43
Cho'chqa xomashyosi:
Cho'chqa terilari, to'ng'iz terilar, borovlar terisi, xryaklar terisi, cho'chqa kruponlari.
Bundan tashqari charm sanoatida jayronlar, sayg'oqlar, kosullar, shuningdek, dengiz hayvonlari terilaridan foydalaniladi.
2.1. YIRIK SHOXLIMOL TERILARI
Gistologik tuzilish xususiyatlari. Yirik shoxli mol terilari yuqori mustahkamligi, teri to'qimasining zichligi bilan ajralib turadi, shuningdek, ular qimmatli tovar-texnologik xossalarga ega. Buni ularning gistologik tuzilishi xususiyatlari izohlaydi. Yirik shoxli mollar terisi epidermisining qalinligi juda kichik bo'lib, butun teri qalinligining 1-2 % ni tashkil etadi. Dermaning g'uddali qavati ancha zich, har xil bezlar (ter, yog') va soch xaltachalari bilan nisbatan kam bo'lingan. Dermaning to'rli qavati kuchli rivojlangan katta yoshdagi hayvonlarda teri qalinligining 2/3 qismini, voyaga yetmaganlarning - Уц qismini tashkil etadi. To'rli qavat qalin, mustahkam kollagen tolalari va bog'lamlaridan tashkil topgan bo'lib, ular hamma yo'nalishlarda zich to'qimani hosil qiladi. Yirik shoxli mol terilarida teri osti to'qimasi yaxshi rivojlanmagan.
To'rli qavat bilan teri osti to'qimasi chegarasida tola bog'lamlarining o'rilishi kam kuzatiladi. Teri osti to'qimasining qalinligi odatda bir joyda boqiladigan va don bilan oziqlanadigan hayvon terilarida nisbatan katta bo'lib, ahamiyatli miqdordagi yog'li tuzilmalarga ega.
Ho'kiz va sigir terilari yuqori mustahkamligi va tolali to'qimaning zich va tarangligi bilan ajralib turadi. Bunday xomashyo yemirilishga chidamli, ayniqsa, har xil mexanik deformatsiyalarga chidamli poyabzalning ustki va ostki qismlari uchun mustahkam charm ishlab chiqarishga yaroqli hisoblanadi. Yirik shoxli mollarning yak (qo'tos) va buyvol kabi turlari, o'zining gistologik strukturasi, maydoni va tovar xossalaribo'yicha ho'kiz va sigir terilariga yaqin bo'lsa-da, ulardan strukturasining kam zichligi bilan farq qiladi.
Derma to'rli qavatining tuzilishi besh asosiy sinfga (tipga) ajratiladi:
44
1-sinf (7-rasm, a) - kollagen bog'-lamlari ancha qalin bo'lib, bir biriga zich yondashgan va tez-tez egilib romb ko'rinishdagi o'rilishni hosil qiladi. Ushbu o'rilishning halqalari bin ikkinchisiga kirib, tig'iz joylashgan va butun to'rli qavat bo'ylab cho'zilgan.
7-rasm. Derma to'rli
qavatining kollagen
bog'lamlari o'rilishining har
xil sinflarini sxematik tasviri.
2-sinf (7-rasm, b) - kollagen bog'lamlari kamroq egilgani tufayli, zichligi kamroq o'rilishga mos keladi. Shakllari yaqqol ifodalangan romblar o'rnida siyrakroq, cho'zilgan va to'liq shakllanmagan romb ko'rinishidagi shakllar uchraydi. Kollagen bog'lam-larining uncha qalin emas, ular derma to'rli qavatini 1-sinfiga nisbatan bo'shroq joylashgan.
3-sinf (7-rasm, v) - kollagen bog'lamlarning egilishlari shunchalik siyrakki, romb ko'rinishli shakllarni ilg'ab bo'lmaydi. Ko'proq to'g'ri yoki burchak ostida o'tuvchi uzun bog'lamlar uchraydi. Kollagen bog'lamlari yanada ingichkaroq va derma qavatining 2-sinfiga nisbatan ancha bo'shroq joylashgan.
4-sinf (7-rasm, g) - kollagen tolalarining bog'lamlari mayda halqali o'rilishni hosil qiladi. 3-sinfga xos bo'lgan bog'lamlar bo'laklari bu yerda ko'rinmaydi. Bog'lamlamlar dermaning 3-sinfiga nisbatan ancha bo'sh va gorizontal.
5-sinf (7-rasm, d) - eng kam takomillashgan struktura, teri yuzasida parallel o'tuvchi gorizontal o'rilish va bog'lamlar bilan tavsiflanadi. Ko'proq bo'sh shakllanmagan birikuvchi to'qimaning qavatlari uchraydi.
Ko'rsatilgan sinflarga ega bo'lgan terilarning yopqich qismidan, odatda eng pishiq, mustahkam va yemirilishga chidamli charmlar olinadi.
4 va 5-sinf tuzilishiga ega bo'lgan terining etak va chekka qismlari bo'shroq va mustahkamligi kichikroq hisoblanadi. Quyidagi 8-rasmda yirik shoxli mol terisini tadqiq qilish natijasida tuzilgan derma to'rli
45
qavatining har xil tuzilishli sinflarga taqsimlanish topogrammasi keltirilgan. Har xil sinflardagi to'rli qavat terining topografik qismlari bo'yicha joylanishi qat'iy aniqlangan. Bunda yon qismidagi baquwatliroq to'rli qavat asta-sekin terining bo'shroq va junsiz chekka qismlariga o'tadi. Tadqiqotlar natijasida teri dermasining tuzilishi va namlik miqdori orasidagi bog'liqlik aniqlangan. Dermadagi kollagen tolalarining o'rilishi qanchahk zich va baquvvat bo'lsa (1 va 2-sinf), u shuncha kam namlik saqlaydi va aksincha.
Bir yarim yoshar novvos terisining har xil topografik qismlari dermasining asosiy struktura elementlarini o'lchash natijalari 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Novvos terilari dermasining asosiy struktura elementlarini o'lchash natijalari
Ko'satkich
|
Yopqich
|
Yoqa
|
Etak
|
Derma qalinligi, mm
|
5,5
|
4,1
|
3,7
|
G'uddali qavat
|
1,2
|
1,1
|
u
|
To'rli qavat
|
4,3
|
3
|
2,6
|
Kollagen tolalari bog'lam-
|
|
|
|
larining qalinligi, mkm
|
64,3
|
56,6
|
50,8
|
Bog'lamlamlarning epidermis
|
|
|
|
yuzasiga qiyalik burchagi, grad
|
61,5
|
37,6
|
31,8
|
Derma strukturasining topografik qismlar bo'yicha ko'rsatilgan tavsifi, ushbu qismlarning fizik-mexanik ko'rsatkichlari bilan mos tushadi.
Yirik shoxli mol terilarning yopqich qismi 1, 2, 3-sinf strukturalariga ega ekanligi tufayli, ular, xususan, tagcharm, shuningdek, ma'suliyati yuqori bo'lgan texnik charmlar ishlab chiqarishga yaroqli hisoblanadi. Yoqa va etak qismlarini patak charm ishlab chiqarishda ishlatish rmimkin.
Har xil topografik qismlarda teri mikro tuzihshining bir xil emasligi tufayli ushbu qismlarda ularning fizik-mexanik xossalari ham turlichadir.
46
Sinovlar natijasiga ko'ra kollagen ИК • -sinf
bog'lamlarining asosiy qismi Д.^-sinf
ggg- 3 - sitlf 4 - sjnf
=3- 5-sinf
unchalik katta bo'lmagan (32-38)
q iyalik burchagiga ega bo'lgan,
etak va yoqa qismlari,
cho'zilganda yuqori mustahkam-
lik chegarasi va katta uzayishni
namoyon etadi. Ayni paytda
kollagen bog'lamlari katta
burchak ostida o'rilish hosil
qiladigan yoki epidermisga
perpendikulyar joylashgan yop-
qich qismi, yemirilishga yuqori
chidamliligi bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |