Say d u lla m irzayev


A b d u lla Q odiriy zam on d osh lari xotirasida. — Т.: G ‘afur G ‘ulom



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

42 A b d u lla Q odiriy zam on d osh lari xotirasida. — Т.: G ‘afur G ‘ulom
nom idagi A d ab iyot va sa n ’at nashriyoti, 1986, 171-bet.
156


Abdulla Qodiriy adabiy merosini ilmiy asosda o ‘rganish va 
ta rg ‘ib qilish borasida ham m uayyan yutuqlarga erishildi. 
O ybek, Izza t S u lto n, M . Q o ‘shjon ov , H. Y oqubov, 
S. M irvaliyev, 
U. N o rm a to v , 
H ab ib u llo
Q o diriy, 
F. Nasriddinov, Sh. Turdiyev, L. Qayumov, Ibrohim Mirzayev 
va b o sh q a o lim la rn in g m a q o la va ris o la la rid a , o ‘quv 
q o ‘llanm asi va d arslik larda A bdulla Q odiriy asarlarining 
g ‘oyaviy badiiy x usu siy atlari, uning o ‘zbek ad ab iy o tig a 
q o ‘shgan qim m atli hissasi, A b d u lla Q o diriyning abadiy 
barhayotligi ko‘rsatib berilgan.
0 ‘zbekiston m ustaqillikka erishgach, A bdulla Q odiriy 
buyuk shoir Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston D avlat 
mukofotiga (1991) va «Mustaqillik» (1994) ordeniga sazovor 
b o ‘ldi. A b d u lla Q o diriy tu g 'ilg a n ku n n in g 100-yilligi 
mamlakatimizda zo‘r tantana bilan nishonlandi (1994).


CHO‘LPON
(1 8 9 8 -1 9 3 8 )
Qonxo‘r istibdodning begunoh qurboni bo‘lgan ulug‘ shoir, 
iste’dodli adib, m ohir dram aturg, m unaqqid va tarjim on 
Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon XX asr o ‘zbek adabiyoti 
ta rix id a alo h id a o ‘rin tu ta d i. U yangi o ‘zbek ad abiy oti 
v ak illarin in g birinchi avlodiga m ansub b o ‘lib, H am za, 
A. Qodiriy, Fitrat singari so‘z san’atkorlari bilan bir safda turadi.
Cho'lponning iqtidori noyob, iste’dodi o ‘tkir, ilhomi xayol 
singari edi. Biroq u o‘z ijodiy imkoniyatlarini to ‘liq ro ‘yobga 
chiqara olmagan. Shoir ko‘zi k o ‘rgan, k o ‘ngli tuygan, iqtidori 
pishitgan durdona asarlarini qog‘ozga k o ‘chirishga ulgurmay, 
arm on bilan dunyodan o ‘tgan. C h o ‘lpon shaxsga sig‘inish 
hukmronlik qilgan qaltis davrda, ayni kuchga to ‘lgan va ijodiy 
kamolotga yetgan chog‘i qirq yoshida «xalq dushmani» sifatida 
qamoqqa olingan va 1938-yili qatl etilgan.
1956-yilda C h o ‘lpon nomi oqlandi. Biroq bu holat uni 
ijodkor sifatida o ‘qish-o‘rganish im konini bermadi. F aqat 
istiqlolga erishilganidan so‘nggina uning ijodi o ‘zining asl 
bahosini oldi, qadrini topdi. Natijada, C ho‘lponning «Yana 
oldim sozim ni» (sh e’rlar), «K echa va kunduz» (rom an), 
«Yorqinoy» (pyesa) kabi bir qancha ajoyib asarlari qayta nashr 
etild i. C h o ‘lp o n n in g h ay o ti va ijodi h a q id a O zod 
Sharafiddinov, N aim K arimov, D. Q uronov, Z. Eshonova, 
N. Y o ‘ldoshev kabi olim larning bir qan cha ta d q iq o tla ri 
yaratildi.
158


A vvalo shuni qayd etish lozim ki, C h o ‘lpon ijodi 20- 
yillardayoq ko‘pchilikning diqqatini o ‘ziga jalb etgan. C ho‘lpon 
she’riyatiga birinchi b o ‘lib o ‘z davrining taniqli munaqqidi 
Vadud Mahmud yuqori baho bergan. U shoirning «Buloqlar» 
to ‘plami haqidagi taqrizida: «Bu kun о ‘zbek adabiyotiga yana 
yangi bir to ‘n kiygizildi, C ho‘lponning «Buloqlar» otliq yangi 
bir she’rlar to ‘plami bosilib chiqdi. C ho ip o n o ‘zbekning yangi 
shoiridir. Shuning uchun o ‘zbek elining bu kungi ruhi, holi, 
sezgisi «Buloqlar»da qaynaydir. 0 ‘zbek tili, o ‘zbek ohangi 
«Buloqlar»da sayraydir. 0 ‘zbekning ruhi to lq u n la ri bunda 
ko‘piradir, ko‘klar tomon uchadir, ko‘tariladir» («Turkiston» 
gazetasi, 1924-yil, 10-dekabr), — deb yozgan edi.
Umuman olganda, 20 -30-yillarda C h o ip o n ijodi haqida 
ko‘plab maqola va taqrizlar yozilgan. Olim Sharofiddinovning 
« 0 ‘zbek shoiri C h o ip o n » , O ybekning « C h o ip o n shoirni 
qanday tekshirish kerak», Usm onxonning «M unaqqidning 
«munaqqidi» kabi maqolalari shu davrning mahsulidir. Biroq 
bu davrda yozilgan m aqolalarning aksariyatida shoir ijodi 
ko‘proq qora bo‘yoqlarda yoritilgan. Masalan, « 0 ‘zbek shoiri 
C hoipon» nomli maqolada «C hoipon yo‘qsul xalqning shoiri 
em as. U m illa tch i, v a ta n p a ra s t, b a d b in z iy o lilarn in g
shoiridir...», — deb yozilgan.
XX a srn in g 2 0 -3 0 -y illa rid a C h o ip o n ijodi, aso san , 
qoralangan bo Isa, so‘nggi davrlarda, xususan, XX asrning 90- 
y illa rid a n b o sh lab sh o ir a sa rla rin in g g ‘oy aviy -b ad iiy
xususiyatlarini tadqiq etishda xolislik tamoyillariga tayanildi. 
Shunga k o ‘ra, C h o ip o n ijodiga haqli ravishda yuqori baho 
berilgan. Chunonchi, Ozod Sharafiddinov, Baxtiyor Nazarov, 
N aim K arim ov , E rik K arim o v , S h erali T u rd iy ev kabi 
munaqqidlarning turli maqola va risolalarida C h oiponning 
she’riy va nasriy asarlari hozirgi kun talablari darajasida tahlil 
etilgan. C hoiponning ulug‘ va noyob ijodkor, xalqparvar va 
vatanparvar yozuvchi ekanligi ko‘plab dalillar asosida k o ‘rsatib 
berilgan.
Ozod Sharafiddinov o ‘zining «Cholponni anglash» risolasida 
shoir ijodini sinchkovlik bilan teran tahlil qilib, haqli ravishda 
quyidagi xulosaga kelgan: « C h o lp o n n i anglash — s o ‘z
159


san’atining botiniy qonuniyatlarini teran anglash, ularning shoir 
ijodida qanday zohir topishini anglashdir. Cho‘lponni anglash
— uning buyuk umumbashariy g‘oyalarini, uning yuksak insoniy 
tuyg‘ularini yurakka singdirib olishdir. Cho‘lponni anglash — 
Vatanni, ko‘hna Turkistonimizni Cho‘lpon ko‘zi bilan ko‘rib, 
Cho‘lpon yuragi bilan seva bilmoqdir. Bir so‘z bilan aytganda, 
Cho‘lpon har bir adabiyot muxlisining yurak mulkiga aylanishi 
shart. Buning uchun esa C h o ‘lpon merosini yangi tafakkur 
asosida bag‘rikenglik bilan tadqiq etmoq lozim»43.
* * *
A bdulham id Sulaymon o ‘g‘li C ho‘lpon («C ho‘lpon» — 
taxallusi. U «Tong yulduzi» m a’nosini anglatadi) Andijonda 
savdogar oilasida tug ‘ilgan. Shoirning aniq tu g ‘ilgan vaqti 
borasida ilmda har xil qarashlar bor. Jumladan, taniqli olim 
professor N. Karimov yozadi: «Abdulhamid Sulaymon o ‘g‘li 
Cho'lponning tug‘ilgan sanasi shu paytgacha ilmiy adabiyotda 
1897-yil, deb kelingan edi. A dabiyotshunoslar shu sanani 
C ho‘lponning tug‘ilgan yili sifatida tanlaganlarida 1937-yilda 
b o ‘lib o ‘tgan ter gov materiallariga asoslangan edilar. Ammo 
boshqa m o‘tabar yozma va og‘zaki manbalar uning 1898-yilda 
tug‘ilganini tasdiqlaydi. Shuning uchun ham bundan keyin shu 
sanani C ho‘lponning tug‘ilgan yili, deb belgilashimiz to ‘g‘ri 
bo£ladi»44. Taniqli cho‘lponshunos garchi «mo‘tabar manbalar» 
qaysilar ekanligini keltirmagan bo‘lsa-da, uning fikrini e’tiborga 
olish lozim bo‘ladi. Cho'lpon eski maktab va madrasa ta’limini 
olgan. R us-tuzem m a k ta b id a o ‘qigan. S harq va G ‘arb 
adabiyotlarini puxta o ‘rgangan. Nizomiy, Jomiy, Navoiy, Bobur, 
U m ar Xayyom, Bedil, Fuzuliy, Thakur, Pushkin, Lermontov, 
Gogol, Tolstoy, Dostoyevskiy, Chexov, Gorkiy, Mayakovskiy, 
Yesenin, Abdulla To'qay, Muqimiy, Furqat kabi yozuvchilar 
ijodi bilan astoydil qiziqqan. C ho‘lpon arab, fors, turk, rus

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish