Saodat sadirova


Tuzliq haroratining tuzliqlash parametrlariga ta'siri



Download 1,79 Mb.
bet104/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

Tuzliq haroratining tuzliqlash parametrlariga ta'siri


Tuzliq harorati,
°C

Tuzliqlash
davomiyligi,
soat

Teri tarkibidagi

Teridagi natriy xlorid eritma-larining kon-
sentratsiyasi, %

Suv, %

Natriy xlorid, %

15-20 36-38

6 9
12
6 9 12

50,5 49,4 48,4
48
48,5
49

10,9
12,85
13,5
13,3 14,4 14,75

17,8 20,6 21,8
21,7 22,9 23,1

208
15-jadvalningoxirgiqatorisuv va natriy xloridning miqdori bo'yicha natijalovchi hisoblanadi, shuning uchun bu ikki komponentlarning har xil birikmalarini qiyoslash imkonini beradi. Amaldagi standartlar bo'yicha konservalangan cho'chqa terisi 48-50 % namlik va 12-14 % natriy xlorid saqlashi lozim. 1-jadval ma'lumotlariga ko'ra, ushbu qiymatga tuzli eritmaning 21%ga teng konsentratsiyasi muvofiq keladi.
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, cho'chqa terilarini 36-38°C haroratda 6 soatdan ko'p tuzliqlash terilarning yaqqol ko'ringan suvlanishiga olib keladi.
Tuzliqning harorati 47-48,7°C bo'lganda sinalayotgan terilar ko'ndalangkesimining gistologik strukturasidako'rinadigan o'zgarishlar sodir bo'ladi (kollagen tolalari bog'lamlarining shakli va o'lchamlari o'zgaradi, ularning bo'linishi kamayadi, epidermis hujayrasidagi yadro strukturasini farqlash qiyinlashadi).
Tuzliq harorati 49°C bo'lganda sinalayotgan namunalarda talay o'zgarishlar sodir bo'ladi. Epidermis hujayralaridagi yadro elementlari xromatinli strukturasini batamom yo'qotadi, bog'lamlarning tolalanganligi juda kam seziladi, bog'lamlar shishib, bir-biriga zich yopishib turadi.
Tuzliq harorati 55°C bo'lganda, kollagen bog'lamlarining ko'rinarli gomogenlanishi ro'y beradi. Bog'lamlarning tolalanganligi to'liq yo'qoladi, epidermial to'qima hujayralaridagi yadroni deyarli ajratib bo'lmaydi. Barcha holatlarda elastinli tuzilmalar o'zgarishsiz qoladi.
Shu bilan birga tayyor terini fizik hamda mexanikaviy sinashlar terini gistologik tekshirishlar kabi shuni ko'rsatadiki, tuzliqning haroratini 70°C gacha oshirish amalda tayyor charm xossalarining o'zgarishiga olib kelmaydi. Demak, 36-38°C haroratli tuzliqda konservalash jarayonni 6 soatda, keyin tuzlamasdan tugallash imkonini beradi.
46°C dan yuqori haroratda tuzliqlash xomashyoning tovar-texnologik xususiyatlarini pasaytirishga olib keladi.
Xomashyoni tuzliqlash jarayonini jadallashtirish, shuningdek, 36-41°C haroratda tuzliq konsentratsiyasini unga 150 g/1 miqdorda sulfat ammoniy qo'shib ko'tarish yo'li bilan ham amalga oshiriladi.
Tuzliqlashni tahlil etishda tuzlash uchun natriy xloridning optimal miqdorini aniqlash va konservalash vaqtiga qarab, uning yutilish
209
kinetikasini o'rganish dolzarb, masala sifatida yuzaga chiqadi. Bundan tashqari, tuzlash olib boriladigan jihoz va uning eritma hamda teriga mexanik ta'sir etish darajasi muhim ahamiyatga ega. Yangi shilingan upuka terisini barabanda, barkasda va chanda tuzliqlashni taqqoslaganda, birinchi va ikkinchisida eritmaning teri bilan mexanik aralashuvi, uchinchisida esa faqat suyuqlikning sirkulyatsiyasi sodir bo'lishi kuzatiladi, terining jadal suvsizlanishi jarayon boshlanishida 3-6 s, so'ngra sekinlashadi. Teri to'qimalarining osh tuzini yutishi barabanda 6 soatdan, barkasda 8 soatdan so'ng tugallanadi; keyingi aralashtirishlar tuz yutishining ortishiga olib kelmaydi. Chanlarda tuzning yutilishi asta-sekin oshib borib, 12 soat tuzliqlashdan so'ng to'xtaydi, eritmaga tuzliqlashda eritmadagi odatdagi quruq tuzlashga nisbatan oqsil moddalari kamroq o'tadi. Chamasi bu holat tuzliqlashdan avval xomashyoni yaxshilab yuvish, e'tibor bilan pokizalash va mezdralash oqibati bilan tushuntiriladi. Shuning uchun tuzliqni undan oqsil moddalarni yo'qotmasdan bir necha marta qayta ishlatish mumkin.
Xomashyoni quyuq tuz eritmasida konservalashning asosida charm to'qimasi - natriy xlorid eritmasi sistemasidagi massa almashinuv jarayonlari yotadi.
Terini konservalashda, ayniqsa, qo'zg'aluvchan jihozlarda kechadigan diffuzion-osmatik jarayonlar teri to'qimasi va eritmadagi suv hamda natriy xloridning miqdori, konservalovchi eritmaning miqdori, zichligi va qovushqoqligi, qo'zg'aluvchan jihozning tavsifi (aylanish tezligi va barabanning o'lchami, teriga gidrodinamik ta'siri, turbulizatorlarning harorati va hokazo)ga bog'liq.
Tuzliqlashning kamchiligi tuzning ko'p sarflanishi (quruq tuzlashga nisbatan taxminan 1,5 marta ko'p) suvning ko'p sarflanishi, shuningdek, jarayon umumiy mehnat hajmining oshishi hisoblanadi. Ammo natriy xloridning sarfini tuzliqni osh tuzi eritmasi bilan to'yintirib, regeneratsiyaning har xil usullarini qoilab bir necha marta ishlatish yo'li bilan kamaytirish (tuzliqni to'yintirib 4-5 uyum uchun foydalanish) mumkin.
Tuzliqqa natriy geksaftorsilikatni qo'shish chirishdan xavotir olmay uni bir necha marta ishlatish imkonini beradi. Tuzliqdagi mikroblar sonini aniqlash shuni ko'rsatdiki, natriy
210
geksaftorsilikatning antiseptik xususiyatlari asosan tuzliq 5 marta ishlatilganda, bakteriyalar rivoji sekinlashishini ta'minlaydi. 1 ml namunada bakteriyalar soni 98500 tani tashkil etadi, 6 marta ishlatilganda ular soni 116700 taga, 10 marta ishlatganda 457000 atrofida bo'lishi aniqlangan.
Antiseptiklar qo'llab tuzliqlangan teri antiseptiksiz tuzliqda konservalangan teriga nisbatan xiyla yaxshi saqlanadi. AQShda terilarni tuzliqda konservalash uchun oval shaklidagi jun tozalovchi barkaga o'xshagan, ikki tomondan aralashtirgichlarga ega bo'lgan maxsus apparat ishlatiladi. Aralashtirgichlarning bir yo'nalishda aylanishi terilarning uzluksiz harakatini va apparatning butun hajmi bo'yicha eritma konsentratsiyasining bir xilligini ushlab turadi.
Nasos, tuz erituvchi qurilma, quvurlar va hokazolarni birlashtiruvchi sistema yordamida rezervlarda doimo zarur bo'lgan konsentratsiya ushlab turiladi va sistematik ravishda to'yintirish uchun eritma tortib turiladi. Tuzliqlash tuzning to'yingan va to'yinganga yaqin eritmasida olib boriladi. Konservalash vaqti 16 soat, undan birinchi 6-8 soatida terining uzluksiz harakati va eritma sirkulyatsiyasi yuz beradi. Ishlov berishda yil mavsumiga qarab eritma harorati 15-21°C atrofida bo'ladi. Mikroorganizmlar rivojiga barham berish uchun tuzliqqa natriy gipoxlorit yoki natriy geksaftorsilikat qo'shiladi. Konservalashdan va suv oqizilgandan so'ng terilarni navi hamda turi bo'yicha saralab, saqlash uchun taxlovlarga joylashtiriladi. Taxlovda qo'shimcha tuzlash talab etilmaydi. Konservalashning bayon etilgan usuli AQShda ilg'or usul hisoblanadi. Ushbu usul bilan hamma terilarning qariyib 65 % i tuzlanadi. Taxminan 30 % terilar quruq tuzlash bilan konservalanadi va 5 % chanda tuzliqlash bilan konservalanadi. Hamma terilarning qariyb 45 % i konservalashdan avval yangi shilingan holatida mezdralanadi.
Tuzliqlashni yoyib tuzlashga qiyoslaganda quyidagi yutuqlarini qayd etish joiz. Konservalash tez boradi, terilar bir tekis tuzlangan va yaxshi saqlanadi. Tuzliqda ishlov berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan charmiga nisbatan yuqori sifatliligi bilan ajralib turadi.
Terini yoyib tuzlashda natriy xlorid teridagi ortiqcha suvda eriydi, bunda eritma miqdori chegaralangan va uning bir qismi jun qoplami
211
tomonidan shimiladi yoki taxlovdan oqib tushadi. Ishlatiladigan tuzli eritma hajmi xomashyo hajmining 30 % idan oshmaydi.
TuzliqJashda teriga ta'sir ko'rsatadigan namakob miqdori 10 martadan ortadi.
Tuzliqlashdan avval terilar yaxshilib yuviladi va ularning ma'lum qismi mezdralanadi. Bunda terilarning maydoni va qalinligi bo'yicha yanada tekisroq konservalanishi ta'minlanadi. Tuzliqlangan terida osh tuzi miqdori har xil topografik qismlarda 11-13 % atrofida bo'ladi. Yoyib tuzlangan terilarda esa 9,5-14 %, qaysiki tuzning tekisroq taqsimlanishi tuzliqlangan terilarni yaxshi saqlashga ko'maklashadi. Bundan tashqari tuzliqlashjarayonida teridan iflosliklar va oson eruvchi oqsillar bartaraf etiladi.
Tuzliqlangan terini uzoqmuddat saqlaganda bakterial jarayonlarning paydo bo'lishi deyarli kuzatilmaydi, chunki bakteriyalarning rivojlanishi tuzliqda antiseptiklar borligi va tuzlanishning bir tekisligi tufayli sekinlashadi yoki to'xtaydi. Tuzliqlangan xomashyoda kamdan-kam tuzli dog'lar paydo bo'ladi.
Tuzliqlangan xomashyo uchun yuvish jarayonining zarurati yo'q, ivitish jarayonining davomiyligi qisqaradi va xomashyoning suvlanishi yaxshilanadi, o'z navbatida bular teri ishlab chiqarishning keying! jarayonlariga yaxshi ta'sir etadi. Tuzliqlangan xomashyodan ishlab chiqarilgan terining chiqimi yoyib tuzlangan teridan ishlab chiqarilgan charmga nisbatan 1-2 % ga ko'p. Ushbu charm tozaroq va to'liqroq yuza sirtiga ega.
To'g'ri tuzliqlangan xomashyo nafaqat standart talabiga loyiq sifatga, balki standart massaga ham ega. Chunonchi u iflosliklardan to'liq tozalangan, ballast oqsillardan maksimal xalos etilgan bo'lib, deyarli doimiy usolga (16-17 %) ega.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish