NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
KONCHILIK FAKULTETI
Noyob va radioaktiv metallarni qayta ishlash
fanidan
Mustaqil ish
Gruppa: 21
A -18 NRM
Bajardi: Nematilloev J. A.
Tekshirdi: Toshov O. E.
Navoiy – 2021
Suspenziyaning quyultirish tezligini aniqlash.
Reja:
1. Quyultirish jarayoni. Quyultirish jarayonida ishlatiladigan dastgohlar va moslamalar
2. Gidrosiklonlarda quyultirish
3. Cho‘ktirish mashinalari. Cho‘kish tezligini aniqlash
Quyultirish deb bo‘tana tarkibidagi qattiq zarrachalarni og‘irlik kuchi yoki markazdan qochuvchi kuch ta’sirida cho‘ktirib, suyuq fazani ajratib olishga aytiladi.
Quyultirish mahsulotning mineral va granulometrik tarkibiga, zarrachalarning shakliga, suyuqlikning qovushqoqligiga, bo‘tananing haroratiga, muhitning pH ga, bo‘tananing tarkibida maxsus kiritiluvchi bor-yo‘qligiga va h.k. larga bog‘liq. Quyultirishdan maqsad, tarkibida 50-70% qattiq zarrachalarni saqlovchi quyultirilgan mahsulot olishdan iboratdir. Bunda tinitish va toza suyuq faza olish masalasi ham hal etiladi.
Quyultirishda qattiq zarrachalarning suyuq fazada og‘irlik kuchi ta’sirida cho‘kishni sizish orqali cho‘kish bilan taqqoslaganda bu jarayonda umumiylikni hamda farqni kuzatish mumkin. Umumiylik shundan iboratki, ikkala jarayonga ham og‘irlik kuchi ta’sir etadi. Farqi esa sizdirishda suyuqlik qattiq zarrachalar orasidan sizib o‘tsa, quyultirishda esa qattiq zarrachalar suyuqlik orasidan o‘tib cho‘kadi.
Quyultirishda quyidagi dastgohlar va moslamalar ishlatiladi.
Bo‘tananing ajralish og‘irlik kuchi ta’sirida boruvchi dastgohlar:
uzluksiz ta’sirli - piramidal tindirgich, konusli quyultirgichlar, silindrik quyultirgichlar;
davriy ta’sirli - tashqi tindirgichlar: bularga hovuzlar, havzalar, shlamli basseynlar kiradi.
2. Bo‘tananing ajralishi markazdan qochuvchi kuch ta’sirida boruvchi dastgohlar:
gidrosiklonlar, cho’ktiruvchi sentrifugalar;
bo‘tananing ajralish og‘irlik kuchi ta’sirida boradigan dastgoh va moslamalar katta chan va hovuzlardan iborat bo‘lib, ularga bo‘tana uzluksiz yoki davriy ravishda beriladi.
Bo‘tanadagi muallaq qattiq zarrachalar cho‘kma hosil qilib, sekin cho‘kadi, cho‘kma zichlashib, ma’lum miqdorda yig‘ilgandan keyin apparatdan chiqarib olinadi. Tingan suvning yuqori qatlamlari dastgoh devorlari orqali quyulib tushadi.
Bo‘tananing ajralishi markazdan qochuvchi kuch ta’sirida boruvchi dastgohlarda bo‘tana aylanma harakatga keltiriladi. Aylanish natijasida hosil bo‘lgan markazdan qochuvchi kuch ta’sirida qattiq zarrachalar dastgoh devoriga tomon uloqtiriladi, tingan suv esa aylanish markazida yig‘iladi.
Quyultirgichlardagi bo‘tananing yuqori qatlamlarida qattiq zarrachalarning konsentratsiyasi unchalik yuqori emas, shuning uchun zarrachalar erkin tushish sharoitida zarrachalarning o‘lchami va zichligiga bog‘liq holda maksimal tezlik bilan cho‘kadi.
Bo‘tananing quyi qatlamlarida qattiq zarrachalarning konsentratsiyasi ortishi bilan ularning cho‘kish tezligi kamayadi. Zarrachalarning konsentratsiyasi ma’lum chegaraga yetganda, ularning cho‘kishi, siqilib tushish sharoitida amalga oshadi. Bunda yirik tez cho‘kuvchi zarrachalar bilan birga cho‘kadi. Cho‘kmaning zichlashishida (siqilishida) qattiq zarrachalarning konsentratsiyasi maksimumga yetadi, ularning cho‘kish tezligi esa nolga yaqinlashadi.
Quyultirilgan bo‘tananing zichligi qattiq zarrachalarning o‘lchami va tuzilishiga bog‘liq.