Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/323
Sana02.01.2022
Hajmi2,09 Mb.
#308759
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   323
Bog'liq
Ш С Шойимова Таълим технологиялари 2020 303 б


Innovatsiya
” 
tushunchasi dastlab XIX asrda madaniyatshunoslik sohasidagi tadqiqotlarda 
paydo  bo’lib,  bir  madaniyat  turlarini  ikkinchi  bir  madaniyatga  kiritish 
tushunilgan.  XX  asrga  kelib  esa,  yangi  soha  –  yangiliklar  kiritish  haqidagi 
fan paydo bo’ldi. Bu fan doirasida moddiy ishlab  chiqarish  sohasiga texnik 
yangiliklar kiritish qonuniyatlari o’rganila boshlandi.
 
Yangiliklar  kiritish  haqidagi  fan  faoliyati  yangicha  ta’lim    tizimiga 
o’tish  yo’lidagi  harakatlar  bilan  asoslanadi.  Shunga  ko’ra  yangi  bilimlarga 
ehtiyoj innovatsiya, innovatsion  xizmat ko’rsatish g’oyalarini tatbiq  etishga 
qaratilgan ehtiyojdan kelib chiqqan.
 


38
 
 
Yangilanishlarni  pedagogika  faniga  nisbatan  qo’llaganda  ta’lim- 
tarbiya  jarayonini  amalga  oshirish  va  uning  natijalarini  yaxshilashga 
qaratilgan  pedagogik  tizim  ichida  o’zgarishlar  kiritish  tushuniladi. 
Innovatsion  texnologiyalar  pedagogik  jarayon  hamda  o’qituvchiva  talaba 
faoliyatiga  yangilik,  o’zgarishlar  kiritish  bo’lib,  uni  amalga  oshirishda 
asosan noan’anaviy yondoshuv va metodlardan to’liq foydalaniladi. 
“Yangilik kiritish” (innovatsiya) tushunchasi  yangilikda  ham, ushbu 
yangilikni amaliyotga tatbiq etish jarayoni sifatida ham tushuniladi.
 
O’zbekistonlik  olimlardan  N.Saidahmedov,  N.Azizxo’jayeva, 
Sh.Shodmonov,  G.Baubekova,  G.Xalikova  va  boshqalar  pedagogik 
yangilanishlarga ilg’or tajribaning xususiy shakli tarzida qaraydi.
 
 
1
 Mallayev O. Yangi pedagogik texnologiyalar. T. 2000.
 
Ularni  radikal  yangiliklar  bilan  tenglashtirib,  quyidagilar  bilan 
bog’lab  tushuntiradi:  dolzarb  muammoning  yangi  yechimi,  ulardan 
foydalanish  yangi  sifat  o’zgarishlariga olib keladi, ularni qo’llash tizimdagi 
boshqa 
komponentlarni 
ham 
sifat 
jihatidan 
o’zgartiradi.  Bunda 
yangilanishlar tizimining bir sifatli  holatdan ikkinchi  holatga  o’tishi tarzida 
tushuniladi.
 
Yangilik  muayyan  ta’lim  tizimi  ichida  mavjud  bo’lib,  yangilanish 
asosida  yuzaga  keladi.  Shu  tarzda  yangilanishni  yangilik  yaratish,  qo’llash 
va  o’zlashtirish  hisobiga  ta’lim  rivojlanishi  jarayoni  sifatida  tushunish 
mumkin.  Yangilanish  ta’lim  jarayonining  qaysi  bo’lagiga  o’zgartirish 
kiritishni aniqlashdan boshlanadi.
 
Pedagogik yangilanish predmeti yangilanish jarayoni samaradorligi va 
ularni  aniqlovchi  omillar  orasidagi  bog’liqlik,  shuningdek,  o’zgarishlar 
samaradorligini  oshirish  maqsadida  shu  omillarga  ta’sir  etish  usullaridan 
iborat.
 
Innovatsion jarayonlar quyidagi bosqichlarga ajraladi:
 
1.
 
Yangi 
g’oyalarning 
tug’ilishi 
va 
yangilanish 
konsepsiyasining  paydo  bo’lish  bosqichi.  Bu  shartli  ravishda  fundamental 
va amaliy izlanishlar natijasi tarzida yangilik yaratish deyiladi.
 
2.
 
Yaratish  bosqichi.  Muayyan  obyektda  amalga  oshirilgan 
yangilik- moddiy yoki ma’naviy narsa-namuna.
 


39
 
 
3.
 
Yangilik  kiritish  bosqichi.  Yaratilgan  yangilik  amaliyotga 
tatbiq  etiladi,  qayta  ishlanadi.  Bu  bosqich  kiritilgan  yangilikdan  yuqori 
samaraga  erishish  bilan  yakunlanadi.  So’ng  yangilikning  mustaqil 
harakatlanishi boshlanadi. Yangiliklar qo’llanilish jarayonida yanada boshqa 
bosqichlarga ajraladi.
 
4.
 
Yangiliklarni  hayotga  tatbiq  etish  bosqichi.  Yangiliklarni 
boshqa sohalarga ham keng qo’llashda namoyon bo’ladi.
 
5.
 
Muayyan sohada yangilikning turg’un xizmat qilish bosqichi. 
Yangilikni  qo’llash  davomida  u  o’zining  yangilik  xususiyatini  yo’qotib 
boradi.  Mazkur  bosqich  yangilik  o’rniga  undan  ham  samarali  yangiliklarni 
tatbiq  etish  bilan  yakunlanadi.  Bir  yangilik  o’rnini  undan  ham  samaraliroq 
bo’lgan boshqasi egallaydi.
 
6.
 
Yangiliklarni  boshqa  yangilik  bilan  almashtirish  maqsadida 
yangiliklar ko’lamini qisqartirish bosqichi.
 
Ta’lim sohasida innovatsion jarayonlar ikki turda kechadi:
 
1.
 
Stixiyali ravishda amalga oshadigan innovatsiyalar.
 
Innovatsion  jarayonni  amalga  oshirish  shartlari,  vosita    va    yo’llari 
tuzilishini  to’liq  anglamagan  yoki  uni  tug’dirgan  ehtiyojga  bog’lanmagan 
holda amalga  oshiriladi.  Bu tarzdagi innovatsiyalar ko’pincha ilmiy asoslar 
bilan  bog’liqbo’lmay,  empirik  asosda  vaziyat  talablaridan  kelib  chiqqan 
holda  amalga  oshiriladi.  Bunday  innovatsiyalarga  novator  o’qituvchilar, 
tarbiyachilar, ota-onalar faoliyatlarini misol keltirish mumkin.
 
2.
 
Ta’lim  tizimidagi  innovatsiyalar  ongli,  maqsadga yo’naltirilgan, 
ilmiy  ishlab  chiqilgan  fanlararo  faoliyat  natijasi  hisoblanadi.  Ta’lim 
sohasidagi  innovatsiya  ta’lim-tarbiya  maqsadi,  mazmuni,  usul  va  shakllari, 
pedagogik jarayonni tashkil etishda yangiliklar kiritishni nazarda tutadi.
 
Ta’limdagi  innovatsiyalar  shartli  ravishda  quyidagi  turlarga 
bo’linadi:
 
• 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish