Suvsiz eritmalar sifatini baholash
. Suvsiz eritmalar sifatini baholashda avval ularning
xujjatlari (retsept, pasport), yorlig‘i, rangi, hidi, mexaniq zarrachalarning bor-yukligi tekshiriladi.
Glitserinli va moyli eritmalarning umumiy og‘irligi, spirtli eritmalarning esa hajmi tekshiriladi.
MAVZU 9.
Tomchilar dori shakli sifatida, ularning tasnifi,
texnologiyasi va sifatini baholash.
Ma‘ruza maqsadi:
tomchi dori turi, tomchilarning texnologiyasi, ichish va sirtga
qo‘llaniladigan tomchilar bilan tanishib chiqish.
Reja:
1.Tomchilar, tarifi, tasnifi.
Quloq, burun tomchilari
Tish tomchilari
Tayanch atama va iboralar:
Davlat farmakopeyasi, erituvchi, eritmalar, 582 buyruq,
konsentrlangan eritmalami quyultirish va suyultirish, tomchi dozator.
Tomchilar
deb, chin va kolloid eritmalardan iborat tomchi holida dozalanadigan suyuq dori
turiga aytiladi. Tomchili dozalash — bu dori turining yagona farqlanuvchi belgisi hisoblanadi.
Mustaqil guruh sifatida ajralishiga sabab, tarkibidagi dori moddalar shunday konsentratsiyalarda
beriladiki, bir martalik doza unda bir necha tomchilardan iborat bo‗ladi. Shu sababli tomchilarni
retseptda 10 ml.gacha bo‗lgan miqdorda yoziladi. Tomchilar suyuq dori turlari retsepturasida
muhim o‗rin egallaydi (25 % gacha). Tom chilar ichishga va sirtga mo‗ljallanganbo‘ladi.
Tomchilar
ex tempore
tayyorlanadi va yana dorixonaning ichki ishlab chiqarish mahsuloti
ham hisoblanib, ular haqiqatan ham standart bo‗lib ketgan. Oz hajmda beriladigan tomchilar
ayrim xususiyatlarga ega bo‗lib, bular suzish jarayonida kuzatiladi. Shunisi muhimki, eritma
konsentratsiyasi va uning miqdori suzilganda kamaymasligi.
Shuning uchun modda eritilayotganda
3
qism suvni olib qolish kerak. So‗ngra
tayyorlanayotgan eritma paxta tampon orqali o‗tkazilayotganda, tampon avvaldan ivitib olinadi,
filtrlash tugagandan so‗ng, qolgan erituvchi bilan yuviladi. Shisha filtrlar ishlab chiqilgandan
so‗ng, farma- tsevt ishi birmuncha yengillashadi. Asosiy e‘tibor tomchi- larni kerakli hajmgacha
dozalashdir. Qulay va sodda dozator DJ-10 ishlab chiqilgan bo‗lib, 10 ml suyuq dori turlarini
qadoqlashga mo‗ljallangan. U tik turuvchi asosdan, prujinali shtokdan, ushlovchi — kronshteyn,
uchlik nasadka chiquvchi va kiruvchi klapanlardan iborat, «Rekord» turidagi 5—10 ml.li
dozator. Dozani o‗zgartirish uchun moslamaning oxirida to‗g‗rilovchi vint bo‗lib, uning
yordamida porshenning harakati boshqariladi. Uchlik - nasadkaning boshqa bir uchiga cho‗zma
naycha kiygizilib, boshqa naycha uchiga naycha mahkamlab, qadoqlanadigan suyuqlik quyila-
digan idishga uchi solib qo‗yiladi. Dozatorga kerakli miqdor suyuqlik tortib olinib, so‗ngra
dozator porshenini oxirigacha olib boriladi, uchlik-nasadka klapani yordamida suyuqlik
dozatordan flakonga quyiladi, so‗ngra dozator tortib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |