g‘ururini, nozik insoniy 
tuyg‘usini toptashdan qaytmaydilar. Desantchilar, hatto Suyun 
B urgutning k o ‘z oldida uning ju fti haloli M arjon suluvni 
qamoqxonadagi bezorilarga zo‘rlatmoqchi boiadilar. Natijada 
ilojsiz qolgan Suyun Burgut desantchilarni dog‘da qoldirib, 
o ‘zini-o‘zi o ‘ldirishga majbur bo‘ladi. Yozuvchi bu dahshatli 
holni har jihatdan asoslab bergan. Suyun Burgutning xatti- 
harakatlarida hech qanday soxtalik va g‘ayritabiiylik yo‘q. Zero, 
oriyatli inson Suyun Burgutning o ‘zini oidirishdan b o ia k iloji 
qolmagan edi.
«Adolat manzili» rom anidagi Veteran bobo, M arjonoy, 
Lochin, Bibisora momo, Nikolay Doronin singari chin insonlar 
obrazlari ham haqqoniy ko‘rsatib berilgan. H ar bir obrazning 
o ‘ziga xos qiyofasi, ruhiyati, xulq-atvori, xatti-harakatlari 
realistik bo‘yoqlarda tasvirlangan. Romandagi Veteran bobo
— fidoyi, m eh rib o n , a d o la tli inso n . U n in g e ’tiq o d i — 
mustahkam, diyonati — mahkam, vijdoni — pok. U desantchi- 
tergovchilarning jinoyatkorona qilmishlarini k o ‘rgach, tinch 
o ‘tira olmaydi. A dolat istab poytaxt Toshkentdagi tegishli 
idoralarga va mansabdor shaxslarga murojaat qiladi. Lekin hech 
qanday najot topa olmaydi. O xir-oqibatda og‘ir kasallikka 
uchrab yotib qoladi. Adib boboning bunday harakatlarini v a ' 
uning haqli talab lari oqibatsiz qolganini tasvirlash bilan 
respublikamiz hayotidagi nozik bir jihatga ishora qiladi. Y a’ni, 
u vaqtda 0 ‘zbekiston mustaqil bo‘lmagani uchun hamma inon- 
ixtiyor M oskvaning q o ‘lida b o ‘lib, yurtim izda desantchi- 
tergovchilarning ra ’yini hech kim qaytara olmas edi, degan fikr 
o ‘tkazilgan.
«A dolat m anzili» ro m an id a m avzu va m azm un yangi 
bo'lganidek, asosiy obrazlar ham betak ro r va salm oqdor. 
Y ozuvchi nom lari yuqorida zikr etilgan ijobiy obrazlarni 
y a ratish d a qanch alik m a h o ra t k o ‘rsatg a n b o is a , ad o lat 
o ‘rnatish niqobi ostida yurtimizga bostirib kelib, odamlarni 
qon qaqshatgan «adolat posboni» general Sharonovskiy yoki 
o ‘zimizdan chiqqan «eshakmiya tergovchi» Mirjalolov, sobiq
347


sovxoz direktori M ansur mesh kabi порок shaxslar obrazlarini 
tasvirlashda ham shunchalik yutuqqa erishgan.
«Adolat manzili» romanida xilma-xil ramziy obrazlar ham 
m avjud. Lochin polvonning tengsiz g o ‘zal va uchqur oti 
Qaldirg‘och, b o ‘ribosar it qoplon singari ramziy obrazlarda 
insoniyat va hayvonot, vafo va sadoqat olamiga doir muhim 
fikrlar badiiy teranlik bilan ifodalangan.
Roman sujeti — hayotiy, yaxlit, tig‘iz va zich. Unda ortiqcha 
epizodlar, o ‘zaro biri-biri bilan uzviy bog‘lanmagan voqealar 
va yuzaki tasvirlar yo‘q. Shuningdek, asar sujetining o ‘sish 
dinamikasi ham me’yorida. U — tuyg‘ular tug‘yoni, shiddatli 
voqealar va o ‘tkir ziddiyatlarning yorqin ifodasi bo‘Igan teran 
dram atik va tragik holatlarga boy. Shu bilan birga, roman 
yuksak lirik nafosat bilan y o ‘g‘rilgan. Bu xususiyat Suyun 
Burgut va uning jufti haloli Marjon suluvning yoshligi, sho‘xligi, 
sev g i-m u h ab b ati, q ish lo q d ag i t o ‘y -to m o sh a va o ‘lan- 
aytishuvlar tasvirlangan sahifalarda, ayniqsa, ochiq ko‘rinadi.
Rom anda qishloq ahlining turmush tarzi, fe’l-atvori, urf- 
odati, ularning o ‘zaro ahilligi, milliy qadriyatlari, samimiy 
munosabatlari, bir-biriga ko‘maklashishi, bir-biriga beminnat 
xizmat qilishi yaqqol tasvirlangan. B itta misol. Tasodifan 
falokat natijasida bir cho'ponning qo‘rasi kuyib, ko‘p qo‘ylari 
nobud bo'ladi. Bundan xabar topgan Suyun Burgut boshliq 
M arjontov ahli tezda hamqishlog‘iga yordamga yetib keladi, 
k atta zarar к о ‘rib dovdirab qolgan cho‘ponning xo‘jaligini 
tiklashda jonbozlik k o ‘rsatadi. Biri q o ‘y, biri q o ‘zi berib, 
hamqishlog‘ining og‘irini yengil qiladi. Yoki, desantchilarning 
adolatsizligi va zulmi tufayli Suyun Burgut boshiga kulfat 
tushganda butun qishloq ahli qattiq iztirob chekadi. Hech kim 
hamqishlog‘ining fojiasiga befarq qaramaydi.
«Adolat manzili» romanida quyoshli diyorimizning tabiat 
manzaralari (peyzaj) tiniq va yorqin bo‘yoqlarda jozibador qilib 
chizib berilgan. Yozuvchi M arjontov m anzaralarini, uning 
tezoqar soylarini, o ‘rmonzoru sero‘t yaylovlarini maftun bo‘lib 
tasvirlar ekan, har bir kichik detaining ham aniq va tabiiyligiga 
erishadi. Ana shuning uchun ham bu yorqin tasvirlarni o ‘qigan 
o ‘quvchi k o ‘z oldida so‘lim tabiatning go‘zal va m aftunkor
348


m a n z arasi g av d alan ad i. Z ero, adib peyzaj ch izg and a 
manzaraning mayda, ammo xarakterli tom onlarini tanlaydi 
hamda ularni ko‘zga tez ilinadigan, xotirada uzoq saqlanadigan 
darajada yorqin va jozibador qilib tasvirlab beradi. Marjontov 
y a n to q z o rla ri va sh u v o q zo rlarin in g tasv iri buning jo n li 
guvohidir: 

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish