“Galereyani aylanish” metodi.
Bu metod “Pinbord” metodiga
o’xshash tarzda o’tkaziladi. Kichik guruhlarga 1 ta muammo taklif
etiladi. Har 1 guruh 10 min davomida o’z fikrlarini o’zining rangli
markerida yozadi-da, javob yozilgan varaqlarni 2-guruh bilan
almashtiradi. Keyingi guruh oldingi guruhning javoblarini baholashi
va javob to’liq bo’lmasa, o’z javobi bilan to’ldirishi kerak. Javoblar
yozib bo’lingach, flipchaterlar doskaga osib qo’yiladi va guruhlar
bilan birgalikda muhokama qilinadi. Har bir talaba flipchaterlardagi
javoblarni ko’rishi, o’rganishi va baholashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |