Saodat sadirova



Download 1,79 Mb.
bet122/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

Qattiq soch - ot yoki ot terisining dumidan qirqib olingan sochlar kiritiladi. Qattiq soch o'z navbatida yaxlit soch, kokil va kesik sochlarga bo'linadi.
Yaxlit soch (jilka) _ o'ta uzun sochlar bo'lib (60 sm dan yuqori), dumning yon tomonlaridan qirqib olinadi. Odatda 50-100 g ni tashkil qiladi.
Kokil - uzunligi 45 sm dan kichik bo'lmagan qayishqoq uzun sochlar tutami.
Kesik sochlar - tirik otlar dumining quyi qismidan chiqqan, uzunligi kamida 10 sm keladigan to'g'ri yaltiroq, qayishqoq soch.
Yumshoq sochga otning bo'ynidan, boshidan vaoyog'idan qirqilgan soch kiritiladi.
Yol - uzunligi 10 sm dan kam bo'lmagan soch bo'lib, otning bo'yin hamda boshidan yoki otning terisidan qirqiladi va bogiam qilib bog'lanadi. Soch ingichka va bir oz buralgan.
Ot cho'tkasi - otning so'yilgan tanasi to'yog'ining yuqori qismidan qirqib olinadi va bog'lam qilib bog'lanadi. Bunday soch yumshoq, ingichka va jingalak bo'ladi.
Tarandi - otlarni tozalashda otning yoli va dumidan olingan o'ralashib ketgan soch yoki navlarga ajratishda olingan soch. Bu yerga lOsmdan kam bo'lgan otning yolidan va bo'ynidan olingan soch va bog'lam qilib bog'lanmaydigan soch ham kiritiladi.
Sigir sochi - quyidagicha bo'linadi: dum sochi, quloq sochi va peshana sochi. Sigir sochi guruhida ko'proq ulush qoramol qili (sigir va buqalarning dum sochi) deb ataluvchi sochga to'g'ri keladi. Qoramol qili otning sochidan jingalakligi va uncha uzun emasligi bilan farq qiladi. Uzunligi 20 dan 50 sm gacha bo'lishi mumkin. Gistologik tuzilishi bo'yicha qoramol qilining tuzilishi otning dum sochiga yaqin, faqat uning ko'ndalang kesimi oval shaklida, qalinligi o'zakning butun uzunligi bo'yicha bir xil. Qoramol qili ot yoliga qaraganda qattiqroq, lekin uzilishga mustahkamligi bo'yicha undan qolishmaydi.
246
Qoramol qili hayvon so'yilgandan so'ng, dumg'azaning dum o'sim-tasidan olinadi. Qoramol qili ot sochiga ishlov berish texnologiyasiga muvofiq yuviladi va quritiladi.
Qoramol qilining massasi molning zoti va jinsiga bog'liq bo'ladi. Qoramol qilini qora rangga bo'yab, otning qattiq sochiga aralashtirib, harxil cho'tkava sochqalamlar hamda transport о 'rindiqlari va yumshoq mebellarni to'ldirishda foydalaniladi. Quloq sochi yirik shoxli mollarning quloq suprasidan olinadi. Quloq sochi qayishqoq, yumshoq, sinuvchan emas, uchi ensiz. Quloq sochining uzunligi 5-12 sm, qalinligi 100 mkm. Sochning tusi rang-barang, ammo jigarrang ko'proq uchraydi.
Molga qayta ishlov berilganda jun yirik shoxli mollarning quloqlari va peshanasidan, shuningdek, qo'ylarning dumi, boshidan olinadi. Yirik shoxli mollarning juni uch turga bo'linadi: tullagan, qirqilgan va bug'latib olingan.
Tullagan jun hayvonlarning tullash davrida yig'iladi. Har boshdan hayvon massasiga qarab 300-500 g jun olinadi. Qirqib olinadigan jun bo'rdoqiga boqiladigan yirik shoxli mollardan olinadi. Junni qirqish ShMZ-2 mashinasida amalga oshiriladi.
Tullagan jun va qirqilgan jun rangi bo'yicha navlarga ajratiladi va quntkichda 15-18 % namlikkacha quritiladi. Yoz paytida junni ochiq havoda quritish mumkin.
Bug'latib olingan jun yirik shoxli mollarning qulog'idan olinadi. Quloqlar issiq suvda bug'latiladi va baraban yoki sentrifugada ishlov beriladi. Qo'y juni terilarga ishlov berishda boshi, dumi va quloqlardan olinadi. Jun qirqish, bug'latish yoki kimyoviy usulda olinadi. Qirqishda ShZM-2 mashinkasi qo'llaniladi.
9.3. JUNGA QO'YILGAN TEXNIK TALABLAR
Tayyorlovchilardan qabul qilinganjunda yuqumli kasalliklar yo'qligini tasdiqlovchi veterinariya guvohnomasi bo'lishi lozim. Keyingi ishlov berishlar uchun mo'ljallangan jun dastlabki dezinfeksiya qilinishi zarur.
Hamma turdagi junlar dimiqmagan bo'lishi lozim. Qadoqlashga mo'ljallangan sochning namligil8% dan oshmasligi kerak. Namlik
247
18 % dan oshgan bo'Jsa, jun avval quritilishi, so'ngra qadoqlanishi va jo'natilishi lozim. Hamma turdagi sochda begona aralashmalarning (kir, poxol, yovvoyi o'tlar, simj miqdori 5 % dan oshmasligi kerak.
Sochning bir turiga ikkinchi tun qo'shilmasligi, tarandiga - boshqa moddalar (kimyoviy tolalar, ip va hokazolar) qo'shilmasligi lozim. Sochning sifati, namligi va ifloslanganligi organoleptik tarzda aniqlanadi. Bahsli holatlarda tahliliy yo'l bilan aniqlanib, butun partiyaning massasi konditsion massa bo'yicha qabul qilinadi. Ot va sigir sochlari tutam (bog'lam) qilib bogiab, tarandi va o'ralashib ketgan sochlar esa sochma ko'rinishida topshiriladi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish