Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat: - Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat:
tejamkorlikni amalga oshirish (vaqtni, xom ashyo va materiallarni, yoqilg‘i, elektr energiyasi va h.k.larni tejash);
ishlab chiqarish jarayonlarini osonlashtirish, mehnatni yengillashtirish;
ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini yanada yuqori darajaga ko‘tarish.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida fan-texnika taraqqiyotining uchta asosiy yo‘nalishidan foydalanish mumkin:
an’anaviy yo‘nalish
zamonaviy yo‘nalish;
istiqbolli, ustuvorlik yo‘nalishlar.
An’anaviy yo‘nalishga elektrlashtirish, mexanizatsiyalash, qisman avtomatlashtirish, kimyolash kiradi
Zamonaviy yo‘nalishga elektronizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash, kompleks avtomatlashtirish (robotlashtirish, kompyuterlashtirish), atom energetikasini jadal rivojlantirish, yangi materiallarni ishlab chiqarish va ularga ishlov berish, hozirgi davr talabiga javob beradigan texnologiyalarni qo‘llash, undan foydalanishda texnologiyaning ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish, imkoni bo‘lsa butunlay yo‘qotish yo‘llari kiradi.
Afzallik, ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi:
elektronizatsiyalash, biotexnologiyani keng joriy etish, iqtisodiy informatikani ko‘paytirib, rivojlantirib, ishlab chiqarishni to‘la axborotlashtirish, fundamental fanlar bo‘yicha izlanishlarni kuchaytirish;
texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg‘ilarning, xom ashyo va materiallarning eng yangi turlarini yaratish;
- yangi, ilg‘or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish;
mavjud mashina va mexanizmlarni, asbob-uskuna hamda jihozlarni modernizatsiyalash.
«Nou-xau» - bu, texnik, tashkiliy-iqtisodiy, tijorat bilimlari va tajribaning yig‘indisi bo‘lib, almashish predmeti hisoblanadi. «Nou-xau» tipidagi axborot (informatsiya) raqobatli ishlab chiqarishning, savdoning omili sifatida ro‘y berishi mumkin. «Nou-xau»ning eng xarakterli, tavsifiy tomoni - bu, texnik bilimlarning yangiligida va aniq, ishlab chiqarish va tijorat vazifalarini bajarish uchun foydaliligidadir. Uni amalga oshirishda shartnoma tuziladi: har xil chizmalar, loyihalar, smeta (bo‘ladigan kirim-chiqim hisobi), texkartalar, metodikalar (biror narsaga o‘rgatish usullari), formulalar (shartli belgilar bilan ifodalangan matematik miqdorlar), texnik ma’lumotlar va h.k. tanishtiriladi. Eksporter bu ma’lumotlarni yetkazib beradi, importer esa qabul qilib oladi. - «Nou-xau» - bu, texnik, tashkiliy-iqtisodiy, tijorat bilimlari va tajribaning yig‘indisi bo‘lib, almashish predmeti hisoblanadi. «Nou-xau» tipidagi axborot (informatsiya) raqobatli ishlab chiqarishning, savdoning omili sifatida ro‘y berishi mumkin. «Nou-xau»ning eng xarakterli, tavsifiy tomoni - bu, texnik bilimlarning yangiligida va aniq, ishlab chiqarish va tijorat vazifalarini bajarish uchun foydaliligidadir. Uni amalga oshirishda shartnoma tuziladi: har xil chizmalar, loyihalar, smeta (bo‘ladigan kirim-chiqim hisobi), texkartalar, metodikalar (biror narsaga o‘rgatish usullari), formulalar (shartli belgilar bilan ifodalangan matematik miqdorlar), texnik ma’lumotlar va h.k. tanishtiriladi. Eksporter bu ma’lumotlarni yetkazib beradi, importer esa qabul qilib oladi.
- “Innovatsiya” – atamasi “yangilik kiritish” yoki “yangiliklar” tushunchalarining sinonimidir. Yangilikni joriy etish: birinchidan, texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar bo‘lsa; ikkinchidan esa, ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribasiga asoslangan yangi texnika va texnologiyalar. Ixtirochilikning rivojlanishi, biror yo‘nalishdagi yirik ixtiro va kashfiyotlar maydonga kelishi innovatsiyaning muhim omillari hisoblanadi.
- Lizing - mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar eksportini kreditlash shakllaridan biri. Lizing kompaniyasi asbob-uskunalar sotib olib, ularni ijarachi firmaga, odatda, bir yildan 10-15 yilgacha ijaraga beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |