Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/444
Sana05.04.2023
Hajmi7,28 Mb.
#925309
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   444
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya (1)

Shamchalarga dorixat yozish
Shamcha va sharcha shaklidagi sham dorilarga dorixat ikki xil yo’l bilan yoziladi.
1) dorixatda umumiy ingrediyentlar miqdori va shamchalar soni ko’rsatiladi.
Rp.: Chlorali hydrati 3,0
Cerae flavae 3,0
Olei Cacao 10,0
Misce fiat suppositoria rectalia.
Dividi in partes aequales N 5.
Da.Signa.
2) Dorixatda ingrediyentlar miqdori har bir shamdori uchun alohida ko’rsatilib, shunday 
shamdorilar nechta tayyorlanishi kerakligi yoziladi.
Rp.: Ichthyoli 0,2
Massae gelatinosae. 4,0
M.f. supp. vaginalia
Dentur tales doses N 10.


Signa.
2
Tayoqcha shaklidagi shamdorilar dorixatda yozilganda, ularning uzunligi hamda diametri va 
soni ko’rsatiladi.
Rp.: Iodoformii 0,2
Ol.Cacao q.s.,
ut f.bacillus longitudinae 5 sm et diametro 4 mm
D.t.d.N.6.
S. Bir kunda 2 ta tayoqchadan siydik yo’liga.
Shuni esda tutish kerakki, dorivor moddalar bilan birga zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi 
moddalar to’g’ri ichakning shilliq qavatida so’riladi. 
Shu sababli dorivor moddalarni rektal yuborish peroralga qaraganda kuchli ta’sir qiladi. 
Zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi dori moddalar dozasi DF X bo’yicha tekshirilishi shart.
Asosga dori moddalarni kiritish usullari:
Gidrofob asosda shamchalarni tayyorlash quyidagicha olib boriladi: 1) massa tayyorlash, 2) 
shamcha, sharcha va tayoqchalarni shakllantirish. Massa tayyorlash uchun har xil dori moddalar 
kiritish lozim. Asosga dori moddalarni kiritish ularning tarkibi, xossasi va eruvchanligiga bog’liq.
Suvda erimaydigan, asosda eriydigan moddalar
.
Asosda eriydigan moddalarga kamfora, xloralgidrat, fenol va boshqa moddalar kiritishimiz 
mumkin. Bu moddalarni bir qism asosda yoki suyultirilgan asosda eritiladi. Agar bu moddalar 
eritilishi natijasida asos bilan dori modda aralashmasining erish harorati pasayib ketsa, u holda 
evtektik birikma hosil bo’ladi. Xloralgidrat, kamfora, fenol kabi dori moddalari bilan asos 
aralashtirilganda aralashma erish harorati keskin pasayib — evtektik birikma hosil qiladi. Bunday 
hollarda aralashma tarkibiga uni erish haroratini oshiruvchi yoki tarkibini qattiqlashtiruvchi 
(qotiruvchi) moddalar (mum, parafin) qo’shish lozim. Evtektik birikmalar hosil bo’lish 
muammolari yaxshi o’rganib chiqilmaganligi sababli, qotiruvchi moddaning qo’shiladigan 
miqdori va turi har gal tajriba yo’li bilan alohida aniqlanadi.

Download 7,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish