Say d u lla m irzayev


Bobolaring qarich yoshda ot mingan



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

Bobolaring qarich yoshda ot mingan,
Tig'lariga jilo bergan chaqindan.
Oq soqolin hilpiratib janglarda
Vatanidan yovni quvgan, so ‘ng tingan.
60 A d ab iyotim iz avtobiografiyasi. — Т.: 1973., 154-bet.
204


O ybekning harbiy lirikasi m azm un va badiiy m ahorat 
jihatidan yuqori saviyada, nafis bo‘lib, milliy she’riyatning jiddiy 
yutug‘idir. Bu fikr uning «Mahmud Tarobiy» dostoniga ham 
taalluqlidir. Urush davrining mahsuli bo‘lgan bu dostonda (opera 
librettosida) xalqimizning XIII asrda m o‘g‘ul bosqinchilariga 
qarshi olib borgan m ardonavor kurashi iftixor bilan hikoya 
qilingan. Asar sujeti markazida qadimiy Buxoro yaqinida bo‘lib 
o ‘tgan tarixiy voqea yotadi: M ahmud Tarobiy boshchiligida 
m o‘g‘ul istilochilariga qarshi ko‘tarilgan xalq isyoni tasvirlanadi. 
A sard a q a to r tarixiy-voqeiy va badiiy t o ‘qim a o b razlar 
yaratilgan. Shular orqali Vatanni bosqinchilar asoratidan ozod 
qilish uchun hayot-mamot kurashiga otlangan xalq qahramonligi 
ulug‘langan. Asarning bosh qahramoni — tarixiy shaxs Mahmud 
Tarobiy. U butun borlig‘i bilan el-yurt baxt-saodati uchun 
kurashgan xalq qahramoni sifatida gavdalantirilgan.
Asar badiiy jihatdan m e’yorida. U nda ajoyib qo'shiqlar, 
ta’sirli ariyalar, pyesa g‘oyasini obrazli tarzda ochishga bevosita 
xizmat qiluvchi sermazmun monolog va go‘zal dialoglar bor. 
Xalq kuchiga va adolat tantanasiga komil ishonch ruhi bilan 
sug‘orilgan «Mahmud Tarobiy» librettosi asosida kompozitor 
Oleg C hishko y a ra tg an o p era 1944-yilda T o sh k en td a 
sahnalashtirilgan.
Oybek urushdan so'nggi yillarda ham xilma-xil mavzularda 
k o ‘p lab
sh e ’rla r 
yozdi. 
A y niq sa, 
epik 
sh e ’riy a t 
imkoniyatlaridan unumli foydalandi. «Qizlar» (1947), «Hamza» 
(1948), « Z afar va Z ah ro» (1950), « H a q g o ‘ylar» (1954), 
«Bobom» (1957), «Davrim jarohati» (1965), «Guli va Navoiy», 
«B obur» (1968) nom li liro -ep ik a s a rla r yozib, o ‘zbek 
dostonchiligi taraqqiyotiga katta hissa qo'shdi.
Oybekning «Qizlar» dostonida о ‘zbek xotin-qizlarining urush 
davridagi hayoti, buyuk g‘alabani ta ’m inlashga qaratilgan 
fid o k o ro n a m ehnati tasvirlangan. A sarda h ay o t h aq iq ati 
bo‘yalmay, pardozlanmay ro ‘y-rost ko'rsatilgan. Shoir front 
orqasidagi kishilarning qahram onona m ehnatini, xususan, 
xotin-qizlarning vatanparvarligini k o ‘rsatish uchun kerak 
b o ‘lgan voqea va dalillarni besh kolxozchi qiz obrazi orqali 
badiiy tarzda bera olgan. D ostonda tasvirlanishicha, Nazmi,
205


D ilb a r, O ltino y, O yjam ol va G u lsh an u ru sh d av rid a 
vatanparvarlik namunalarini amalda namoyish qiladilar. Bu 
qizlar g‘alabaga ko‘proq hissa qo‘shish uchun o‘z kuchlarini 
ayamadilar. Urush davrining o ‘ziga xos katta qiyinchiliklarini 
mardona yengib, paxtadan yuqori hosil oladilar.
Oybek «H am za» do sto n id a xalqim izning asl farzandi, 
jangovar shoir va faol jamoatchi Hamza Hakimzodaning jonli 
obrazini yaratib, shoirning millatni taraqqiy ettirish sohasidagi 
jonbozliklarini badiiy tarzda ko‘rsatgan. Asarda Hamza yangi 
davrning va yangi tipdagi odamlarning asosiy xususiyatlarini 
o ‘zida g av dalantiruvchi hayotiy obraz sifatida nam oyon 
b o ‘ladi. Oybek dostonda H am zaning jaholatga, xurofotga 
qarshi kurashini haqqoniy ifodalagan.
Oybek ijodida chet el m avzusidagi «Z afar va Zahro», 
«Haqgo‘ylar», «Davrim jarohati» dostonlari ham muhim o ‘rin 
tutadi. M a’lumki, Oybek 1949-yilda yozuvchilar delegatsiyasi 
tarkibida (N. Tixonov, A. Safronov va M. Tursunzoda bilan 
birga) Pokistonga bordi va Pokiston taraqqiyparvar yozuvchilari 
uyushmasining kongressida qatnashdi. Oybek chet eldan qaytib 
kelgach, «Pokiston poytaxti», «Orzu», «Pokiston ayoliga», 
« M u h o jirlar lageri» kabi sh e ’rla r, « Z afar va Z ahro», 
«Haqgo‘ylar» nomli dostonlar, «Pokiston taassurotlari» degan 
katta ocherk va «Nur qidirib» qissasini yaratdi. Chet el safari 
taassurotlari asosida yozilgan bu asarlarda Oybek Pokiston 
xalqining 40-yillardagi ijtimoiy hayoti, turmush sharoiti, urf- 
odatlari, ozodlik va tinchlik yo‘lidagi kurashlarini tasvirladi.
Pokiston istiqboliga ishonch tuyg‘usi Oybekning «Zafar va 
Zahro», «Haqgo‘ylar» dostonlari va nasriy asarlarida yanada 
keng va aniq aks etgan.
« H aq g o ‘ylar» dosto n ida P okiston m ehnatkashlarining 
taraqqiyotdan orqada qolib, og‘ir hayot kechirayotganliklari aks 
ettirilgan. Pokiston hukmdorlarining mamlakatda olib borayotgan 
adolatsiz siyosati qoralanib, ziyolilarning tinchlik va ozodlik, 
demokratiya va adolat yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlari 
qo‘llab-quwatlangan. Asarning bosh qahramoni — Sakna ismli 
ziyoli qiz. Sakna dostonda xalqparvar, vatanparvar, erkin fikrli, 
jasur qiz sifatida gavdalanadi. Sakna adolat va haqqoniyat yoiida,
206


o ‘z xalqining baxt-saodati y o ‘lida jon fido qilishga tayyor. 
«Haqgo‘ylar» tugallanmagan asar bo‘lsa-da, o ‘quvchilarda yaxshi 
taassurot qoldiradi. Unda yorqin misralar, sermazmun baytlar, 
tiniq ifodalar va chiroyli iboralar joy-joyida ishlatilgan.
A tom urushining oldini olish m uam m osiga b ag 'ish lab
yozilgan «D avrim ja ro h a ti» dostonida insoniyatga mehr- 
m uhabbat tuyg‘usi tinch hayotni ulug‘lash, dahshatli atom 
urushini keskin qoralash bilan cham barchas bog‘liq holda 
y o rqin ifodalan gan . D o sto n d a 1945-yilda Y aponiyadagi 
X iro sim a va N ag asak i s h a h a rla rig a ato m b o m b asin in g
tashlanishi va uning fojiali oqibatlari zo‘r hayajon va iztirob 
bilan tasvirlangan. Shoir bu shaharlarga atom bombasining 
ta sh la n g a n lig in i va um u m an , ato m b o m b asi b ilan
qurollanishning kuchayganini davrim iz uchun k a tta ayb, 
davrimizning sog‘lom tanasidagi og‘ir jarohat deb ataydi.
«Davrim jarohati» dostonida Oybek o ‘z taqdirini insoniyat 
taqdiri bilan uzviy bog‘liq ekanini chuqur his etgan holda 
qalam tebratib, insoniyatning baxti — mening shaxsiy baxtim, 
insoniyatning jarohati — mening yuragimdagi jarohatdir, degan 
buyuk g‘oyani ta ’sirli qilib ifodalagan.
«Davrim jarohati» dostonida sokinlik va mantiqan teranlik 
xususiyati bilan publitsistik k o ‘tarinkilik xususiyati o ‘zaro 
birlashib, chatishib ketgan. Bu hoi asarning ta ’sir kuchini 
o sh irib , un ga h a y o tb a x sh o p tim istik ru h b a g ‘ish lagan . 
Insoniyatning porloq istiqboliga, tinchliksevar insonlarning 
kuch-qudratiga ishonch ruhini kuchaytirgan. «Davrim jarohati» 
dostoni til va badiiy m ahorat jihatidan ham puxta ishlanib, 
me’yoriga yetkazilgan.
Shunday qilib, Oybek bir umr she’riyat bilan shug‘ullandi 
va rang-barang asarlar yozib, she’riyat xazinasiga bebaho hissa 
qo‘shdi. Oybek nafaqat mohir shoir, balki nosir sifatida ham 
m ashhur dir.
* * *
Oybek o ‘z ijodini shoir sifatida boshlab, bu sohada ajoyib 
samaralarga erishgan va boy tajriba hosil qilgan bo‘lsa-da, 30-
207


yillarning ikkinchi yarmiga kelib, nasriy asarlar yaratishga o ‘tadi. 
A walo, «Gulnor opa», «Fanorchi ota», «Geografiya muallimi», 
«Tillatopar», «Globus», «Musicha», «Kurashchi yigit» singari 
hikoya va ocherklar yozib, nasrda m aiu m bir tajriba va malaka 
hosil qiladi. So‘ngra «Qutlug‘ qon» romanini yozishga kirishadi. 
Oybek romanning yaratilish tarixi haqida: «1937-yilda «Qutlug4 
qon» rom anini yoza boshladim. Bu rom anni yozish uchun 
material yig‘ib o ‘tirmadim, bolaligimdan hayotni kuzatishni 
sevganligimdanmi, k o ‘nglimdan, xotiram dan «Qutlug4 qon» 
rom ani quyilib kelaberdi. R om anni qisqa fu rsatd a yozib 
tugatdim»61, — degan edi.
1940-yilda chop etilgan «Q utlug1 qon» romani — badiiy 
jih a td a n yetuk asar. U nd a m am lakat o 'tm ish id ag i hayot 
haqiqati m ohirona k o ‘rsatilgan. 0 ‘zbek xalqining 1917-yil 
to ‘ntarishi arafasidagi og‘ir hayoti, ozodlik y o iid a olib borgan 
kurashlari keng va atroflicha tasvirlangan.
R o m a n n in g bosh q ah ram o n i Y o 'lc h i yangi h ay o t 
kurashchisi sifatida shakllana boshlagan о ‘zbek mehnatkashi 
obrazidir. U dinamik tarzda — tadrijiy o ‘sishda aks ettirilgan.
Oybek romanda Yo'lchining ijtimoiy qiyofasini k o ‘rsatish 
bilan birga, uning shaxsiy hayoti va insoniy fazilatlarini ham 
ochib bergan. Asarda Y oichining halol va pokligi, sof vijdonli 
va samimiyligi, soddaligi, rostgo‘yligi, mardligi, kamtarligi, 
insonparvarligi, sevgiga va do‘stga sodiqligi, onasiga va singlisi 
Unsinga mehribonligi va boshqa xislatlari yorqin ochib berilgan.
Y o‘lchi sodda, halol, pok qalbli, mard yigit sifatida romanda 
k a tta m ah o rat bilan tasvirlangan. Y o ‘lchi milliy x arakter 
darajasiga ko‘tarilgan yorqin obraz. Yozuvchi Yo'lchining har 
bir harakatini, h ar bir holatini psixologik jihatd an asoslab 
bergan.
« Q utlug4 qon» rom anida xotin-qizlarning rang-barang 
obrazlari berilgan. U lar orasida, ayniqsa, G u ln or tim soli 
o ‘quvchida katta taassurot qoldiradi. Adib Gulnor obrazi orqali 
x o tin -q izlarn in g achchiq ta q d irin i, fojiali qism atini 
umumlashtirib tasvirlab bergan. Gulnor — sodda va samimiy

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish