42-43-Kushon podsholigi (29) Savollar va javobi 1. Ko’chmanchi yuechji qabilalari qachon Yunon-Baqtriya davlatiga bostirib kirgan edilar?
mil.avv.140-130-yillarda
2. Yuechji qabilalari tarixda qanday nomlar bilan atalgan?
«kushonlar»
3. Yunon-Baqtriya davlatining uzil-kesil bo’linib ketishiga nima sabab bo’lgan edi?
Kushonlarning hujumi
4. Birlashgan besh yuechji qabilasining birinchi hukmdorini aniqlang?
Kudzula Kadfiz
5. Qaysi hukmdor davrida Afg’oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo’shib olingan?
Kudzula Kadfiz
6. Kushon podshosi Kudzula Kadfizning vorisi kim bo’lgan?
Vima Kadfiz
7. Kushon podshosi Kanishka davlat poytaxtini Baqtriyadan qayerga ko’chirgan edi?
Peshavorga
8. Qaysi podsho davrida Kushon davlati hududi Hindiston va Xo’tandan O’zbekistonning janubiy
viloyatlari va Afg’onistongacha bo’lgan hududlarni egallagan?
Kanishka
9. Kushon davlatiga qachon asos solinganligini aniqlang?
mil.avv.I asr
10. Kushon davlati qachon to’xtovsiz urushlar natijasida inqirozga yuz tutgan edi?
III asrda
11. Kushon davlati qachon parchalanib ketgan edi?
IV asrda
12. Kushon davlatida qaysi podsho davridan hukmdor nomi ko’rsatilgan tanga zarb qilish
boshlangan?
Vima Kadfiz
13. Kushon podshosi Kanishka qaysi yillarda hukmron bo’lganligini aniqlang?
78-123-yillarda
14. Kushon davlati qaysi podsho davridan taraqqiyotining cho’qqisiga erishib, kuchli saltanatga
aylangan edi?
Kanishka
15. Qaysi podsho davrida Kushon davlati Hindiston, Xitoy, Rim imperiyasi bilan savdo va elchilik
munosabatlarini yo’lga qo’ygan?
Kanishka
16. Kushon davlati iqtisodiyotining asosini nima tashkil qilganligini aniqlang?
hamma javoblar to’g’ri
17. Kushon davlatida savdo-sotiq va madaniy aloqalar tufayli qaysi yozuv keng tarqalgan?
oromiy yozuvi
18. Oromiy yozuvi qayerda paydo bo’lganligini aniqlang?
G’arbiy Osiyoda
19. Qaysi yodgorlikdan oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosi topilgan?
Qadimgi Termiz
20. Qaysi yozuv harflari burchakli, to’rtburchakli, aylana shaklida bo’lgan?
kushon yozuvi
21. Yunon alifbosidagi kushon bitiklari qaysi yodgorlikdan topilganligini aniqlang?
Surxko’tal
22. Surxko’tal yodgorligi qayerdaligini aniqlang?
Afg’onistonning Qunduz shahrida
23. Oromiy alifbosi asosidagi xorazmiy va so’g’diy yozuvlar qaysi hududda keng tarqalganligini
aniqlang?
hamma javoblar to’g’ri
24. Kushon davlatiga qaysi podsho davridan buddaviylik dini kirib kelgan edi?
Kanishka
25. Buddaviylik dini O’rta Osiyoda qachongacha mavjud bo’lgan edi?
VIII asrgacha
26. Kushon davlati tashkil topayotganda aholi qaysi dinga e’tiqod qilar edi?
zardushtiylik
27. Kushon hukmdori saroyi topilgan yodgorlikni aniqlang?
Xolchayon
28. Kushon davriga oid buddaviylik ibodatxonalari topilgan yodgorlikni aniqlang?
hamma javoblar to’g’ri
29. Ud cholg’u asbobini chalayotgan ayollar tasvirlangan friz qaysi yodgorlikdan topilgan?
Ayritom