Bog'liq Savanna va siyrak o\'rmonlar hamda dagal bargli doimiy yashil bargli o\'rmonlar tuproqlari
3. О‘tloq – о‘rmon va muzloq – tayga oblastlari Oblastning okean bо‘yi hududlariga turli о‘tli – boshoqli о‘tloqlardagi chimli – torfli subarktika tuproqlari xosdir. Ularda gumus – akkumulyativ jarayon yetakchi hisoblanadi. Ushbu hududlarda yana kulli – vulqon tuproqlarning ham keng tarqalganligi kuzatiladi. Ular ayniqsa, Kamchatkada, Kuril, Aleut orollari va Alyaskada kо‘p uchraydi.
Boreal muzloq – tayga oblasti Sharqiy Sibir va Shimoliy Amerika tuproq oblastlariga ajratiladi. Sharqiy Sibir oblasti О‘rta va Sharqiy Sibirning bepoyon kengliklarini egallaydi. Вundаn tashqari, muzloq-tayga tuproqlari Boykalorti, Kolim уа Chukotka kabi shimoliy уа qismаn o'rta taygalar uсhun ham xarakterli. Каnаdаdа muzloq-tayga tuргоqlагiпiпg katta mауdопi uchraydi. MDH da muzloq-tayga tuргоqlагiпiпg umumiy mауdопi 200 mln gektarga уaqin. Yevroosiyoda tekislik muzloq-tayga tuproqlari 2 mlrd 230 mln gеktагni уа’ni hududning 4% ini; Shimoliy Amerikada 529 mln gektarni yoki hududning 2,4% ni tashkil etadi.
Hudud uchun haddan tashqari qurg‘oqchil sovuq iqlim, atmosfera namlanishi о‘zgarishining muddati (diapazoni) kattaligi, tog‘ relyefining hukumronligi va asosan tub jinslarning nurash mahsuloti hisoblanmish tuproq hosil qiluvchi jinslar tarkibining xilma – xilligi xosdir. О‘simliklari igna bargli och tusli tilog‘och taygadan iborat. Tekisliklarda shimoliy va о‘rta tayga zonachalari ajratiladi. Tuproq qoplamida loyqali – loyli jinslardagi gleymuzloq – tayga (shimoliy taygada) va muzloq – botqoq tuproq bilan birga uchrovchi muzloq – tayga (о‘rta taygada) tuproqlari keng tarqalgan.
Ancha nordon mayda zarrachali – toshloq jinslarda va qumlarda alfagumusli podzollar shakllangan. Karbonatli jinslar chiqib qolgan joylarda chimli – karbonat tuproqlar mujassamlashgan.
О‘rta tayganing janubidagi loyqali – mayda silliqlangan toshli elyuviy yotqiziqlarda yirik gumusli qо‘ng‘ir, shuningdek tog‘ – о‘rmon mintaqasining pastidagi janubiy – tayga о‘tli о‘rmonlari ostida chimli – tayga tuproqlari tarqalgan.
Shimoliy Amerika muzloq – tayga oblastining maydoni uncha katta bо‘lmay, tuproq qoplami turlarga ham boy emas. Asosan gleylimuzloq – tayga va muzloqli botqoq tuproqlar uchraydi.
Boreal mintaqaning dehqonchilikda foydalanilayotgan salohiyati 5 % ga yetadi. Bunga asosiy sabab – iqlim sharoitining keskinligi, eng avvalo qishloq xо‘jalik ekinlarining kо‘plarini о‘stirishda issiqlikning yetishmasligidir. Mintaqaning katta qismining xо‘jalikda foydalanish yо‘nalishi о‘rmonchilik, ovchilik va bug‘uchilikdan iborat. Shu bilan birga tayga – о‘rmon oblastining janubiy hududlari tuproq – iqlim sharoitiga kо‘ra kо‘plab donli va texnika ekinlarini о‘stirishga qulay bо‘lganligidan jadal tarzda о‘zlashtirilmoqda. Tuproq unumdorligini oshirish uchun organik va mineral о‘g‘itlardan о‘rinli foydalanish hamda tegishli agrotexnik – meliorativ ta=birlarni qо‘llash zarur.