S
F
131
22-rasm. Echki va qo'y 23-rasm. Dumbali qo'y
(dumbali qo'ylardan lerilari maydonini
tashqari) terilari maydonini o'lchash tasviri.
o'lchash tasviri.
Xomashyo 1 dm kv ning massasi, (g)
Muzlatilgan qo'y terisi:
Junli 40
Yarim junli 3 7
Go'lak 34
Muzlatilgan echki terisi 37
Muzlatilgan cho'chqa terisi 58
Tuzlamasdan quritilgan qo'y terisi:
Junli 20
Yarim junli 18
Go'lak 26
Tuzlab quritilgan cho'chqa terisi 36
Muzlatilgan cho'chqa terisi 58
Teri maydonini o'lchash uchun ishlatiladigan detsimetrajli planshet sirti tekis va silliq to'g'riburchakdan tashkil topgan. Planshet har biri bir detsimetr kvadrat maydonga ega bo'lgan 120 ta kvadratga bo'lingan. Terming uzunligi va enini 0,5 dm mutlaq xatolik bilan o'lchash uchun planshetning pasti va o'ng tomonida eni 0,5 dm bo'lgan ikkita uzunchoq chizig'i bor.
Detsimetrajli to'r quyidagicha tuzilgan: quyi qatordagi kvadratlar o'ngdan chapga 1 dan 10 gacha raqamlar bilan, chekkadagi o'ng qatorning kvadratlari pastdan yuqoriga 1 dan 12 gacha raqamlar bilan belgilangan. Qolgan kvadratlarda gorizontal qatorning raqamlariga muvofiq keluvchi vertikal qator raqamlari ko'paytmasi qatorning kesishgan nuqtasida qayd etilgan, bunda raqamlar albatta kvadratning o'rtasida yozilishi lozim. Bu raqamlar maydonning detsimetr kvadratini belgilaydi.
Qo'y va echki terilarining maydonini planshetda o'lchash uchun mezdrasini yuqoriga, cho'chqa terilarini esa qilini yuqoriga qaratib shunday joylashtirish zarurki, bunda terining pastki va o'ng tomonlarida joylashgan terining uzunligi va enini aniqlovchi standart nuqtalar planshetning pastki o'ngchekkasiga moskelsin. Terining maydoni GOST 1134-73 davlat standartida belgilangan, teri eni va uzunligining yuqori va chap standart nuqtalaridan o'tkazilgan chiziqlarning kesishgan kvadratida yuqoridagiga o'xshash planshet qo'llaniladi, faqat planshet 270 ta kvadratga bo'lingan bo'ladi.
Amalda qo'llanayotgan terilar maydonini o'lchash tizimi, teri shaklining murakkabligi nuqtai nazaridan bir muncha takomillashmagan
132
bo'lsa-da, ammo teri xomashyosi sanoati rivojlanishining hozirgi bosqichida yetarli darajada qo'llash mumkin.
Terilar maydonini o'lchashda elektron yoki boshqa mashinalardan foydalanish ba'zi bir texnologik va tashkiliy qiyinchiliklarga duch kelsa-da, maydonni aniqlash usullarini takomillashtirish borasida ish olib borish davom etyapti.
4.3. QALINLIK
Teri qalinligi undan qanday mahsulot ishlab chiqarishni belgilovchi ko'rsatkichlardan bin hisoblanadi. Teri qalinligi nihoyatda har xil bo'lib, hayvonning turi va terming topografik qismlariga bog'liq bo'ladi (11-jadval).
Teri qalinligi nafaqat hayvonning turiga, balki uning jinsi va yoshiga qarab ham o'zgaradi. Odatda erkak mollarning terisi urg'ochilariga nisbatan sezilarli darajada qalin bo'ladi. Hayvon yoshi ulg'aygan sari terisining qalinligi ortadi. Shuningdek, ko'pgina hayvonlarda, turli miqdorda yog' to'planishiga olib keladigan teri qalinligmi mavsnmiy farqlari kuzatiladi.
11-jadval
Terming sag'risida o'rtacha qalinlik,mm
Xomashyo
|
O'rtaciia
|
Xomashyo
|
O'rtacha
|
turi
|
qalinlik, mm
|
turi
|
qalinlik, mm
|
Qo'y terisi
|
1,5-2
|
Ho'kiz terisi:
|
|
Echki terisi
|
1,2-2,2
|
Yengil
|
3,9-4,3
|
Upuka
|
1,5-2
|
Og'ir
|
4,6-5
|
Buzoq terisi
|
1,8-2,2
|
Buqa
|
5 atrofida
|
Yarim teri
|
3 atrofida
|
Toy terisi
|
2,2 -//-
|
Sigir terisi:
|
|
Ot terilari:
|
3-3,5 -II-
|
Yengjl
|
3-3,3
|
Yengil
|
4-11-
|
O'rta
|
3,7-4,2
|
og'ir
|
|
Og'ir
|
4,5-4,8
|
Cho'chqa terilari:
|
|
|
|
mayda
|
1-2
|
|
|
o'rta
|
1,5-2,5
|
|
|
yirik
|
3,0-3,5
|
133
Наг xil topografik qismlarda teri qalinligi har xil bo'ladi. Terming hammadan ko'ra qalinroq qismi sag'risi, yupqaroq qismi etak hisoblanadi. Istisno faqat buqa terilariga tegishli. Ularning eng qaiin qismi yoqa va peshana terisi hisoblanadi.
Bundan tashqari hayvonlarni saqlash va boqish sharoitlari teri qalinligiga ta'sir etuvchi omillardan hisoblanadi. Teri qalinligiga hayvonning zoti ham muhim ta'sir ko'rsatadi. Masalan, go'shdor hayvonlar terisi, sutdor hayvonlar terisiga nisbatan ko'proq qalinligi bilan ajralib turadi.
Teri qalinligi konservalash usuli va uni saqlash sharoitlariga qarab o'zgaradi. Teri qalinligi ho'l tuzlab konservalangandan so'ng, amalda o'zgarmaydi, ammo tuzlab quritib va tuzlamasdan quritib konservalangandan so'ng teri qalinligi xiyla kamayadi. Teri xomashyosi korxonalarida ho'l tuzlab konservalangan, poyabzalning ostki qismi charmi, egar-jabduq va texnik charmlar ishlab chiqarishga yuboriladigan yirik shoxli mol terilarining qalinligi N-standart nuqtasida (26-rasm) o'lchanadi. Chunonchi teri qalinligi har xil topografik qismlarida bir xil emas.
Nnuqtasiorqa oyoqlarning pastki chuqurchasiga o'tkazilgan urinma chizig'idan 250 mm yuqorida va umurtqa pog'onasi chizig'idan
200 mm masofa o'ngda joylashgan. Odatda terilar qalinligi qalinlikni o'lchovchi asbob - Meysner qalinlikni o'lchash asbobi (tolshchinomer) (27-rasm) bilan, laboratoriya sharoitida esa - mikrometr yordamida o'lchanadi.
Meysner tolshchinomer mustahkam
metalldan tayyorlangan yoydan, tutqi
va ikkita maydonchadan - pastki,
qo'zg'almas, diametri 10 mm va
dastakcha yordamida ko'tariladigan,
diametri 2 mm, yuqorigi maydonchadan
tashkil topgan. Yuqorigi maydoncha
26-rasm. Qalinlikni o'lchash dastakcha harakati bilan tushiriladi,
uchun terida N-nuqtasini bu esa hamma oTchanadigan
topish tasvin. terilarning bir xil darajada siqishini
134
27-rasm. Meysner tolshchinomeri. 1-o'lchov maydonchalari; 2-ko'rsatgich; 3-dastak; 4-ushlagich.
ta'minlaydi. Yuqorigi maydonchaning harakati vertikal yo'nalishda tishli uzatma orqali mexanik hisoblagichga uzatiladi. O'lchanadigan teri tolshchimerning o'lchaydigan maydonchalari oralig'iga kiritiladi, buninguchun yuqorigi maydoncha dastakcha harakati biranko'tariladi. So'ngra ushbu dastakcha tushiriladi va teri tolshchinomer maydonchalarining oralig'ida qisilib qoladi. Hisoblagich siferblatidagi strelka teri qalinligini 0,1 mm gacha mutlaq xatolik bilan ko'rsatadi.
Meysner tolshchinomeri bilan teri qilinligini o'lchashda, pastki maydonga mezdra tomonida, harakatchan maydoncha esa-jun qoplami tomonida turishini esda tutish zarur. Qalinlikni o'lchashda tolshchinomer maydonchalarini soch yo'nalishiga qarshi siljitish lozim. Mezdra tomonidan teri qismi go'sht va yog' qiyqimlari va tuzdan tozalangan bo'lishi kerak.
Teri xomashyosini navlarga ajratishda, navlovchi qalinlikni terining standart nuqtada ushlab ko'rish yo'li bilan organoleptik usulda aniqlaydi. Zarurat tug'ilganda tolshchinomerdan foydalanadi.
135
4.4. JUNDORLIK
Jun qoplamining holati sochning uzunlik, qalinligi (tig'izligi) va bir jinsliligi bilan aniqlanadi.
Jun qoplamining uzunligi va tig'izligi hayvonnig turi, zoti, yoshi, shuningdek, yilning fasllari va iqlim sharoitiga bog'liq.
Jun qoplami massasining teri massasiga foizdagi nisbatining o'zgarishi charm ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega, ayniqsa, tayyor charm chiqimiga ta'sir ko'rsatadi.
Bu o'zgarishlar birinchi navbatda hayvonni so'yish vaqti va iqlim sharoitlari bilan bog'liq. Yoz va kuzning boshlarida hayvonlardan shilib olingan terilar past jun qoplami bilan tavsiflanadi. Junning ulushi teri massasining 6 % dan ko'p jun bo'lmagan miqdoriga to'g'ri keladi. Qishda ko'pgina uy hayvonlari jun qoplamining jadal o'sishi kuzatiladi. Bu terini og'irlashtirish bilan birga, jun ulushining teri massasidan 10-15 % ga ko'payishiga va go'lak chiqimining pasayishiga olib keladi.
Jun qoplamining rivojlanish darajasi nafaqat go'lak chiqimini, balki ma'lum darajada charm va mo'yna xomashyosining pishiqligini izohlaydi.
Teri yozning ikkinchi yarmida va kuzda, tullash tugagandan so'ng ancha pishiq va elastik bo'ladi.
Jun qoplamining bir jinslilik darajasi, soch xaltachalari va yog' bezlarining o'rnashish chuqurligi, dermaning g'uddali va to'rli qavatlari nisbatini, shuningdek, ushbu qavatlarni birikish tabiatini aniqlaydi. Ma'lumki, mayin junli qo'y zotlarining jun qoplami bir jinsli, hamma soch xaltachalari va unga hamrohlik qiluvchi barcha tuzilmalar bir xil chuqurlikda o'rnashgan. Bu bilan dermaning to'rli va g'uddali qavatlar orasidagi bogiamning mustahkam emasligi, shuningdek, yuza qavatining ko'chishi tushuniladi.
Qo'y terilari qanday maqsadda ishlatilishini jun qoplamining uzunligi, ingichkaligi va tig'izligi aniqlaydi. Charm zavodlarida olingan qo'y juni qimmatli xomashyo hisoblanadi, shuning uchun qo'y terilari qabul qilinganda, ular junining uzunligiga qarab baholanadi. Shundan kelib chiqqan holda, qo'y terilari go'lak (jun uzunligi 25 mm gacha), yarim junli 25 mm dan 60 mm gacha) va junli (60 mm dan yuqori) terilarga bo'linadi.
136
Jun uzunligini to'g'rilab cho'zmasdan, millimetrli chizg'ichni shtapel yoki kokil ustiga qo'yib o'lchanadi. Terilarning turli topografik qismlarda jun uzunligi har xil.
4.5. ZICHLIK
Zichlik charm va mo'yna xomashyosining asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Tayyor charm va mo' ynaning pishiqligi va qayishqoqligi, shuningdek, uzilish va cho'zilish mustahkamligi, suv va havo o'tkazvjvchanligi hamda boshqa sifat ko'rsatkichlari terining zichligiga bog'liq.
Dermaning tuzilishi, xususan, kollagen tolalari bog'lamlarinmg o'rilish tabiati, dermada yog' to'plamalari va bo'sh birikuvchi to'qimalar qavatlarining mavjudligi hamda ulaming rivojlanish darajasi, dermaning soch ildizlari va ter bezlari bilan bo'linganlik darajasi, g'uddali va to'rli qavatlarning nisbati terining zichligiga ta'sir ko'rsatadi. Demak, zichlik xomashyoni qanday maqsadda ishlatilishini aniqlovchi muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Xomashyo sifatini aniqlashda zichlikning ahamiyati katta bo'lsa-da, ammo hozirgacha uni aniqlashning obyektiv usullari mavjud emas.
Terining zichligi organoleptik, umurtqa bo'ylab, dumdan yag'ringacha qo'l bilan paypaslab aniqlanadi.
Bunda zich, pishiq terilar qayishqoqlikni namoyon etadi, pishiq bo'lmagan terilar bo'sh, xamirsimon tasavvumi hosil qiladi. Terilarning pishiqlik darajasini orgonoleptik yo'l bilan aniqlashda, ularning konservalanish darajasini e'tiborga olish zarur, chunki yetarli darajada konservalangan terilar bo'sh bo'lib, yuqori usmli terilar qayishqoqroq bo'lib ko'rinadi.
4.6. UZILISHDAGIMUSTAHKAMLIK CHEGARASI
Terilarning uzilishdagi mustahkamlilik chegarasi hamma turdagi charm va mo'ynalarning sifatiga ancha katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan, uzilishdagi mustahkamlik chegarasi kichik bo'lgan terilardan ishlab
137
chiqarilgan, poyabzalning ustki qismi charm qolipga tortilganda chidamaydi, yoriladi. Turli hayvonlar terisining uzilishdagi mustahkamlik chegarasi bir xil emas. U xomashyoning pishiqligi, qalinligi, xususan, terming avtolitik va chirikli jarayonlar bilan zararlanganlik darajasiga bog'liq.
Xomashyoning ba'zi turlari (masalan, qo'y terilari) uzilganda kuchsizligi bilan ajralib turadi, shuning uchun bunday terilar yuqori mustahkamlik talab etuvchi poyabzalning ustki qismi charm ishlab chiqarishda kam ishlatiladi.
Terilarning uzilishdagi mustahkamlik darajasini aniqlash, maxsus uzish mashinalarida amalga oshiriladi. Buning uchun terming belgilangan qismidan aniq o'lchamdagi namuna qirqib olinadi. Namuna standart namlikka keltirilgandan so'ng, uzish mashinasining ikkala qisqichlari orasida mahkamlanadi va sinov olib boriladi. Namuna uzilgan vaqtda, mashinaning nyutonlarda ifodalangan absolyut kuchi sinalayotgan xomashyoning uzilishdagi mustahkamlik chegarasini ko'rsatadi. Uzilishdagi mustahkamlik chegarasi nisbiy mustahkamlikni to'liq tavsiflaydi. U uzilish vaqtidagi kuchni, sinalayotgan namuna maydonining ko'ndalang kesimiga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |