Saodat sadirova


TERINING KIMYOVIY TARKIBI



Download 1,79 Mb.
bet14/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

1.2. TERINING KIMYOVIY TARKIBI
Terilarning kimyoviy tarkibi va tarkibiy qismlarining xossalarini tadqiq etish, charm va mo'yna sanoati ishlab chiqarish jarayonlarini tushunish uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki turli xil ishlov berishlarda terida ro'y beradigan hamma o'zgarishlar, teri tarkibi yoki uning tarkibini tashkil etuvchi moddalar xossalarining o'zgarishi bilan bog'liq.
Terining tarkibiy qismini noorganik va organik moddalar hosil qiladi. Noorganik moddalar suv (50-70 % ) va mineral moddalar (0,35-0,5 % ) hisoblanadi. Organik moddalardan lipidlar (yog' va yog'simon moddalar
29
3-10 %), uglevodlar (monosaxaridlar - glyukoza va galaktoza, gomopolisaxarid - glikogen va mukopolisaxaridlar - gialuran kislotasi, xondroitin - sulfat V, xondroitin sulfat umumiy miqdori 1,5-2 %), oqsillar sinfiga tegishli bo'lmagan azot saqlovchi moddalar va terming gistologik strukturasini hosil qiJuvchi oqsillar kiradi. Biokimyoviy funksiyalar nuqtayi nazaridan, organik moddalardan fermentlar va vitaminlarni qayd etib o'tish mumkin.
Teri tarkibiga kiruvchi hamma moddalarning nisbati, hayvonlarning turi, jinsi, yoslii va yashash sharoitiga qarab o'zgaradi.
Teri komponentlari va xuddi shunday suv, fiziologik jarayonlarda muhim rol o'ynaydi, shuningdek, turli morfologik strukturalarning shakllanishi uchun mas'ul bo'lib, terining bir qator qimmatli xossalarining borligini izohlaydi.
Yog' moddalari. Lipidlar organik moddalar bo'lib, hayvon organizmidagi to'qimalar va suyuqliklar tarkibiga kiradi. Ular yog' va yog'simon moddalar ko'rinishida bo'ladi. Lipidlar o'zining strukturasi, tarkibi va xossalari bilan farq qiladi.
Lipidlar suvda erimaslik va organik erituvchilar: benzol, etil, efiri spirt, atseton, xloroform va boshqalarda har xil darajada erish xususiyatlariga ega. Lipidlar hayvon organizmida muhim rol o'ynab, vitaminlarning erituvchisi hisoblanadi. Hayvonlar to'qimasida lipidlar erkin holatda, shuningdek, oqsil, uglevodlar va boshqa lipidlarning birikmalari ko'rinishida joylashadi. Har xil hayvonlar terisida lipidlar miqdori 3 % dan 10 % gacha, ba'zan40 % gacha bo'ladi (cho'chqavaqo'у terilarida). Lipidlar ikki asosiy guruh - yog'lar (yog'li kislotalarning glitseridlari) va lipoidlar (mumlar va yog'laming boshqa moddalar - fosfolipidlar va glyuko lipidlar bilan murakkab birikmalari)ga bo'linadi. Tashqi ko'rinishdan lipidlar yog'larga o'xshaydi, ammo ulardan kelib chiqishi, kimyoviy tarkibi va xossalari, shuningdek, teri qavatlarida taqsimlanishi bilan farq qiladi.
Lipoidlar aftidan epidermis hujayralarida hosil bo'ladi. Ularning protoplazmasida hayvon mumlari va ularning boshqa moddalar bilan murakkab birikmalaridan tashkil topgan, yog'simon moddalarning yakka tomchilari mavjud. Yog' bezlarida yog'li kislotalarning oliy spirtlar bilan efirlari (setil, xolesterin) saqianadi. Bu birikmalar teri yuzasiga chiqib,
30
uni moylaydi va unga gidrofoblik xususiyatini beradi. Lipoidlar ter va yog' bezlarida joylashadi. Oddiy yog'lar yog'li kislotalarning yog' hujayralaridan tashkil topgan bo'lib, derma va teri osti kletchatkasida tolalar orasida to'planadi. Hayvon to'qimalarida yog' miqdori har xil. Organizm rivoji uchun to'yinmagan yog'li kislotalar: linol, olein, linolen, araxidonlarning muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan. Hayvon yem-xashagidan yuqorida ko'rsatilgan kislotalar saqlagan yog'lami olib tashlash, terming zararlanishi, sochning to'kilishi, dumning jonsizlanishi, o'sishning to'xtashiga olib keladigan og'ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. O'z vaqtida organizmga kiritilgan to'yinmagan yog'li kislotalar ushbu kamchiliklarni bartaraf etadi. Yirik shoxli mol terisining dermasida yog'ning o'rtacha miqdori hayvonning yoshiga qarab: buzoq terisida 0,4-0,5 %, sigir terilarida 0,1-0,2 %, buqa terilarida 0,7 % va undan yuqori o'zgaradi.
Bundan tashqari, teridagi yog' miqdori hayvonning turi, oziqlantirish va saqlash sharoitiga bog'liq. Masalan, ho'kiz terilarining dermasida o'rtacha 11 % gacha, echki terisida 2-2,5 %, qo'y va cho'chqa terilarida 30 % gacha bo'lishi mumkin. Ko'pgina hayvonlarning terisida teri osti to'qimasining yog' hujayralari tutashib ketgan yog' qavatlarini hosil qiladi. Ba'zan bu qavatlar dermaning to'rli qavatiga o'sib boradi. Ko'pincha bo'rdoqiga boqiladigan, bir joyda saqlanadigan va donli yem bilan oziqlanadigan yirik shoxli mol terilarida teri osti yog'larning qalin qavati hosil bo'ladi. Xuddi shunday hodisalar cho'chqa hamda qo'y terilarida kuzatiladi. Qo'y terilaridagi yog' o'z tarkibi bo'yicha yirik shoxli mol terilarining yog'idan farq qiladi va ko'proq mumga yaqin. Ushbu yog' qavati xomashyoda mexanik yo'l bilan yoki ivitish jarayonlarini olib borish vaqtida bartaraf qilinadi, chunki ular ishchi eritmalarning teriga bir tekis va to'g'ri singishiga to'sqinlik qiladi. Teridagi tabiiy yog' og'irlashtiruvchi hisoblanadi va derma mag'zida joylashishiga qarab, ko'p yoki kam miqdorda teri sifatini, shuningdek, chiqimini yomonlashtiradi. Ko'pincha, qo'y, cho'chqa, ba'zan echki terilarining oftobda yuqori haroratda quritish jarayonida, teri osti kletchatkasi va bez irmoqlaridagi yog' moddasi eriydi. Ular terming hamma qavatlariga shimiladi, buning oqibatida ivitish qiyinlashadi, shuningdek, tayyor charm yuzasida yog' gardini keltirib chiqaradi.
31
Kuchli yog'langan qo'y va echki terilaridan ishlab chiqarilgan charm, jadal yog'sizlantirish natijasida nisbatan bo'shligi, qavatlanishi va ozroq mustahkamligi bilan tavsiflanadi. Yog' miqdori ko'p bo'lgan yirik shoxli mol terilarida ishlab chiqarilgan charmlar ham ancha bo'sh, shuningdek, ular yog'li dog'lar hosil qilishga moyil. Bu dog'lar quritish jarayonlarida qizdirganda kattalashadi va qoramtir tusga kiradi.
Mustahkam va yuqori sifatli charm ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan charm xomashyosi yaroqliligining muhim ko'rsatkichlaridan biri, undagi yog' miqdori, yog'ning derma qavatlarida taqsimlanishi va o'z vaqtida bartaraf etish (yog'sizlantirish) imkoniyati hisoblanadi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish