Asl baraka
Mana ustozning uyida turib o‘qishni ham boshladik. Ammo Imomi A’zam hazratlari bilan peshingacha ko‘risha olmadik. Sababini keyin bildik. Xabarchilar peshinga yaqin biz haqimizda aytishgan ekan.
Ustozni minglab odamlar orasidan bemalol ajratib olsa bo‘ladigan darajada ekan. O‘rta bo‘ylardan uzunroq, bug‘doyrang, keng yelkali, katta ko‘zli, qorin qo‘ymagan qotmadan kelgan. Kiymlari nafis va toza. O‘zidan eng sara mushk isi keladi. Gaplashmasdan turib, u kishini yaxshi ko‘rib qoladigan darajada istarali. Yuzidan nur yog‘ilib turadi.
Qani ota yurtimdan kelgan mehmonlar, yurt havosidan bahramand bo‘lay, - dedi ustoz biz tomon yaqinlashib.
Quchoqlashib ko‘rishdik. Abdullohga uzoq termuldi. Biz kelmasimizdan shamolimiz kelgan ekan. Balki ustoz unga termulganida olis kelajakda emas yaqin orada ilmda, avliyolikda, savdoda peshqadam bo‘ladigan inson siymosini ko‘rgandir. Balki yurt sog‘inchi ustun kelib, vatadoshidan ota vatan kengliklarini, shirin buloqlari-yu, cho‘qqisiga qaraganda do‘ppi tushadigan tog‘larini ko‘z oldiga keltirgandir...
Biz ichkariga kirib ancha gaplashib o‘tirdik. Peshindan so‘ng darsni boshladik. Ustoz kunlarini juda aniq reja asosida o‘tkazarkan. Kechasi umuman uxlamasdi. ( bir shogirdi 20 yildan beri yelkasi to‘shak ko‘rmadi deganida ishonmagan edik). Kechasi Qur’on tilovat qiladi. Bomdoddan keyin Allohni zikr qiladi. Savdo ishlariga qaraydi. Peshindan so‘ng asrgacha dars beradi. Asrdan shomgacha masala so‘rab kelganlarning, xojatmandlarning xojatlarini chiqaradi. Shomdan huftongacha tafakkur qiladi, masjidda bo‘ladi. Xuftonning tahorati bilan bomdod o‘qiydi. Ilmi dengiz qadar. Zehni o‘ta o‘tkir. Juda talabchanligidan ba’zan shogirdlari qiynalib ham qoladi. Savdoda juda halol va ehtiyotkor.
Bir kuni bozorga ipak va gazlamalarni tartiblab, taxlash uchun bizni olib bordi. Uning bir sherigi bor ekan. Bir shoyini 200 dirxam emas 400 dirxamga sotibdi. Sherigini koyib, xaridorni topib kelishni buyurdi. Xaridor kelgach, unga 200 dirxamini qaytib berdi. Ularning o‘rtasida go‘zal “tortishuv” bo‘ldi.
Mana bu pulni oling. Bu matoni biz 200 dirxamdan sotamiz.
Yo‘q, ustoz sizdan Alloh rozi bo‘lsin. Men berganimga roziman. Bozorda shu mato 500 dirxam turadi.
Men 200 dan sotaman. Ustiga foydamni ham qo‘shganimdan keyin shu narx hosil bo‘lgan. Qolgani halol bo‘lmay qoladi. Bozorni bilaman, ammo Xudodan qo‘rqaman.
Mayli ustoz, Alloh savdoingiz va ilmingizga barkalar ato etaversin.
Omin.
O‘sha kuni ustoz sheriklari balan ishni to‘xtatdi. Halol tirikchiqlik uchun shunday qildi. Biz kechasi shu voqeani Abdulloh bilan uzoq muhokama qildik. Abdulloh bilan kun kelib savdoda ham ustozdek ish tutishni reja qildik.
Bomdoddan keyin hovliga chiqqandik, ustoz bir pora tilovat qilgudek muddatdan so‘ng oldiga o‘tishimizni tayinlaganini aytishdi. Men kitob o‘qidim, Abdulloh Quro’n tilovat qildi. Bir pora tugatgach, turib ustozning oldiga bordik.
Kelinglar, - dedi ustoz o‘rnidan turib. – Men sizlar haqingizda surishtirdim. Misrdagi ilm tahsili va tirikchiliklaringizni ham so‘rab bildim. Tijoratga iqtidorlaringiz borligini sezganim uchun ham kecha bozorga olib borgandim. Sizlarning tijoratdan yetarlicha ilmingiz bormi?
Yo‘q, ustoz, - dedi Abdulloh. ( U odatda ozgina bilsa ham bilmayman der va o‘rganishga kirishardi). Ammo yo‘l-yo‘riq ko‘rsatsangiz o‘rganib ketamiz. Bergan qo‘lga aylanib, insonlarning hojatlarini umrim so‘ngigacha chiqarishni niyat qilganman. Allohdan duoda ham so‘rayapman.
Ilmga ishtiyoqing juda baland. Kelganinga uncha ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, barakangdan baxramand bo‘ldim. Hozir sizlarga Payg‘ambarimiz alayhissalomning tijoratlari haqida biroz aytib beraman. Gapimni hadis bilan boshlayman. Ey musulmon tijoratchi, olishda va sotishda, qarz berishda va olishda doimo osonlik va qulaylikni asos qilib olki, tijoratingni xotirjam bir tarzda amalga oshirgan holda Allohning rahmatiga erishgaysan (Bahriddin akaning kitobidan), degan Muhammad sallollohu alayhi vasallam. Shunga muvofiq kecha sherigim bilan ishni to‘xtatdim. Xo‘sh, mavzuga qaytay. Payg‘ambarimiz alayhissalom haqiqiy tijratchi edi. Makkadan mol olib Yasrib, shomga borib sotar, u yoqdan turli buyumlar sotib olib, Makkada sotardi ( bugungi kunda eksport-import deyiladi bu. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom ilk eksportyor va importyor bo‘lgan Muallifdan). Bugun men ham to‘rt tomondanga karvon jo‘natib oldi - sotti qilyapman. Kun kelib sizlar ham mohir savdogar bo‘lib yetishingizga ishonaman. Qani endi ilm olishga g‘ayrat qilavering.
Biz bu dargohda asosan hadis va fiqhdan dars olardik. Abdulloh shu darajada zakiy va ishtiyoqli ediki, ba’zan taomlanish yodidan chiqib qolardi. Ilm olish istagi o‘ta kuchliligidan ustozning har bir so‘zini qalbiga joylardi. Bir kuni undan xotirasi nega bu qadar kuchliligini va yodlagan narsalari yodidan chiqmasligini so‘radim.
-Men nimani qalbimga ishonib topshirgan bo‘lsam, u meni hech qachon noumid qilmagan va unutib qo‘yish qo‘rquvidan ozod qilgan, - deb javob berdi. Uning javobidan lol qoldim. Qalbga ishonib topshirish nima ekanini bilmasdim. Keyinchalik angladim. Ilmni butun vujud bilan, rohati dil bilan olinsa, qalbga mustahkam o‘rnashar ekan. Ammo Ustoz bu qarashim ozgina xato ekanini tushuntirib qo‘ydi. Ilmni taqvo bilan hosil qilish kerak ekan (Taqvo Alloh buyurganlarini qilib, qaytargan ishlarini qilmaslik). Ya’ni gunohlar, xarom ishlar, shubhalardan tiyilib, ilm, savdo qilish haqiqy baraka keltirar ekan. Tushuncham nihoyat butun bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |