Kuchli asos va kuchsiz kislota, kuchsiz kislota va kuchli asosdan tashkil topgan
tuzlardan in’yeksion eritmalar tayyorlash
Kuchli asos va kuchsiz kislotadan tarkib topgan tuz (natriy kofein benzoat, natriy nitrit,
natriy tiosulfat va boshqalar) eritmalari uchun stabilizator sifatida ishqor
eritmalari ishlatilishi
mumkin.
Rp: Sol. Coffeini - natrii benzoatis 10% - 50 ml
Sterilisetur!
D.S. 1 ml dan teri ostiga yuboriladi.
Pasporti
: Koffein benzoat natriy 0,5 g
Natriy gidrooksid eritmasi 0,2 ml
1000ml-4ml
50ml-X
In’yeksiya suvi- 50ml
V
um =
50 ml
Yuqoridagi retsept kuchli asos va kuchsiz kislotadan tashqil topgan tuz eritmasiga misol
bo’ladi. XI DF si talabiga binoan eritmani tayyorlashda stabilizator sifatida bir litr eritmaga 0,1 M
natriy ishqoridan 4 ml qo’shiladi. Bu retsept buyicha 0,2 ml natriy gidroksid eritmasi kushamiz.
Eritmaning pH ko’rsatkichi 6,8—8,0 oraligida bo’ladi. Eritma 120°S da 8 daqiqa sterillanadi.
Alkaloid va sintetik azot asos tuzlari eritmasi (morfin gidroxlorid,
strixnin nitrat, novokain
va b.) qadoqlanadigan shishaning ishqoriy muhiti ta’sirida gidroliz, fenol guruhining oksidlanishi,
murakkab efir bog’larining sovunlanishi kabi reaksiyalarga uchraydi. Bu eritmalarni 0,1 M li
xlorid kislotasi qo’shib turg’unlashtiriladi.
Rp: Sol Dibazoli 1%—10 ml
Sterilisetur!
D.S. 50 flakon.
Steril o’lchov kolbasiga aseptik sharoitda tortib olingan 5 g dibazol solinadi. Ustiga
in’yeksiya uchun ishlatiladigan suv, 5 ml 0,1 M li xlorid kislota eritmasi solib eritiladi va eritma
hajmi 500 ml ga yetkaziladi. Tayyor eritma steril filtr orqali hajmi 10 ml li idishlarga qadoqlanadi.
Idishning og’zi rezina tiqin va alyumin qopqoq bilan zich qilib berkitiladi. Mexanik zarrachalar
bor-yo’qligi
tekshirilib, so’ng avtoklavda 120°C haroratda 8 daqiqa sterillanadi. Yana mexanik
zarrachalar bor-yo’qligi tekshirilib, tegishli yorliq yopishtiriladi.
Eritmani saqlanish muddati
qorong’i va salqin yerda 60 kun.
XI DF bo’yicha, in’yeksiya dori turlariga steril suvli va suvsiz eritmalar, suspenziyalar,
emulsiyalar, yuborishdan oldin steril erituvchida eritiladigan
quruq va qattiq moddalar
(poroshoklar, g’ovak massalar va tabletkalar) kiradi.
Dorivor moddalarni erituvchisi sifatida DF va normativ texnik hujjatlar talablariga javob
beruvchi in’yeksiya uchun suv, o’simlik moylari, etiloleat ishlatiladi. Kompleks erituvchi tarkibida
esa etil spirti, glitserin, propilenglikol, polietilenoksid 400, benzilbenzoat, benzil spirti va boshqa
erituvchilar ishlatiladi. In’yeksiya uchun ishlatiladigan suv XI DF ga asosan tozalangan suvga
qo’yilgan talablardan tashqari apirogen bo’lishi kerak (FS 42 o’z - 0512 - 2002).
Bu suv aseptik sharoitda tomchilarni ushlab qoladigan maxsus separator o’rnatilgan
distillyasion apparat yordamida olinadi.
In’yeksiya uchun ishlatiladigan suv va in’yeksion eritmalarning pirogenligini tekshirish XI
DF, 2-tomining, 183 betida keltirilgan «Pirogenlikka tekshirish» maqolasiga ko’ra olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: