21
1.1.5. Sochning tuzilishi
Terini qoplab turuvchi ko'psonli soch o'qlarining majmuasi hayvonlarning jun qoplami deyiladi. Ko'plab yovvoyi havvonlar va ba'zi xonaki jonivorlarning terisidan mo'yna olishda foydalaniladi. Bunday terilarning jun qoplami kuchli rivojlangan bo'lib, ko'p sonli sochlardan tashkil topgan.
Soch qoplami turli-tuman fiziologik funksiyalarni bajaradi: qishda hay von tanasining issiqlik yo'qotishini kamaytiradi, uni tashqi ho'llashdan saqlaydi, shuningdek, yozda ortiqcha namlikning yo'qolishiga yo'l qo'ymaydi; hayvon tanasini mexanik ta'sirlardan himoya qiladi.
Soch keratin oqsillaridan tashkil topgan. Sochning paydo bo'lishi va o'sishi soch xaltachasi deb nomlanadigan dermada joylashgan maxsus chuqurchada kechadi. Soch xaltachalari dermada teri yuzasiga nisbatan burchak ostida joylashgan, ba'zi hayvonlarda esa hatto bir oz egilgan yoki buralgan bo'ladi. Soch xaltachasining quyi qismiga silliq mushak tolalarining tor bogiamchalari (muskul) kelib qo'shilgan. Uning bir uchi soch xaltachasiga, ikkinchi uchi esa, dermaning yondosh tolalaridan biriga tutashib ketgan. Ushbu muskul qisqarib, soch xaltachasining qiyalik burchagini o'zgartirishi mumkin, buning oqibatida soch qoplamida issiqlikni o'rab turuvchi havo qavatlari o'zgaradi. Ba'zi hayvonlarning asabdanqo'zg'alishinatijasida mushak tolalari qisqaradi va sochlari tikka ko'tariladi.
Soch xaltachasini ikki yo'nalishda: ichki - halqa bo'ylab, tashqi -xaltacha bo'ylab joylashgan, birikuvchi to'qimaning zich yotqizilgan mayin tolalari tashkil qiladi. Soch xaltachasi atrofida joylashgan elastin va retikulin tolalari, ko'zga ko'rinmaydigan chegaradan dermaga o'tib ketadigan kollagen tolalari hosil qilgan to'rni o'rab turadi. Eng quyi qismida soch xaltachasi birikuvchi to'qimalardan - g'uddalarni hosil qiladi. G'uddalarda qon va limfa tomirlarining ko'p miqdorda bo'lishi, shuningdek, ko'p sonli hujayra elementlari va nerv to'qimalarining borligi tufayli, ular soch hujayralarini oziqlantiruvchi asosiy arteriya hisoblanadi. Soch g'uddada tug'iladi va o'sib borgan sayin soch kanali orqali tashqariga chiqadi.
22
Soch uzunligi bo'yicha uch qismga: o'q - tashqi qism, ildiz - soch xaltachasida o'qning davomi va jun piyozchasiga bo'linadi. Jun piyozchasi ildizning qalinlashgan qismi bo'lib, soch xaltachasining g'uddalarini har tomondan o'rab olgan.
Jun piyozchasining asosiy qismi shoxlangan o'lik hujayralardan tashkil topgan o'q va ildizdan farq qilib, ko'payish qobiliyatiga ega, tirik epitelial hujayralardan tashkil topgan. Bu hujayralarning ko'payishi natijasida sochning yuqori qismlari - ildiz va o'q hosil bo'ladi.
Sochning ildiz qismi va soch xaltachasi o'rtasida soch qopchasi joylashgan. U derma bilan soch orasidagi bog'ni mustahkamlovcbi tashqi va ichki soch qinlaridan tashkil topgan. Soch qinlari soch joylashishi uchun uyacha vazifasini o'tovchi teri epidermisining davomi hisoblanadi. Ichki soch qini, xuddi soch singari, piyozcha hujayralarining ko'payishi yo'li bilan shakllanadi, soch bilan bir vaqtda o'sib. yog' bezlarining irmoqlari darajasiga bormasdan buziladi. Tashqi soch qini o'z-o'zidan ko'payuvchi epitelial hujayralardan tashkil topgan bo'lib, soch xaltachasi ichida epidermisning davomi hisoblanadi. Tashqi soch qinining yuqori qismida epidermisning hamma qavatlarini,
jumladan, shoxli qavatni ham kuzatish
mumkin. Ayni paytda quyi qismida uning
devorlari tuzilishi faqat epidermis nishli
qavatining tuzilishiga o'xshab ketadi.
Yetuk soch qismining ko'ndalang kesimida
uchta konsentrik qavatni: kutikula, po'stloq
va o'zakni farqlash mumkin (4-rasm ).
Kutikula - tangachasimon, juda mayin,
4-rasm. Soch o'qining mikroskopik tuzilish
tasviri:
1-kutikula (tangacha
qavat); 2-po'stloq
qavati; 3-o'zak.
qalinligi 0.5-3 mkm bo'lgan sochning tashqi
qavati. Kutikula, asosan, amorf keratin
saqlagan o'lik plastinkasimon hujayralardan
tashkil topgan. Kutikulaning tangachalari bir-
biriga baliq tangachalariga o'xshab shunday
yotqizilganki, ularning erkin uchlari soch
23
o'qining tepasiga qarab yo'nalgan. Bu suv tomchilarining jun qoplami mag'ziga singishiga yo'l qo'ymaydi. Tangachalarning shakli va ularning joylanishi har xil. Ular hayvonning turi, ba'zan aynan bir turdagi hayvonlarning - har xil tipdagi sochlari va, hatto aynan bir sochning uzunligiga qarab o'zgaradi.
Po'stloq qavati - kutikula ostida joylashgan, sochning konsentrik qavati. Po'stloq soch o'qi bo'ylab joylashgan urchuqsimon o'lik hujayralardan tashkil topgan. Uning hujayralari bir-biriga hujayralararo modda bilan birikkan bo'lib, ular bir-biriga nisbatan shunchalik zich yotqizilganki, hatto mikroskop ostida ham po'stloq yaxlit massa ko'rinishiga ega. Bu sochning har xil texnologik jarayonlarda yuqori mexanik mustahkamligi va kimyoviy turg'unligini izohlaydi. Po'stloq qavati faqat kuchli kislotalar, ishqorlar, xlorlovchi agentlar va fermentlar ta'sirida bo'linishi mumkin.
Yuqorida ko'rsatilgan moddalar hujayralararo moddalarni parchalaydi. Suv po'stloq qavatiga kuchsiz ta'sir etib, faqat hujayralararo moddaning bo'kishini keltirib chiqaradi. Har xil hayvonlar sochining po'stloq qavati qalinligi har xil. Masalan, shimol bug'usining sochida po'stloq qavati yo'q, tyulen sochida esa bu qavat o'q diametrining 96 % ni tashkil qiladi.
Buning natijasida sochning cho'zilganda mustahkamlik chegarasi va sinishi po'stloq qavatining rivojlanganlik darajasiga bog'liq bo'ladi. Ba'zi hayvonlar soch qoplamining rangi po'stloq qavatining hujayralariga kiribqolgan pigment donachalari-melaninning ishtirokiga bogiiq bo'ladi. Melaninning miqdori va disperslanish darajasiga qarab, sochning rangi - qoradan tortib ochiq ranglargacha o'zgaradi. Boshqa hayvonlarda po'stloq qavati rangsiz bo'lib, sochning rangi o'zakda joylashgan pigmentga bogiiq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |