Savol va topshiriqlarga javoblar



Download 22,67 Kb.
Sana20.09.2021
Hajmi22,67 Kb.
#179502
Bog'liq
Savollarga javob 1


Savol va topshiriqlarga javoblar

1. Sintaksis nimani o`rganadi?


2. So`z birikmasi va gapning o`ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.

3.So`z va uning ma’nolari qaysi bo`limda o`rganiladi?


1.Sintaksis (yun. syntaxis — tuzilma, tartib, birikma) — 1) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos boʻlgan vositalari majmui; 2) grammatikaning soʻzlarni soʻz birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni esa qoʻshma gaplarga birikish usullarini oʻrganuvchi, soʻz birikmalari va gaplarning tuzilishi, maʼnosi, oʻzaro taʼsirlashuvi hamda vazifalarini tadqiq etuvchi boʻlimi. "Sintaksis" termini soʻz birikmalari va gaplarni hamda ularning tilda qoʻllanishini qamrab oluvchi grammatik qurilish maʼnosini ifodalash uchun ham ishlatiladi. Tilning grammatik qurilishida Sintaksis juda katta ahamiyatga ega, chunki uning tarkibiga bevosita kishilarning muomalamulokrt jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi sodda gap va qoʻshma gap kabi til birliklari kiradi. Sodda gap muayyan voqeahodisani, qoʻshma ran voqeahodisalar orasidagi aloqa munosabatni, ran boʻlagi esa voqea hodisa unsurlarining vazifalarini ifodalaydi.

Sintaksisda, shuningdek, gap boʻlaklari ham oʻrganiladi. Ular bosh (ega, kesim) va ikkinchi darajali boʻlaklar (toʻldiruvchi, aniqlovchi, hol)dan iborat. Keyingi paytlarda kesim gapning asosi ekanligi, undalma, kirish soʻz va kiritmalarga gapning uchinchi darajali boʻlaklari maqomini berish masalalari ham koʻtarilmoqda.

"Sintaksis" termini, garchi ayni hozirgi maʼnoda boʻlmasada, dastlab mil. av. 3-asrda Yunonistonda stoiklar tomonidan qoʻllangan. Sintaksisning ilk prinsiplarini yunon grammatisti Apolloniy Diskol morfologik negizda, xususan, soʻz turkumlari sintaksisi tarzida asoslagan. Sintaksis tarixi yevropa va rus tilshunosliklarida boʻlganidek turkiy tillarda (oʻzbek tilida) ham oʻziga xos rivojlanish bosqichlarini oʻtgan. Qomusiy alloma Mahmud Koshgʻariyning 11-asrda "Javoxir unnahvi fi lugotitturk" ("Turkiy tillar sintaksisi kridalari") asarini yaratganligi buning yaqqol isbotidir. 20-asrda oʻzbek tili sintaksisiga, qisman, sintaktik qurilishiga rus tilshunosligidagi nazariy tadqiqotlar maʼlum darajada taʼsir oʻtkazgan. Oʻtgan asrda oʻzbek tili sintaksisi sohasida Fitrat, Ayub Gʻulomov, F. Abdullayev; Gʻ. Abdurahmonov, M. Asqarova, A. Nurmonov, N. Mahmudov va boshqa jiddiy tadqiqotlar olib bordilar.

2. Gap, gap boʻlagi, soʻz birikmasi Sintaksisning asosiy birliklaridir. Bularga keyingi paytlarda abzats, period, matn kabi birliklar ham kiritilmoqda. Soʻz birikmasi tobe aloqa (bogʻlanish) vositalari — moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv yordamida ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzdan qosil boʻladi va faqat ran tarkibidagina amal qiladi. Gap sintaksisning markaziy birligidir. U struktursemantik qolip va nutq birligi boʻlmish fikr sifatida oʻrganiladi. Gap fikrni — tashqi olam bilan aloqa tufayli yuzaga keladigan histuygʻularni ifodalash vositasidir. Gap bir mustaqil soʻzdan ("qorongʻilashmoqda", "jimjitlik"), aksariyat hollarda esa bir necha soʻzdan hosil boʻladi. Asosan, sintetik tillar, shuningdek, analitik tillarning xususiyatlariga ega boʻlgan oʻzbek tilida gapdagi soʻzlarning bogʻlanish vositalari sifatida yordamchi soʻzlar — koʻmakchilar va bogʻlovchilarni, suz tartibini, ohangni va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Sof analitik tillarda gapdagi suzlarning bogʻlanish vositalari, asosan, yordamchi soʻzlar boʻlsa, agglyutinativ va amorf tillarda mazkur vazifani soʻz tartibi bajaradi.


3. Tildagi so‘zlarning jami uning leksikasini, ya’ni lug‘at boyligini tashkil etadi. Leksikologiya (yunoncha lexikos-lug‘atga oid va logos-ta’limot) tilshunoslikning lug‘aviy birliklar tarkibini tekshiradigan bo‘limidir.

Tilning lug‘at tarkibi va uni tashkil etuvchi so‘zlar bir qator umumiyliklarga ega. Ular quyidagilarda ko‘zga tashlanadi: 1) tildagi so‘zlar muayyan ma’no ifodalash xususiyatiga ega bo‘ladi. So‘zning ma’no xususiyatlari leksikologiyaning semosiologiya bo‘limida o‘rganiladi; 2) har qaday tilning taraqqiyoti jarayonida yuz beradigan o‘zgarishlar avvalo uning leksikasida o‘z aksini topadi. Chunki til jamiyat taraqqiyoti davomida yangi-yangi so‘zlar hisobiga boyib boradi, ayni paytda ba’zi so‘zlar eskiradi va iste’moldan chiqadi; 3) tilning lug‘at tarkbidagi so‘zlar iste’mol darajasiga ko‘ra chegaralangan yoki chegaralanmaganligi bilan ham farqlanadi. Xususan, ba’zi so‘zlar umumxalq iste’molida bo‘lsa (ota, ona, yurmoq, men, sen), ayrim so‘zlaning iste’mol darajasi chegaralangan bo‘ladi. Masalan, shevaga oid so‘zlarning hududiy chegaralanishi, shular jumlasidandir; 4) so‘zlar nutq uslubiga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ham farqlanadi. Jumladan, ba’zi so‘zlar uslubiy betaraf bo‘lsa, ba’zilari esa nutq uslubining ma’lum turiga mansubligi bilan farqlanadi; 5) har bir so‘z tovush qiyofasi va ma’noga, ya’ni shakl va mazmunga ega. Shunga ko‘ra, so‘zlar omonim, paronim, sinonim, antonim munosabatlarni yuzaga keltiradi.Tilning eng muhim birliklaridan bo‘lgan so‘zlarga xos bu umumiyliklar leksikologiyaning asosiy tekshirish ob’yektidir.
Download 22,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish