Муxaррирлaр
Muxarrirlar deb matnlar, grafik ma’lumotlar va illyustratsiyalarni yaratish o’zgartirishlar uchun mo’ljallangan ADP ga aytiladi.
Ular asosan korxonada, tashkilotda, firmada xujjat aylanishini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan.
Tekstli (matnli) muxarrirlar matnli axborotni qayta ishlash uchun mo’ljallangan va asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:
- matnni faylga yozish;
- qo’shimcha kiritish, chiqarib tashlash, ramzlar, qatorlar, matn parchalarini almashtirish;
- orfografiyani tekshirish;
- matnni turli shriftlarda bezash;
- matnni tekislash;
- boblarni tayyorlash, matnlarni saxifalarga bo’lib tashlash;
- so’z va jumlalarni izlash va almashtirish;
- matnga sodda bezaklar kiritish;
- matnni terib tayyorlash.
Microsoft Word, Word Perfect (hozirda Corel firmasiga tegishli), ChiWriter, Multi-Edit (American Cybernetics) va boshqalarning matnli muxarrirlari keng tarqalgan.
Grafik muxarrirlar diagramma, illyustratsiya (bezaklar), chizma va jadvallarni o’z ichiga olgan grafik xujjatlarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan. Figura va shriftlar o’lchamini boshqarish, figura va xarflarni ko’chirish, turli tasvirlar xosil qilishga yo’l qo’yiladi. Ancha mashxur grafik muxarrirlardan Power Point, Paintbruch, Boing Graf, Fantavision va boshqalarni keltirish mumkin.
Nashriy tizimlar o’zida matnli va grafik muxarrirlar imkoniyatlarini birlashtiradi, grafik materiallardan sahifani shaklga keltirish va uni chop etishga tayyorlash bo’yicha rivojlangan imkoniyatlarga ega. Bu tizimlar nashriy ishlarda foydalanishga yo’naltirilgan va sahifalash tizimlari deb ataladi. Shunday tizimlardan Adobe firmasining PageMaker va Corel korporatsiyasining Ventura Publisher maxsulotlarini misol tariqasida keltirish mumkin.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari
Ichki mashina axborot ta’minotini yaratish uchun maxsus ADP – ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalaniladi.
Ma’lumotlar bazasi – diskda saqlanadigan maxsus ravishda tashkil qilingan ma’lumotlar turkumlarining jamlanmasidir.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish ma’lumotlarni kiritish, ularni tuzatish va ma’lumotlar turlicha foydalanish, ya’ni qo’shimcha qo’shish, olib tashlash, yangilash va xokazolarni o’z ichiga oladi.
MBBT ning rivojlanishi ma’lumotlar bazasida axborotni aniq bir tashkil qilishdan Amaliy dasturlar mustaqilligini ta’minlaydi. Ma’lumotlarni tashkil qilish uslubiga bog’liq xolda MBBT lar tarmoqli, pog’onali (ierarxik), taqsimlovchi, relyatsion turlarga bo’linadi. Mavjud MBBT lar orasida ommaviylashganlari Borland korporatsiyasining Microsoft Access, Microsoft FoxPro, Paradox, Oracle kompaniyasining Informix, Ingres, Progress MBBT laridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |