Zebi, Zebi, Zebona,
Men ко ‘yingda devona.
Seni soldi о ‘z otang,
Men bo'layin sadag'ang!
Zahar qilib oshingni,
Pirim yedi boshingni!
Zebi, Zebi, Zebonam,
Qayda qolding, dilbarim?..
«Kecha va kunduz» romanida b a’zi naturalistik tafsilotlar,
ayrim yuzaki tasvirlar va chala o brazlar ham yo‘q emas.
A sardagi Zebi, M iryoqub o b razlari n otug aldek , qism ati
yakunlanmagandek. Balki romanning ikkinchi kitobida bular,
ehtim ol, ta sv irlan g an d ir. A m m o, afsuski, ikkinchi k itob
hanuzgacha topilmagan.
C h o ‘lp o n d ra m a tu rg iy a ja n rid a ham o ‘z is te ’d o d in i
nam oyon etgan. U « C h o ‘rining isyoni», «H alil farang»,
«Cho'pon sevgisi», «Zamona xotini» («Mushtumzo‘r»), « 0 ‘rtoq
Qarshiboyev», «Yorqinoy» singari katta-kichik sahna asarlarini
yaratgan. Bu pyesalar orasida eng baquvvati va mukammali,
shubhasiz, «Yorqinoy» dramasidir. Bu yirik sahna asari folklor
m ateriallari asosida yaratilgan. Buni muallifning o ‘zi ham
tasdiqlaydi. C ho‘lpon pyesani: «Totli va boy tili bilan ertak
(cho‘pchak) aytib berib, shu dram aning yozilishiga sabab
b o ‘lgan kam pir onaga hurm at bilan bag‘ishlayman», — deb
qayd qilgan edi.
Bog‘bon yigit P o‘lat bilan 0 ‘lmas Botir nomli sarkardaning
qizi Yorqinoy bir-birini sevadi. Lekin sarkarda bu tengsiz sevgiga
tish-tirnog‘i bilan qarshilik k o ‘rsatadi. U Xonzodani o ‘ziga
kuyov qilmoqchi b o ‘ladi. P o‘lat esa bu adolatsizlikka e’tiroz
bildirib, sarkarda dargohini tark etadi; xalqning xonga qarshi
jangovar harakatiga q o ‘shiladi. Zolim xonning 0 ‘lmas Botir
sarkardalik qilgan qo‘shiniga qarshi mardona jang qiladi.
172
Yorqinoy esa Kalning hiylasiga uchib, Nishobsoybegining
changaliga tushadi. Bek Yorqinoyga: «Nikohga rozi bo'lmasa,
benikoh qo‘l uzataman», — deb zo‘ravonlik qilmoqchi bo iad i.
Voqea davomida qiz hiyla ishlatib, Kalni o ‘z tomoniga og‘dirib
oladi va uning k o ‘m agida Bek tuzog‘idan qutuladi. P o ‘lat
h u zu rig a b o rib , u n g a h aq y o ‘lida y o rd am b erad i. A sar
P o ia tn in g Y orqinoyga qarata: «Meni yurt uchun yana bir
m artaba o iim d an qutqardingiz, keling, o ‘sha yurtning ishini
birgalashib qilaylik! Y urtning ishini birgalashib qilgandan
keyin...» — degan hayotbaxsh so‘zlari bilan tugaydi.
D ram an in g Y o rq in o y , P o 'la t, 0 ‘lm as B o tir, K al,
Nishobsoybegi, Momo xotin singari asosiy obrazlari o‘ziga xos
xarakter bilan ta ’minlangan. Shunga ko‘ra ularning m a’naviy
qiyofasi — ichki-tashqi olami, niyati, maqsadi va shu yo‘ldagi
xatti-harakati aniq.
D ram ada Yorqinoy obrazi markaziy o ‘rinda turadi va u
bosh qahramon sifatida asar voqealarining boshidan oxirigacha
ishtirok etadi. Muallif Yorqinoy obrazi orqali xotin-qizlaming
h a y o tin i, u la rn in g a q l-id ro k d a , m a rd lik va sh ijo a td a
erkaklardan aslo qolishmasliklarini ochib bergan.
P o i a t obrazida m ardlik, insonparvarlik, qiyinchilikdan
q o ‘rq m aslik ,
k a m ta rlik
sin g ari
ezgu
x u su siy atlar
mujassamlashtirilgan. O im a s Botir — o ‘zini k atta oluvchi,
qudratim har yoqqa yetadi deb o ‘ylovchi kishi. Lekin xonlik u
yoqda tursin, o ‘z yolg‘iz qizini saqlay olmaganini ko‘rgach,
hayot haqidagi o ‘ylari chuvalashgan ota holatini ifoda etuvchi
obrazdir. Bek timsolida esa noinsoflik, jabr-zulm va nopoklikni
odat qilib olgan yovuz bek fosh etilgan.
Pyesada Kal obrazining ham o‘ziga xos o ‘m i va vazifasi bor.
Kal obrazi asami xushchaqchaq kulgi va yumor bilan sug‘organ.
Kalning o ‘ziga xos fe’l-atvori, xususan, individual tili yorqin va
jonli chiqqan. Dramaturg Kalning o ‘ziga xos tilini yaratishda
xalq og‘zaki ijodida keng tarqalgan sa’j san’atidan ustalik bilan
foydalangan. «Suvday shovillab, o ‘tday lovillab, chumchuqday
chirillab, shamolday pirillab...», « 0 ‘zi yosh, so‘zi tosh, ko‘zi
bebosh, qora qosh, esi chosh, vosh-vosh...», «Oyim poshsha, siz
mening xudo bergan qizimsiz, ko‘ksimda kulgan yulduzimsiz,
173
qo‘limga qo‘ngan qunduzimsiz, yayrab yurgan qo‘zimsiz, uchib
o‘ynagan qo‘ng‘izimsiz, qarab turgan ko‘zimsiz, qizorib turgan
yuzimsiz, to ‘kilib turgan so'zimsiz...» va hokazo.
«Yorqinoy» dramasida sujet qiziqarli, asosiy voqealar rivoji
me’yorida. Asardagi hamma voqea va epizodlar bir-biri bilan uzviy
bog‘liq. Bunda dramaturg favqulodda voqea-hodisalar, ko‘plab
hayotiy detallar va jonli harakatlar topgan va ulami joy-joyida
ishlatgan. Xalqparvarlik va adolatparvarlikni, qahramonlik va
sevgiga sodiqlikni targ'ib etuvchi «Yorqinoy» dramasi o‘z vaqtida
sahnalashtirilgan va tomoshabinlarga manzur bo‘lgan edi. Bu asar
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach, 0 ‘zbek Milliy Akademik
drama teatrida yana qayta sahnalashtirildi.
Cho‘lpon she’riy, nasriy va dramatik asarlar yaratish bilan
birga, adabiy-tanqidiy va publitsistik maqolalar ham yozgan.
U ning «A dabiyot nadur?», «Sho‘ro h ukum ati va sanoye’
nafisa», «Ulug‘ hindu», «Sharq uyg‘onmoqda», «Buyuk maktab
egasi», « T ag o r va ta g o rsh u n o slik » , «U vaysiy», «M irzo
U lu g 'b e k » , «500-yil» k ab i m a q o la la ri o ‘z v a q tid a
ko ‘pchilikning diqqatini jalb qilgan edi.
Ularning aksariyati hozir ham o ‘z ahamiyatini yo‘qotgan
emas. M asalan , 1914-yilda yozilgan « A dabiyot nadur?»
maqolasi hozirgi kunda ham o ‘z qimmatini saqlab kelmoqda.
17 yashar yigit tomonidan bitilgan bu maqolada adabiyotning
kishilik jamiyatidagi o ‘rni va m as’uliyati haqida, yozuvchilarni
tarbiyalab yetishtirish um um xalq aham iyatiga ega b o ‘lgan
m uhim ish ekani haqid a te ra n fik r-m uloh aza yuritilgan.
C ho‘lpon, avvalo, «Adabiyot nadur?» degan savolga javob
berib, «Hayotimizning beto‘xtov harakat qilib turm og‘i uchun
suv, havo naqadar zarur bo‘lsa, kundalik maishatimiz yo‘linda
ruhim iz va vujudimizni zahm atkash falakning qora kirlari,
achchiq qurumlaridan yuvib turmoq uchun adabiyot shul qadar
zarurdir», — deb yozadi. So‘ngra millatning istiqboli adabiyot
ta ra q q iy o ti b ilan uzviy b o g ‘liq ek an in i qay d etib , s o ‘z
san’atining ahamiyatini kamsitgan millatning kelajagi porloq
em aslig in i t a ’k id lay d i. Ju m la d an , «O lz a d a b iy o tin in g
taraqqiyoti borasinda justujo1 qilib, har toifa adib va shoirlar
y e tish tirm o q g ‘am ini yem agan m illa t o x ir b ir kun
174
hissiyotlardan, o ‘y-fikrlardan m ahrum qolib, oxir-natijada
m a’nan inqiroz sari yuz tutar. Muni inkor qilib boim as, aslo.
Inkor qilg‘on xalq o ‘zini inqiroz daryosiga g‘arq b o ‘lurin iqror
qilg'onidir»45, — deb yozadi.
C ho‘lpon — serqirra va noyob iste’dod sohibi. U o ‘zbek
adabiyotining C h oipo n yulduzi. C h oipo n ulug1 shoir, mohir
nosir, iste’dodli dram aturg sifatida so ‘z san ’ati xazinasiga
bebaho hissa q o ‘shgan.
C h o ip o n she’riyatda o ‘ziga xos ijodiy m aktab yaratgan
ustoz shoir. 20-30-yillarda Oybek, G ‘afur G ‘ulom, U yg'un,
Mirtemir, Usmon Nosir singari ijodkor yoshlar bu maktabdan
bahramand bo‘lib, C h o ip o n ijodidan badiiy mahorat sirlarini
o ‘rgandilar.
'
Yozuvchilarning C h o ip o n asarlaridan ijodiy o ‘rganishlari
ayni kunlarda ham izchil davom etmoqda. Abdulla Oripov,
Erkin Vohidov, Shukur Xolmirzayev, 0 ‘tkir Hoshimov, Oydin
Hojiyeva, Halima Xudoyberdiyeva, R auf Parfi, Omon Matjon,
Azim Suyun, U sm on Azim , X ay rid din S u lto n o v singari
yozuvchi-shoirlar C hoiponning eng yaxshi an ’analarini yangi
zam on
—
m u sta q illik
d av ri
ta la b la ri
aso sid a
rivojlantirmoqdalar. Kitobxonlar ommasi esa C h o ip o n adabiy
merosining 0 ‘zbekiston mustaqilligi tufayli to ia oqlanib, ozod
etilg a n id a n suy u nib , sh o ir a s a rla rin i zav q -sh av q bilan
o ‘qim oqdaIar, ulardan estetik zavq va tarbiya olm oqdalar.
C hoiponning buyukligi ham, mangu tirikligi ham ana shunda.
Xalqimiz va davlatimiz so‘nggi yillarda C hoipon xotirasini
abadiylashtirish borasida talaygina tadbirlami amalga oshirdi.
0 ‘zbekiston hukumatining qaroriga binoan 1998-yilda C hoipon
tavalludining 100-yilligi katta tantana bilan nishonlandi. Uning
asarlari yangidan nashr etildi. C hoipon hayoti va ijodi haqida
yangi ilmiy va badiiy a s a rla r y aratild i. H ozirgi v aq td a
respublikamizda C h o ip o n nomi bilan ataladigan maktablar,
obod ko‘chalar, nufuzli nashriyot va xo‘jaliklar bor. C hoipon
1991-yilda Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Davlat mukofoti bilan
taqdirlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |