6.4. POKIZALASH
Charm xomashyosiga dastlabki ishlov berish - pokizalash, yuvish va konservalash jarayonlarini, o'z navbatida mo'yna xomashyosiga dastlabki ishlov berish - terini shilish, yog'sizlantirish, teriga hayvon tanasiga mos keluvchi o'lchamda shakl berish va konservalash kabi jarayonlarni o'z ichiga oladi.
Pokizalash deganda, charm va mo'yna xomashyosi, mo'ynabop va po'stinbop qo'y terilari standartlarining talablariga muvofiq, teridagi og'irlashtiruvchilarni (pitir go'shtlar, yog'lar, qon quyilmalari, naval va boshqalarni) bartaraf etish tushuniladi.
Navaldan tozalash. Mol terisi jun qoplamining najosatlar va loy-iflosliklar tegib bulg'anishidan hosil bo'ladigan nuqson naval deyiladi.
173
Yirik shoxli mol terilarini navaldan tozalash uchun dastlab naval yumshatiladi, so'ngra qo'lda yoki mashina yordamida bartaraf etiladi (52-rasm). Naval 3,0x2,75 m o'lchamdagi va balandligi o'rtasida 0,4 m,
chekkasida 0,2 m bo'lgan taxmonlarda yumshatiladi. Terilar biri ikkinchisiga junini yuqoriga qaratib joylashtiriladi. Har bir terini ho'llash, ifloslanish darajasiga qarab 1-2 daqiqa davom etadi. Ho'llash dush yoki rezina ichak yordamida amalga oshiriladi. Ho'llangan terilar 40-60 daqiqa davomida taxmonlarda yotqiziladi.
Navalni qo'lda bartaraf etish uchun
qattiq yog'ochdan tayyorlangan kolodka
yoki cholg'udan foydalaniladi. Kolodka-
ning tashqi tomoni yarim aylana bo'lib,
53-rasm. Navalni qo'lda silliqlab randalangan va korroziyalanmay-
bartaraf etish. digan temir bilan qoplangan.
Kolodkaning eni 0,6 m, balandligi 0,2 m ni tashkil etadi. Kolodka ishchining bo'yicha qarab 45-60°C burchak ostida yog'ochdan yoki temirdan yasalgan naval yig'gichga o'rnatiladi. Teri kolodkaga junini yuqoriga qaratib, dumg'asini pastga va boshini yuqoriga qaratib, shunday joylashtiriladiki, uning umurtqa qismi kolodkaning o'rtasiga to'g'ri kelsin (53-rasm).
O'tmas pichoq navalni tozalash uchun, cholg'u esa qurigan va ivimagan navalli junni qirqib tashlashda qo'llaniladi.
Yirik shoxli mol terilaridan navalni mashina yordamida bartaraf etish uchun MMG-3200 rusumli mezdralash mashinasi yoki naval haydovchi mashina qo'llaniladi.
Mezdralash mashinasining asosiy ishchi organi spiralsimon o'tmas pichoqli val hisoblanadi. Ushbu mashinada ishlov berish uchun terining jun qoplamini yuqoriga va dumg'aza qismini oldinga qaratib, burmalar hosil qilmasdan mashina valiga uzatiladi. Terining birinchi yarmi ishlov berilgandan so'ng yoqa qismini oldinga qaratib, ikkinchi marta mashina valiga uzatiladi va terining ikkinchi yarmidan naval bartaraf etiladi. Navali yumshatilgan terilarni naval haydovchi mashinalarda ishlov berishda, terining mezdra tomonini yuqoriga va bosh qismini oldinga qaratib, konveyer tasmasi harakatining yo'nalishiga mos uzatiladi. Aylanuvchan vallar ustidan o'tish vaqtida, terilar navaldan tozalanadi. O'z navbatida naval dush moslamasidan keluvchi suv bilan ketkaziladi.
174
Do'stlaringiz bilan baham: |