Savol Jinoyatlar o‘z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra qanday tasniflanadi? Javob



Download 272,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana24.07.2021
Hajmi272,48 Kb.
#127105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jinoyat huquqi

 

Kazus 

A  ismli  shaxs  2018-yil  11-aprel  kuni  B  ismli  shaxsga  tegishli  davlat  raqami 

01  W  114  HA  bo‘lgan  “Neksiya”  rusumli  avtomashinani  notarial  idora  orqali 

tuzilgan ijara shartnomasiga asosan rasmiylashtirib, ushbu avtomashinani 2020-yil 

fevral oyiga qadar boshqarib yurgan va 2020-yil fevral oyida M.Ulug‘bek tumani, 

Qorasuv-1  dahasi,  1-uy  oldiga  olib  kelib,  mulkka  qasddan  zarar  yetkazish 

maqsadida ushbu avtomashinaning ehtiyot qismlarini boshqa shaxslarga sotib, pul 

mablag‘larini o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. 



 

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.  

2.  A.ning  sodir  qilgan  harakati  xarakteriga  qarab  uning  harakatidagi  ayb 

shaklini aniqlang. 

Javob 

O‘zbekiston  Respublikasi  JK  Umumiy  qism  14-moddasida  jinoyatga 

quyidagicha ta’rif berilgan: “Ushbu kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli 

qilmish  (harakat  yoki  harakatsizlik)  jazo  qo‘llash  tahdidi  bilan  jinoyat  deb 

topiladi”

13

.  Ijtimoiy  xavfli  qilmishni  jinoyat  deb  baholash  uchun  zarur  bo‘lgan 



obyektiv  va  subyektiv  belgilarning  minimal  yig‘indisi  esa  jinoyat  tarkibi 

hisoblanadi.  Bundan  tashqari,  ushbu  kazusga  bevosita  aloqador  bo‘lgan  “jinoyat 

tarkibining  elementlari”  tushunchasi  ham  mavjud  bo‘lib,  bu  elementlarni  jinoyat 

                                                           

11

 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi – T.: 2019. 79-modda, 1-qism. 



12

 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi – T.: 2019. 79-modda, 3-qism. 

13

 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi – T.: 2019. 14-modda. 




tarkibining  obyektiv  va  subyektiv  tomonlarining  zaruriy  va  fakultativ  belgilari 

tashkil etadi. 

Yuqoridagi  kazusda  sodir  etilgan  qilmish  ijtimoiy  xavfli,  huquqqa  xilof, 

jazoga  sazovor  hisoblanadi  va  qilmishda  ayb  mavjuddir.  Shunday  qilib,  ushbu 

qilmishda  jinoyat  belgilarining  barchasi  mavjudligini  inobatga  olgan  holda,  uni 

jinoyat  deb  baholash  mumkin.  Jinoyat  tarkibi  elementlari  (jinoyat  obyekti, 

obyektiv tomoni, subyekti, subyektiv tomoni) ni quyida birma-bir tahlil qilamiz: 

Mazkur  kazusda  jinoyat  tarkibining  obyekti  o‘zga  shaxsning  mulk  huquqi 

hisoblanadi. Chunki ijtimoiy xavfli tajovuz to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zga shaxsning mulk 

huquqiga  qaratilgandir.  Jinoyat  predmeti  esa  “Neksiya”  rusumli  avtomashina 

sanaladi. Negaki predmetga tajovuz qilish orqali jinoyat obyekti (jabrlanuvchining 

mulk huquqi)ga tajovuz qilingan. 

Ushbu kazusdagi jinoyat tarkibining obyektiv tomoni quyidagilardir: 

  Jinoyat sodit etilgan joy  – Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-1 dahasi, 

1-uy oldi; 

  Jinoyat sodir qilish vaqti – 2020-yil fevral oyi. 




Download 272,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish