Venchur fondi Bu moliyaviy muassasa - lekin bank emas. Bu kabi tashkilot startaplarga pul beradi - lekin qarzga emas. 💸 - Venchur fondi Bu moliyaviy muassasa - lekin bank emas. Bu kabi tashkilot startaplarga pul beradi - lekin qarzga emas. 💸
- 🔸 Fond investorlardan pul oladi. Investor davlat, bank, investitsiya fondi yoki jismoniy shaxs bo'lishi mumkin. Ularning barchasi o'z pullarini bir necha yil ichida katta daromad keltiradigan narsaga sarflashni xohlashadi. Masalan, texnologik startaplarga!
- 🔸Lekin har bir kichik startapning istiqbolli yoki aksinchaligini tahlil qilish uchun ularning vaqtlari yo'q yoki bilimlari yetarlicha emas va shuning uchun ular buni venchur fondiga ishonib topshirishadi
- ➡️ Venchur fondi ularning investitsiyalaridan kapital yig'adi va ushbu kapitalni taqsimlashi kerak bo'ladi.
- 🔸 Fond yuzlab startaplarni o'rganadi, eng yaxshilarini tanlab oladi va ularga egalik ulushi (aksiya) evaziga pul beradi.
- 🔸 U startap pulni foyda bilan unga qaytarishini kutmaydi: u startapning aksiyalari narxi ko'tarilganda uni sotadi va sarflangan pullarini foyda bilan qaytarib oladi.
- Venchur fond — bu yuqori tavakkalchilikka, ammo kelajakda katta daromadga ega istiqbolli kompaniyalar, gʻoyalar va texnologiyalarga sarmoya kiritish uchun yuridik va jismoniy shaxslar birlashmasi. Aynan Apple, Microsoft va PayPal kabi kompaniyalar bularga misol boʻla oladi.
Venchur - kichik biznesning bir turi. Uning mohiyati ilmiy-muhandislik ishlari, yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish, ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat ishini tashkil qilish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarishdan iborat. Bu ishlar bilan «Venchur korxonalar»i shug‘ullanadi. Ular tarkibida tijoratda vositachi bo‘lgan korxonalar ham bo‘ladi. Venchur korxonalar texnikaning yangi yo‘nalishlarida ish ko‘rib, fan-texnika taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadilar. Ular venchur moliyalashtirishda ham faol qatnashadilar va moliyaviy mablag‘ to‘plab, uni ishga soladilar. - Venchur - kichik biznesning bir turi. Uning mohiyati ilmiy-muhandislik ishlari, yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish, ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat ishini tashkil qilish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarishdan iborat. Bu ishlar bilan «Venchur korxonalar»i shug‘ullanadi. Ular tarkibida tijoratda vositachi bo‘lgan korxonalar ham bo‘ladi. Venchur korxonalar texnikaning yangi yo‘nalishlarida ish ko‘rib, fan-texnika taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadilar. Ular venchur moliyalashtirishda ham faol qatnashadilar va moliyaviy mablag‘ to‘plab, uni ishga soladilar.
- Injiniring (ixtirochilik), muhandislik maslahat xizmatlari - tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlash, mahsulot sotishni uyushtirish, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurib, ishga tushirish yuzasidan maslahat berish. Bu ish bilan maxsus ixtisoslashgan injiniring firmalari shug‘ullanadi, ular mustaqil firma sifatida bir vaqtning o‘zida bir necha mijozlarga xizmat qiladi. Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko‘rsatadi. Ular chet eldagi ilmiy g‘oyalar va texnik ishlanmalar bozorida litsenziya sotadi, texnik yangiliklarni xorijda joriy etadi. Injiniring kompaniyalari daromadi ko‘rsatilgan injiniring xizmatiga bog‘liq bo‘ladi. Xalqaro injiniring xizmati ishning texnik-tashkiliy va tijorat tomonlari ko‘rsatilgan kontrakt shaklida rasmiylashtiriladi. Injiniring mohiyati pullik, muayyan xizmatlarga buyurtmaning bir ko‘rinishidir. Injiniring xizmatlari bozori - xalqaro bozorning bir turi, injiniring xizmatlarining davlatlararo oldi-sotdi qilinishidir.
- Tenderlar - bozorda yoki xalqaro bozorda mashina va uskunalarni harid etish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, injinering xizmati ko‘rsatish uchun tanlov asosida buyurtma berish. Xaridor yoki buyurtmachi eng avval konkurs e’lon qilib, hammani o‘z shartlari bilan tanishtiradi. SHunga asosan konkursda ishtirok etuvchi firmalar, konsorsiumlar yoki korxonalar o‘z takliflarini – tenderlarini xaridor, buyurtmachiga yuboradi. Tenderni injiniring firmalari hujjatlashtiradi.
Fan-texnika taraqqiyotining muhim an’anaviy yo‘nalishlaridan biri ishlab chiqarishni elektrlashtirishdir. Elektrlashtirish deganda elektr energiyasini yetarli darajada ishlab chiqarish, uni kerakli joylarga uzatish va undan keng foydalanish jarayoni tushuniladi. Uning moddiy asosini elektroenergetika tarmog‘i tashkil etadi. U elektr energiyasi ishlab chiqaradigan jihozlarni (elektrostantsiyalarni), iste’molchilarga uni yetkazib beruvchi jihozlarni (podstantsiyalarni) va elektr uzatkichlarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |