6.8. MOMIQ-MO'YNA XOMASHYOSIGA QO'SHIMCHA ISHLOVBERISH Qo'shimcha ishlov berish deganda xomashyoga dastlabki ishlov berishda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish tushuniladi. Mo'yna xomashyosi bazalari va tayyorlov punklarida ba'zi-ba'zida dastlabki qoniqarsiz ishlov berilgan terilar qabul qilinadi. Natijada terichalarning nafaqat tashqi ko'rinishini yomonlashtiruvchi har xil nuqsonlar, shu bilan birga ularning sifatini pasaytirishga, ba'zan esa buzilishga olib keladigan nuqsonlar hosil bo'ladi. Yuqoridagi holatlar mo'yna xomashyosiga qo'shimcha ishlov berish zaruratini keltirib chiqaradi.
O'z vaqtida olib borilgan qo'shimcha ishlov berish tayyorlanayotgan momiq - mo'ynali xomashyo sifatini saqlashga ko'maklashish bilan birga mo'yna xomashyosi bazalari va tayyorlov puntlariga iqtisodiy foyda beradi.
Terichalarni yog'sizlantirish va qo'shimcha yog'sizlantirish Ushbu jarayon odatda qo'shimcha ishlov berish vaqtida olib boriladi va teri to'qimasidan yog' to'qimalarini bartaraf etish, yog'langan soch qoplamini tozalash kabi jarayonlarni o'z ichiga oladi. Tuzlab-quritib konservalangan terichalarning teri to'qimasi yumshoq bo'lishi uchun yog'sizlantirishdan avval namlash zarur. Bu yog'sizlantirishni osonlashtiradi va teri to'qimasida yoriqlar hosil bo'lishining oldini oladi. Buning uchun soch qoplamini tashqariga qaratib shakl berilgan terichalar ichiga nam qipiqlar yoki ho'l mato solinadi yoki nam qipiqlar solingan qutilarga joylashtirib yotqiziladi. Butunicha shilingan terichalar soch qoplamini tashqariga qaratib, ularga nam qipiqlami sepib juft-juft qilib joylashtiriladi. Naysimon yoki paypoqsimon shilingan yupqa mezdrali mayda terichalarni suvga qisqa muddatli botirib olgandan so'ng, ularni ho'l qopda 20-30 daqiqa yotqiziladi. Terichalarning namlanishini tezlashtirish uchun bu jarayon bir necha marta takrorlanadi. Terichalarni
184
yotqizish xona haroratida 3-6 soat davomida olib boriladi. Bunda terichalarda chirish jarayonlari sodir bo'lmasligini kuzatib borish zarar. Namlangan terichalardan yog'li to'qimalar yangi shilingan terilar singari qirib tashlash yoki bosib chiqarish yo'li bilan bartaraf etiladi.
Yog' to'qimalari mexanik bartaraf etilgandan so'ng terichalar quruq qipiqlar yoki mato bilan ishqalanadi va shakl beruvchi moslamalarda soch qoplami ichkariga qaratib quritiladi. Quritishdan so'ng terichalar yog'sizlantiruvchi barabanlarda qipiqlar bilan birga dumalatiladi. Qo'shimcha yog'sizlantirish uchun qo'llaniladigan qipiqlar smolasiz daraxtlar (qayin) turlaridan bo'lishi lozim. Eman daraxti qipiqlarini qo'llash mumkin emas, chunki ularda oshlovchi moddalar mavjud. Qipiqlar o'rta kattalikdagi, toza va quruq (namligi 10-12 % dan yuqori) bo'lishi lozim. Terichalarni qo'shimcha yog'sizlantirish yog' to'qimalarini mexanik bartaraf etilgandan so'ng, shuningdek, yog' erituvchi moddalar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. Ushbu moddalar terichalarning yog'li qismlariga ishqalanadi, so'ngra erigan yog' qipiqlar bilan qo'lda bartaraf etiladi yoki terichalar barabanda toza qipiqlar bilan dumalatiladi. Eng yaxshi yog' erituvchi aviatsiya benzini hisoblanadi, shuningdek, denaturirlangan spirt yoki skipidardan ham foydalanish mumkin. Ushbu yog' erituvchi moddalarni qo'llashda yong'in xafvsizligi qoidalariga rioya etish zarur.
Soch qoplamini yog'sizlantirish qo'lda yoki terichalarni qipiqlar bilan barabanda dumalatish yo'li orqali amalga oshiriladi. Qo'lda yog'lantirish uchun yog'langan soch qismlari qipiqlar bilan artiladi, qipiqlar yog'lantirish jarayonini tezlashtirish maqsadida qizdiriladi (35 °C yuqori emas). Soch qoplami o'ta yog'langan terichalar benzin bilan, so'ngra quruq qipiqlar bilan ishqalanadi.
Terichalarni soch qoplami bo'yicha barabanda yog'sizlantirish va teri to'qimasi bo'yicha qo'shimcha yog'sizlantirish jarayonni tezlashtiradi va yaxshi natijalar beradi. Terichalarni qipiq bilan dumalatish darchasi zich mahkamlanadigan yopiq barabanlarda amalga oshiriladi. Baraban ichida balandligi 10-12 sm bo'lgan bir nechta yog'och taxtakachlar qoqilgan. Bular o'z navbatida terichalar va qipiqlarning yaxshi aralashishiga ko'maklashadi. Baraban elektrmotordan harakatga keladigan o'qqa qotirilgan. Terichalarni barabanda yog'sizlantirishda barabanni yuklash va uning ishlash tartibi muhim ahamiyatga ega. Barabanni - uning hajmidan 1/3 qismini yuklash lozim.
185
Bunda terichalar va qipiq massalarining nisbati 1:1 bo'lishi kerak, ya'ni yuklanadigan qipiq massasi terichalar massasiga teng bo'lishi lozim. Baraban aylanish tezligiga ega bo'lishi kerak. Barabanning haddan tashqari tez yoki sekin aylanishi terichalarni yog'sizlantirish sifati pasayishiga olib keladi. Barabanning aylanishi 15-20 daqiqa ', barabanning aylanish tezligi 90 m/daqiqa bo'lganda eng yaxshi natijalarga erishiladi. Barabanning aylanishlar sonini quyidagi formula bo'yicha hisoblash mumkin.
mi Bunda: N - barabanning aylanishlari soni, daqiqa;
S - aylanma tezlik (90 m/daqiqa teng, doimiy kattalik);
л- 3,14
d - baraban diametri, m.
Terichalarni dumalatish davomiyligi xomashyo turi, yogianganlik darajasi, baraban ichidagi harakat va qipiqlarning sifatiga bog'liq bo'ladi. Dastlab terichalar teri to'qimasi bo'yicha dumalatiladi, so'ngra soch qoplamini tashqariga qaratib ag'dariladi va ikkinchi marta toza qipiqlar bilan soch qoplami bo'yicha dumalatiladi. Soch qoplami o'ta yog'langan terichalar yog' erituvchilarni qo'llab, bir chelakka 200-250 g erituvchi hisobidan alohida dumalatiladi. Terichalarni soch qoplami bo'yicha dumalatishda baraban ichidagi harorat 25°C atrofida bo'lishi mumkin. Haroratning past bo'lishi yog'lantirishni sekinlashtiradi.
Qipiq va changlardan tozalash uchun yog'dan tozalangan terichalar yon devorlari to'rli barabanga yuklatiladi. To'rli barabanga ishlov berilgandan so'ng terichalar changdan batamom tozalanadi (masalan, changyutkich yordamida), so'ngra metall taroqlar bilan tarab chiqiladi.