Say d u lla m irzayev


«Qamchingdan qon tomsa, yu z xotin



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

«Qamchingdan qon tomsa, yu z xotin
orasida ham rohatlanib tiriklik qila olasan. M en bu kungacha ikki
xotin о ‘rtasida turib janjalga to ‘yganim yo 'q, ammo xotinni uchta
qilishga ham o'yim y o ‘q emas».
Ana shu «yo‘riq» bo‘yicha ish 
tutadigan Homidning navbatdagi nishoni — Kumush. Uni bu 
chirkin niyatidan nomahram, birovning haloli kabi muqaddas 
tushunchalar ham qaytara olmaydi. Homid o ‘z maqsadiga 
erishish uchun har qanday qabihlik va tubanlikdan qaytmaydi. 
Shuning uchun uni rom anning boshqa qahram onlari ham 
yom on k o ‘radi. U nga b o ‘lgan nafratning nechog‘li ulug* 
ekanligini xotinlari bilan bog‘liq sahna to ‘la ifodalaydi: «Uning 
Q o‘qondan qaytishi ikkala xotin uchun ham ulug1 bir falokat 
bo‘ldi. Chunki arzimagan bir sabab bilan ikkalasi ham yaxshigina 
tayoq yeb oldi. Shuning uchun ikki kundosh uning oldiga 
kirishdan qo‘rqib, yana to‘g‘risi, uning sovuq aftini ko‘rishdan 
jirkanib, hovlining chet-chetida yurarlar, ikki kundosh bir ittifoq 
bo‘lib, unga о ‘lim so‘rarlar: «Qo‘qonda о ‘Isa, o ‘ligini itlar yesa, 
biz achinarmidik» deyarlar edi».
Xullas, «ОЧкап kunlar» romanidagi obrazlarning har biri 
o ‘zicha bir olamki, ular hech qachon bir-birini takrorlamaydi. 
U larning ham m asi ham yuksak d a ra ja d a m a h o ra t bilan 
yaratilgan.
Yozuvchi xarakter yaratishda psixologik tahlildan keng 
foydalangan. Otabekning ikkinchi xotin olishga majbur qilinishi, 
qaynotasi Mirzakarim qutidor tomonidan nohaqdan quvilishi, 
kundoshlar o ‘rtasidagi kelishmovchiliklardan ruhan azoblanishi, 
K um ushbibining o ‘limi natijasida yuz bergan tu g ‘yonlar 
ifodalangan o ‘rinlarni yoki Kumushbibining to ‘yi, visol, hijron, 
kundoshlik va hom iladorlik davridagi ichki kechinm alari 
tasvirlangan sahifalarni psixologik tahlil san’atining ajoyib 
namunalari deyish mumkin.
«ОЧкап kunlar» rom anining ishontirish quvvati kuchli. 
Buning uchun yozuvchi turli xil tasvir usullaridan, tarixiy 
dalillardan, shuningdek, Xudoyorxon, M usulmonqul singari 
tarixiy shaxslar obrazlaridan unumli foydalangan. Muallif: 
«M en — yozuvchi, «О Ч кап k u n lar» h ik o y a larin i otam
148


marhumdan necha qaytalab eshitsam ham zerikmas edim»40,
— deyish bilan romanda tarixiy faktlardan foydalanganligiga 
ishora qilgan.
Y ozuvchining tarix iy v o q ealar va ta rix iy san ala rd an
foydalanganligi bu asarning va undagi obrazlarning katta badiiy 
um um lashm a n a tija si ekanligini in k o r etm aydi. C hunki 
asarning ishontirish quvvati, asosan, tarixiy voqea-hodisalarni 
aks ettirganida emas, balki romandagi har bir detaining, har 
bir harakat va voqeaning puxta o ‘ylab, asoslab berilganida va 
o ‘z o ‘rn id a tasv irlan g an id ad ir. Z o tan , yozuvchi h ar bir 
obrazning o ‘z fe’l-atvoriga, o ‘z ruhiyatiga xos bo'lgan shunday 
qiliq va harakatlarni topib ishlatadiki, bular shu vaziyatga 
butunlay mos tushadi va g'oyat tabiiy tarzda namoyon bo‘ladi.
Y ozuvchi a sarn in g g 'o y av iy m azm unini va o b ra z la r 
xarakterini kuchli mantiq asosida ochish bilan birga, roman 
tarzini samimiy lirizm bilan sug‘organ. Asarning, ayniqsa, 
«Т о‘у», «Qizlar majlisi», «Unutmaysizmi...», «Quvlanish», 
«Urmta olmasa nima qilsin», «Navo kuyi», «Hasanali hiylasi», 
«Kumushning so‘z o'yini», «Оу-kuni yaqin edi» kabi boblari 
go‘zal lirik tasvirlarga, lirik chekinishlarga serob. Demak, 
yozuvchi qahram onlarning ruhiy holatlarini ochishda lirizm 
imkoniyatlaridan ham m ahorat bilan keng foydalangan.
« 0 ‘tkan k unlar» rom anining yana bir m uhim fazilati 
shundaki, asarda milliy tarovat (kolorit) ufurib turadi. Bu 
xususiyat obrazlarning ichki va tashqi qiyofasida ham, peyzaj 
va sujet tasvirida ham yaqqol ko‘rinadi. Romanda ifodalangan 
milliy tarovat asar ta ’sirliligini kuchaytirishga xizmat qiladi. 
Shuningdek, kitobxonga xalqim izning u rf-od atlari, rasm- 
rusumlari, mehmon kutish, sovchi yuborish, to ‘y qilish, qiz 
uzatish, kelin tushirish kabi m arosim lariga oid ju d a k o ‘p 
qiziqarli m a’lumotlar beradi.
« 0 ‘tkan kunlar» romanining tili — boy, go‘zal, jozibador 
va sermazmun. Roman — chuqur mantiq li, chiroyli iboralarga, 
original va xilma-xil tasviriy vositalarga serob. Adibning ona 
tilimiz xazinasidan tanlab olgan so ‘zlarni ishlatish mahorati

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish