Globulyar oqsillar. Ular tirik organizmda fiziologik jarayonlar bilan uzviy bog'langan bo'lib, suvli eritmalarga nisbatan katta eruvchanlikka ega. Suvda qizdirganda, deyarli hamma globulyar oqsillar koagulyatsilanadi, kislota va tuzlarning konsentrlangan eritmasi ta'sirida cho'kmaga tushadi.
Albuminlar va globulinlar (oddiy oqsillar), mukoidlar va mutsinlar, fosfo, lipo, xromoproteidlar (murakkab oqsillar) globulyar oqsillarning vakillari hisoblanadi. Globulyar oqsillar teri asosiy moddasining tarkibiy qismi hisoblanadi, chirishga moyil, teridagi ishlov berish jarayonlarida bartaraf etiladi.
Fermentlar. Biologik kattalizator bo'lib, hayvonlar va o'simliklar organizmining hujayralarida hosil bo'ladi. Fermentlar organizmda yoki unga bog'liq bo'lmagan holda ta'sir etadi va eng katta maxsus oqsillar turi hisoblanadi. Ular organizmda, shuningdek, organizm va tashqi muhit orasidagi moddalar almashinuvi jarayonida asosiy rol o'ynaydi. Tirik organizmga xos bo'lgan deyarli barcha funksiyalar va ularda kechadigan ko'pgina kimyoviy jarayonlar fermentativ reaksiyalar orqali amalga oshadi.
Hayvon o'limidan so'ng, teri avtolizga moyil bo'ladi, bu hayvon tanasidagi har xil to'qimalarda katta miqdordagi fermentlar borligini izohlaydi. Bu, ayniqsa, avtolitik jarayonlarda oqsil moddalarining yo'qotilishida yaqqol namoyon bo'ladi. Ushbu holat yangi shilingan terming uzoq muddat yotishi va qizishida sodir bo'ladi.
Bilimingizni tekshirib ko'ring
Teri qanday qavatlardan tashkil topgan?
Epidermis qanday xususiyatlarga ega?
Dermaning hujayrali elementlariga nimalar kiradi?
41
Dermada tolalaming qanday toifalari uchraydi?
Kollagen qanday xususiyatlarga ega?
Tolalaming o'rilish tabiatiga ko'ra tolalar to'qilishining qanday tiplari farqlanadi?
Sochning tuzilishini tushuntiring.
Ter va yog' bezlari qanday vazifani bajaradi?
Terining kimyoviy tarkibini qanday moddalar tashkil etadi?
II BOB. CHARM XOMASHYOSINING TAVSEFI
Uy va yovvoyi hayvonlar, teri ishlab chiqarish uchun yaroqli bo'lgan, ba'zi dengiz jonivorlari va sudralib yuruvchilarining terisi charm xomashyosi deyiladi. Hamma sut emizuvchilarning teri qoplami deyarli umumiy tuzilish sxemasiga ega. Ammo har xil turdagi hayvonlarning terisi strukturasi, kimyoviy tarkibi, qalinligi, massasi, terining shakli, topografik qismlarning kattaligi va nisbati, jun qoplamining qalinligi, uzunligi, ingichkaligi, o'rnashish chuqurligi va soch sumkasining o'sish yo'nalishi bilan farq qiladi.
Aynan bir turdagi hayvonlar terisining strukturasi va tovar xossalaridagi farq irsiy va hayot davridagi omillarga ya'ni zoti, kelib chiqish hududi, saqlash va oziqlantirish sharoiti, jinsi, yoshi va hayvonni so'yish mavsumiga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun xomashyo uyumlarini saralashda zoti, boqish sharoiti, yoshi, so'yish mavsumi va teri zichligini e'tiborga olib amalga oshirish tavsiya etiladi.
Charm xomashyosining asosiy turlariga yirik shoxli mollar, otlar, cho'chqalar, echki va qo'y terilari kiritiladi. Terilarning sifati va tovar xossalari, ularga ishlov berish usuli va qaysi maqsadda qo'llanilishini belgilaydi.
Charm xomashyosi GOST -1134-73 bo'yicha sinflanadi. Ushbu standartga muvofiq charm xomashyosi mayda, yirik va cho'chqa xomashyosiga bo'linadi.
Mayda xomashyo:
Massasi 10 kg gacha bo'lgan yirik shoxlimollar buzoqchalarining terisi: barra buzoq terisi, emadigan buzoq terisi (upuka), buzoq terisi, toy terilari: toychoqning taqir terisi, junli toychoq terisi, toy terisi (massasi 5-10 kg); echki terilari: dasht va daromadli echki terilari, yovvoyi echki terilari; qo'y terilari: rus va dasht qo'y terilari, bo'taloq terisi (massasi 10 kg gacha).
Yirik xomashyo:
Yirik shoxli mol terilari, massasi 10 kg dan yuqori (yarimteri, novvos terisi, ho'kiz terisi, buqa terisi, sigir terisi, qo'tos terisi, yak terisi), ot va tuyalar terisi, massasi 10 kg dan yuqori (ot terilari, old teri, xaz, tuya terisi), eshak, xachir, bug'u, los terilari, massasi 10 kg dan yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: |