Saodat sadirova



Download 1,79 Mb.
bet85/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

&Н§
?
54-rasm. Pokizalash uchun ishlatiladigan pichoq va moslamalar: 1-kalodka; 2-chiqit to'planadigan yashik; 3, 4 va 5-pichoqlar.
Navalsiz yoki navaldan tozalangan xomashyo pokizalanadi, ya'ni go'sht qoldiqlari, yog'lar, qon quyilmalari, terining yoli, yirik shoxli mol terilarining standartga rioya qilinmasdan shilingan bosh va dum qismlari bartaraf etiladi (54-rasm).
Odatda pokizalash mezdralash mashinasida yoki qo'lda bajariladi. Terini mashina valiga mezdra tomonini yuqoriga qaratib, dastlab terining orqa yarmiga, so'ngra oldingi yarmiga ishlov beriladi. Ushbu jarayon qo'lda bajarilganda, terini stolga jimini pastga qaratib yoyiladi (55-rasm). Ishchi o'ng qo'lida pichoqni ushlab, chap qo'li bilan yog' va go'sht qoldiqlari atrofidagi teri qismini qisman ko'tarib turib, ularni kesadi.
Cho'chqa terilarini mezdralashdan avval, umurtqa chizig'i bo'ylab dumg'aza qismida mayda terilarda 8 sm uzunlikkacha, o'rta o'lchamdagi terilarda 12 sm gacha, yirik terilarda 15 sm uzunlikkacha kesik qilinadi. Cho'chqa terilarining qalin va pishiq o'rta (cheprak) qismida qilning ildizi darajasigacha teri osti yog' kletchatkasi bartaraf etilishi, shuningdek, etakdagi yog' qavati hisobidan butun maydoni bo'ylab bir xil qalinlikka ega bo'lishi lozim. Derma va qilning ildizi kesilishiga ruxsat etilmaydi.
Qo'y terilarini mezdralash mashinasida pokizalash suv oqimi bilan amalga oshiriladi. Bunda avval soch qoplami, so'ngra mezdra tomoni pokizalanadi. Sochdan har xil o't qoldiqlarini bartaraf etishda o'tmas pichoqli mezdralash mashinasini, go'sht va yog' qoldiqlarini bartaraf etishda o'tkir pichoqli mezdralash mashinasini qo'llash maqsadga muvofiqdir. 3 mm dan oshmagan qalinlikda teri osti kletchatkasi (mezdra), shuningdek, yog' va go'sht qoldiqlarini saqlagan qo'y terilari to'g'ri pokizalangan hisoblanadi.
175
6.5. YUVISH



Pokizalash va navaldan tozalashdan so'ng terilar yuviladi. Bundan maqsad terida chirikli jarayonlar rivojlanishi uchun qulay sharoit hosi] qiluvchi iflosliklar, qon, chang va naval qoldiqlarini bartaraf etishdir.
Ammo konservalash bo'yicha tajribalar
shuni ko'rsatadiki, yuvishni faqat tuzliqda
qonservalanadigan xomashyo uchun o'tkazish
maqsadga muvofiqdir. Quruq tuz bilan
tuzlashdan avval yuvilgan terilar taxlovlarda
nisbatan yomon saqlanadi. Chirikli va boshqa

55-rasm. Terini stolda pokizalash.

noxush jarayonlarning yuvishdan so'ng
tezlashishi terming haddan tashqari ho'llanishi
bilan tushuntiriladi (ayniqsa, junli tomoni),
hatto suvni, namligini siqish jarayonidan so'ng ham jun qoplami ortiqcha
namlikni saqlaydi. Shu sababli asosan yirik shoxli mol va cho'chqa terilari
tuzliqda konservalashdan oldin yuviladi.
Terilar barabanlarda, barkaslarda, shuningdek, stol va taxmonlarda yuviladi. Stol va taxmonlarda terilarni yuvishda avval junli tomoni 1 daqiqa. so'ngra mezdra tomoni 2 daqiqa dush yordamida yuviladi. Bunda junli tomonning iflosliklari mezdra tomoniga o'tmasligiga e'tiborni qaratish lozim. Cho'chqa terilari faqat qil, jun tomonidan yuviladi. Suv toza, zangsiz, harorati 20°C atrofida bo'lishi lozim. Terilarni barabanlarda yuvish, oqar suvda 15 daqiqa davomida olib boriladi.
Yuvishdan so'ng terilar siqish mashinasida suvi siqiladi yoki suvini oqizish uchun junli tomonini yuqoriga qilib, qavariq aravachalarga yuklanadi. Suvini oqizish 2 soat atrofida davom etadi. Har bir aravachaga 30-40 dona teri yuklanadi.
6.6. MO'YNA XOMASHYOSITERILARINI YOG'SIZLANTIRISH
USULLARI
Ko'pgina hayvonlarning shilingan terilarida yog', ba'zan go'sht qoldiqlari qoladi. Terilarni yog'sizlantirish, teri to'qimasidan yog' qavatlari va go'sht qoldiqlarini bartaraf etishdan iborat.
176


56-rasm. Teri mezdrasini yog'sizlantirish: a) boivankada; b) taxtachada; d) skobada; e) kolodkada.
Teri shilingandan so'ng, darhol yog'sizlantirilishi zarur, chunki ular xonada saqlanganda, terida qolgan yog'lar tezda (2-3 soat davomida) oksidlanadi va oksidlanish mahsulotlari terining charm to'qimasini buzishi mumkin. Bundan tashqari teri sirtidagi yog' terilarning me'yorida qurishiga to'sqinlik qiladi. Bu esa chirikli mikroorganizmlarning rivojlanishi va charm to'qimasining parchalanishiga olib keladi. Yog'sizlantirilmagan terilarning soch qoplami yog' bilan kirlanadi, ochiq rangli soch qoplami sarg'ayadi. Teri va soch qoplamidagi yog' terilarni navlarga ajratishni ham qiyinlashtiradi. Yog'sizlantirilmagan terilarni saqlash davomida charm to'qimasi zangli tusga kirib, cho'zganda pishiqligini yuqotadi (yog' jizg'ini - nuqsoni).
Odatda terilarni yog'sizlantirish charm to'qimasidan yog'ni o'tkir bo'lmagan asboblar (o'tmas pichoq, skoba, qibizga, qoshiq va boshqalar) bilan qirish yoki siqib chiqarish yo'li orqali amalga oshiriladi.
Yog'sizlantirishda bir qator qoidalarga rioya etish zarur. Yog' va go'sht qoldiqlarini dumg'azadan bosh tomon yo'nalishiga qarab qirish lozim. Bunday qirishda pichoq va boshqa moslamalar soch ildizlariga zarar yetkazmaydi va ularni kesilishini oldini oladi (tolalarning terini teshishi - nuqsoni).
177


Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish