Savdogarlar ustozi


O‘zgalarning ilojsizligi imkoniyat emas



Download 291,51 Kb.
bet34/36
Sana11.04.2022
Hajmi291,51 Kb.
#541824
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
savdogarlar ustozi

O‘zgalarning ilojsizligi imkoniyat emas.

Ustozim menga doim o‘zgalarning ilojsizligi qulay imkoniyat emasligini aytardi. Shuning uchun noilojligidan biror nimasini sotayotgan yoki qarzini uzish uchun molini yarim narxda berishga tayyorlardan foydalanmadim. Bir kuni bir odam mendan ko‘p miqdorda mol oldi. Belgilangan muddatda qaytarolmadi. Keyin yaxshi chopag‘on otini olib kelib, yarim narxida qarzi evaziga bermoqchi bo‘ldi. Ammo men undan asl bahosida sotib oldim. Qarzidan ortgan pulini qaytarib berdim. Juda xursand bo‘ldi. Uning yuzidagi rozilik, ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rib, muhtojning muhtojligidan foydalanmaslikka yana bir bor axd qildim. Ko‘pchilik barakasini o‘zi qochiradi. Bozorda har – xil savdogar bor. Qarz bo‘lib qolgan odamdan biror arzigulik narsasini qarzidan ortiq narxda tursa-da, insofsizlik qilib, qarzi evaziga oladi. Natijada baraka ketadi. Yoki biron kimsa azbaroyi muhtojligidan biror narsasini sotmoqchi bo‘ladi. Unga aqcha zarurligini bilgan olarmon yerga urib sotib oladi va ikki baravar qimmatiga sotadi. Bu ish qaroqchilik bilan barobarligini, haqiqiy sudxo‘rlikdan oshib tushishini ustozim ko‘p ta’kidlardi. Halol savdo – ilm. Uni yaxshilab o‘rganish va o‘zlashtirish kerak. Agar shariatni tushunmay savdoga kirishilsa, foizga (ribo, sudxrlikka) aralashib qolish hech gap emas. Insonlarning ilojsizligi imkoniyat emas.




  1. Qalb boyligi

Ayrimlar boylikni avval boshda men tushungandek idrok qiladi. Men boylikni qo‘lim hamma narsaga yetishi uchun emas, ko‘p tilla tangalarni yig‘ib qo‘yib, ko‘ngil tusagan narsani sotib olish. Maishatda kamchilik bo‘lmasligi deb tushunardim. Yana ko‘pchilikka o‘zimni ko‘rsatib qo‘ygim kelardi. Ko‘pchilik esa boylikni yomon deb o‘ylaydi. Dindan chiqaradi, buzadi, halovat ketadi hatto jannatga kirishga to‘sqinlik qiladi, deb ishonadi. Bu oddiy xalqning ovunchoq fikrlaridir. Agar inson ilmli bo‘lsa, tirikchilikning halolini kasb qilsa, pul bilan muomalani yaxshi qila olsa, boylik unday odam uchun katta baxt, mislsiz imkoniyatdir. Chunki bergan qo‘l olgan qo‘ldan xayrli ekani haqida hadis ham bor. Ko‘pchilik imomlarga hayronman. Odamlarni boylikdan nafratlantiradi, xorlik sari yetaklaydi. Bu xato. Aslida musulmon boy bo‘lishi kerak ekan. Kuchli bo‘lishi kerak. Aks holda nomusulmonning, hatto ilmsiz musulmonlarning orasida xor bo‘ladi. Uzoq yillik tajribamdan tushundimki, insonlarni boylikdan qo‘rqitish, qaytarish yaxshi emas. Boylikni obro‘ni saqlash, qarindosh-urug‘ga yaxshilik qilish, ilm toliblari, olimlarga exson qilish, ish bilan ta’minlash uchun to‘plagan yaxshi. Baribir musulmon boy bo‘lsa, jamiyatda sog‘lom muhit shakllanadi. Musulmon boy bo‘lsa, turli fikrlar, chetdan kirib keladigan aldamchi g‘oyalarga yo‘l qo‘ymaydi. Musulmon boyisa din hech qachon obro‘zislantirilmaydi. Yana bir muhim gap: har bir musulmon albatta jang san’atlarida mohir bo‘lishi shart. Jismonan baquvvat, boy, aqli raso bir musulmon tadbirsiz, kuchsiz minglab musulmonlardan alodir.





  1. Download 291,51 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish