tartibda olib tashlanmasdan yangi jinoyat sodir etganidagina vujudga keladi.
Sudlanganlikning umumhuquqiy oqibatlari kabi jinoiy-huquqiy oqibatlari ham
jinoiy jazo samaradorligini oshirish va mahkumni tarbiyalashga qaratilgan
choralarni mustahkamlash, shuningdek, avval sudlangan shaxslar tomonidan yangi
jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgandir. Sudlanganlikning jinoiy-
huquqiy ahamiyati Jinoyat kodeksining Umumiy qismida nazarda tutilgan bir qator
M.Rustambayev “Jinoyat huquqi kursi” (Umumiy qism) darslik – T.: MGHTI, 2018. 252-bet.
– shaxsda sudlanganlik holatining mavjudligi xavfli va o‘ta xavfli
retsidivist
deb
topilishiga
ta’sir
etadi
(JK
34-moddasi);
– shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga to‘sqinlik qiladi;
– qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta’sir ko‘rsatadi (JK 140-moddasi);
– jazo tayinlashda og‘irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etiladi;
– sudlanganlik ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashda jazoni
ijro etish muassasasi turini aniqlashga ta’sir qiladi (JK 50-moddasi);
– alohida tartibda jazo tayinlanishiga sabab bo‘ladi.
Biz yuqorida shaxsning sudlangankil maqomi unga nisbatan turli xil oqibatlar
keltirib chiqarishini aytib o‘tdik. Shu bilan birgalikda, sudlanganlik muddatining
o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning
barcha huquqiy oqibatlari bekor bo‘lishini ham aytib o‘tish zarur
9
.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Umumiy qism 78-moddasida
sudlanganlik holatining tugallanish paytlari keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra
sudlangalik holati:
a) shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan
boshlab;
b) majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy
qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;
v) jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek, muayyan huquqdan
mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin bir yil
o‘tgach;
g) ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin — ikki yil o‘tgach;
d) besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi
o‘talganidan keyin — to‘rt yil o‘tgach;
e) besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan
mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — yetti yil o‘tgach;
j) o‘n yildan ortiq, lekin o‘n besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga
ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — o‘n yil o‘tgach
tugallanadi
10
.
Shu o‘rinda sudlanganlikning olib tashlanishi haqida ham aytib o‘tish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Umumiy qism 79-moddasida
9
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi – T.: 2019. 77-modda 4-qism.
10
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi – T.: 2019. 78-modda.
mazkur holatga izoh berilgan. Unga ko‘ra, agar shaxs ozodlikdan mahrum qilish
jazosini o‘tab bo‘lganidan keyin unga nisbatan ma’muriy jazo yoki intizomiy ta’sir
choralari qo‘llanilmagan bo‘lsa, jamoat birlashmasi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi
boshqarish organi, jamoa yoki jazoni o‘tab chiqqan shaxsning o‘zi bergan
iltimosnomasiga ko‘ra sud ushbu Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan
muddatlarning kamida yarmini o‘tganidan keyin uning sudlanganligini olib
tashlashi mumkin bo‘ladi
11
.
Shuningdek, qonunda o‘n besh yil va undan ortiq muddatga ozodlikdan
mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqan shaxslar hamda o‘ta xavfli retsidivistlarning
sudlanganlik maqomining olib tashlanishi mumkinligi haqida ham aytib o‘tilgan:
“agar ular jazoni o‘tab chiqqanidan keyin o‘n besh yil mobaynida yangi jinoyat
sodir etmasalar, sud ularning sudlanganligini olib tashlashi mumkin”
12
.
Yuqoridagilardan tashqari, sudlanganlik afv etish yoki amnistiya akti asosida
ham olib tashlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: