Say d u lla m irzayev


Voy, о ‘la qolay! Shuncha nomahramning oldida yuzimni



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

Voy, о ‘la qolay! Shuncha nomahramning oldida yuzimni
ochamanmi? Undan ко ‘га о ‘Iganim ya xsh i emasmi?»
— deydi. 
Sud yig‘ilishi tugar-tugamas: 
«Endi uyimni qanday qilib topib
boraman»,
— deya g‘am chekadi. Hukm e’lon qilinganda esa: 
« О р -o c h iq tu rg a n n a rsa n i b u la r tu sh u n m a y d i-y u , u lar
tushunarmidi?»
— deb yuqoriga norozilik arizasini berishdan 
voz kechadi.
Romandan olingan quyidagi parchada ham Zebining ong- 
tushunchasi, ruhiy holati, beg‘ubor fe’l-atvori yorqin aks etgan: 
«Zebi b o ‘Isa o ‘sha zaharlanish hodisasidan beri doim karaxt 
bir holda boiardi: uning miyasi birdan falajga yoiiqqan kabi 
edi. U butun bir so‘roq, tergov, konvoy, sud va zakonchilarga 
ajib bir loqaydlik bilan — xuddi jonsiz odamday qarar; nimalar 
deyishni, o ‘zini nechuk m u d ofaa qilishni, nim a deb gap 
qaytarishni o ‘ylam asdi. U ning m iyasida, m iyasining ham 
allaqaysi olis bir burchagida xira va tumanli bir fikr bor: u fikr
170


shuncha olisda va xiraki, uning nimaligini anglayolmaydi, 
bechora... Miyasini tugumlab juda zo‘r bergan vaqtda u tumanli 
fikr mana bu kepataga kirganday bo ‘ladi: 
«M en o'ldirganim
yo'q... Bu aniq... M eni qo'yib yuboradilar... Yana o'sha yerga
qaytam anm i? N im a keragi bor... Oyim -chi? Oyim ning yoniga
qaytaman... Erim о 'lib qoldi, deyman... Yig 'layman...»
«Kecha va kunduz» romanida Zebining otasi Razzoq so‘fi, 
onasi Q urbon bibi obrazlari ham m ahorat bilan yaratilgan. 
Razzoq so‘fi ruhan mayib, m a’nan qashshoq shaxs b o ‘lsa, 
Q urbon bibi insoniy h u q u q la ri o ‘sha ad olatsiz ja m iy at 
tomonidan oyoqosti qilingan va har jihatdan ezilgan mushtipar, 
mehribon ona obrazidir. Bu ikki obraz vositasida yozuvchi 
hayotdagi moddiy qiyinchiliklar kishining m a’naviy olamiga 
qanchalar ta’sir etishini, uning dunyoqarashini, fikrlash doirasini, 
aql-zakovatini cheklab qo‘yishini haqqoniy aks ettirgan.
«K echa va k un d u z» ro m a n id a п о р о к va n o d o n , 
m a is h a tp a ra st va m a ’naviy tu b a n m in gb o sh i A k b arali, 
m am lak at va xalq boshiga balo b o ig a n m ustam lak ach i 
am’aldor Noyib to ‘ra obrazlari ham muhim o ‘rin egallaydi. 
Bular vositasida birinchi jahon urushi davridagi chor va mahalliy 
amaldorlar ham da «tadbirkoru ishbilarmon»larining ichki va 
tashqi dunyosi, ularning xalq va mamlakat manfaatiga zid xatti- 
harakatlari fosh etilgan.
C h o ‘lp on ro m a n d a M iry o q u b o b raz in i y a ra tis h d a
personajning o ‘z-o‘zini fosh etishi usulidan o ‘rinli foydalangan. 
Asarda Miryoqub-tergovchi bilan Miryoqub-aybdor o'rtasidagi 
ichki dialog, y a ’ni personajning o ‘z-o‘zi bilan savol-javob 
tarzida so‘zlashishi juda muvaffaqiyatli chiqqan.
Shunday qilib, «Kecha va kunduz» romanida Zebi, Razzoq 
so‘fi, Qurbon bibi, Miryoqub, Akbarali, Noyib to ‘ra singari 
asosiy obrazlarning har biri o ‘ziga xos xatakteri, ichki-tashqi 
olami, xatti-harakati bilan ravshan tasvirlab berilgan. Shu bilan 
birga, asardagi Poshshoxon, Sultonxon, Zunnun, Enaxon, 
Mariya, Valya, Saltanat singari ikkinchi darajali timsollar ham 
jonli va ishonarli qilib ko‘rsatilgan.
Roman sujeti qiziqarli va ta ’sirli boiganidek, u badiiy tuzilish 
jihatidan ham yuksak san ’at namunasidir. A sar tili — boy,
171


jozibador. Qahramonlar tili ham, muallif nutqi ham ixcham va 
obrazli, go‘zal va serjilo. Xalq qo‘shig‘i «Yoriltosh» ohangida 
to ‘qilgan va roman voqeasi yakunida berilgan quyidagi baytlar 
ham asar husniga husn, ta’siriga ta’sir qo‘shgan:

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish