Shamchalarni sovuq va quruq joyda saqlash kerak.
3- Ma’ruza
Mavzu 3.
Surtmalar, ularda qo‘llaniladigan asoslar, umumiy texnologiyasi. Gomogen
surtma dorilar tayyorlash.
Ma’ruza maqsadi:
Surtmalar, ularda qo‘llaniladigan asoslar, umumiy texnologiyasi. Gomogen
surtma dorilar tayyorlashga oid nazariy ma’lumotlarni berish.
Tayanch atama va iboralar:
Surtma-unguentum
Gidrofob-suv bilan yaxshi namlanmaydigan
Gidrofil- suv
bilan yaxshi namlanadigan
Difil- emulsion asos (gidrofillik va gidrofoblik xususiyati mavjud)
Reja:
1. Asoslarning tasnifi;
2.Dori moddalarning surtma asosiga qo’shish qoidalari;
3. Surtma tayyorlashning asosiy texnologik bosqichlari;
Surtmalar,
malhamlar, sham dorilar, hab dorilar tibbiyot qalamchalari yumshoq dori turlari
deb aytiladi. Ular turli xil dispers sistemaga taalluqli bo’lib, yumshoq konsistensiyaga (holatga) va
umumiy o’xshashlik belgilariga ega. Masalan: surtmalar, shamchalar
mayin yopishqoq muhitga
ega. Hab dorilar muloyim xamirlardan tayyorlanadi va faqat saqlanishi davridagina qurib qattiq
konsistensiyaga aylanadi.
Bu shu bilan tushuntiriladiki, ko’pgina surtmalar, shamchalar
sanoat korxonalarida
tayyorlanadi. Plastirlar, gorchichniklar, meditsina qalamchalari,
kapsulalar, kapsulaga o’ralgan
dorilar faqat korxonalarda ishlab chiqariladigan dori turlaridir. Surtmalar — sirtga qo’llaniladigan
dori turlari bo’lib, ular yuqori yopishqoqlik xususiyatiga ega bo’lgan suyuqliklardir. Teri yoki
shilliq qavatlar ustida tekis, oqmaydigan yupqa sirt hosil qilish xususiyatiga ega. Surtmalar xona
haroratida o’zining yopishqoq holatini saqlaydi va harorat oshirilganda oquvchan suyuqlikka
aylanadi. Surtmalar dispersologik tasniflanishi bo’yicha erkin har
tomonlama dispers shaklsiz
muloyim yoki mayin aralashma. Tipik suyuqliklardan ular oquvchanligining yo’qligi bilan
farqlanadi.
Surtmalar — qadimiy dori turlaridan biri bo’lib, zamonaviy meditsinada ham ularning
ahamiyati katta.
Surtmalar qo’llanishi bo’yicha: 1. Zararlangan teri va shilliq qavatlarni yomon gazlar,
organiq erituvchilar va chang bilan ifloslanishdan saqlash uchun. 2.
Sovuq olganda va kuyganda
yaraga dori moddalarni qo’yish uchun. 3. Teri kasalliklarini davolashda dori moddalarni teriga
surtish uchun yoki organlarda ketayotgan patologik o’zgarishlarni davolash uchun dori moddalar
teriga surtiladi va u yerdan qonga so’rilib butun tanaga ta’sir qiladi. 4. To’g’ri ichak kasalliklarini
davolashda. 5. Ko’z va burun shilliq qavati zararlanganda dori moddalarni qo’yish uchun. 6.
Sochni yuqotish va davolash uchun 7. Jun bilan qoplangan terilarga insektitsid vositalar qo’yish
uchun. 8. Kosmetikada (terini yumshatish, pigment dog’larni yuqotish va boshqalar).
Surtmalar dori modda va asosdan tashqil topadi.
3-jadval
1. Ta’siri bo’yicha surtmalar
Preparat turi
Teri orqali o’tishi
Asoslar
Epidermik
Teri orqali o’tmaydi yoki juda kam
o’tadi
Lipofil
Endodermik
Derma orqali o’tadi
Absorbsion
Diadermik
Teri orqali o’tadi, mahalliy va Emulsion
va suvda eriydigan
4
4
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx preparatov.-«GEOTAR-
Media».- Moskva.-2014. (511 bet)