Shtolnya - gumbazsimon, trapetsiya ko‘rinishida va siyrak uchraydigan to‘g‘ri to‘rtburchakli shaklda bo‘lib, shtolnyaning og‘zi tamon 0,001-0,008 qiyalik bilan o‘tiladi.
Shtolnya konni ochuvchi lahimi sifatida shaxta stvoliga nisbatan qator avzalliklarga ega, ular quyidagilar:
- 1 metr shtolnyani o‘tqazish va mustahkamlashga sariflanadigan harajatlar (yer osti suvining miqdoriga bog‘liq holda) 5-7 barobar arzon, lahimni o‘tish tezligi esa 3-5 barobar yuqori;
- rudani transport vositasida tashishi oddiy va arzon, rudani shtolnyadan boyitish fabrikasiga qadar qayta yuklamasdan keltirish mumkin; kishilar qatnashi va yuk tashishi xavfsizroqdir;
- suvni chiqarishga sarflanadigan harajatlar ancha kam, suvni haydashga maxsus mexanizmlar talab qilinmaydi, o‘zi oqib chiqadi;
- shtolnya og‘ziga yaqin joyda quriladigan inshoatlar ham kam, ko‘targich ko‘rilmasi shaxta ustidagi binolari kapyor bunyod etishni talab qilinmaydi;
- shtolnya mustaxgamlagichini ta’mirlash ham oson va arzon turadi.
Shaxta stvollari ko‘ndalang kesim yuzasi to‘g‘ri to‘rtburchakli, doirasimon va juda kam ellips shaklga ega bo‘ladi. Hozirgi davrda ko‘pchilik rudniklarda shaxta stvollari doirasimon qurilmoqda.
Stvollarning ko‘ndalang kesim yuzasining o‘lchamlari ularning vazifasiga bog‘liq holda belgilanadi. Kapital stvollar odatda ruda va jinslarni ko‘tarish, kishilarni shaxtaga tushirib chiqarish, mustahkamlovchi materiallarni tushirish va shaxtani shamollatishga xizmat qiladi. Shu stvoldan shaxta suvini chiqarishga va siqilgan havo energiyasini yuborishga xizmat qiladigan metall quvurlar ham joylashtiriladi. Ba’zan stvollar faqat ruda va jinslarni ko‘tarishga yoki kishilarni tushirib chiqarishga yoki faqat shamolatishgagina mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Shaxta maydonini qazib olishga tayyorlash uni asosiy gorizont lahimlari bilan qavatlarga bo‘lish – pech tashuvchi shtrek, ortlar bilan va ya’ni qavatni qazib olinadigan bloklarga vostoyushiy lahimlari yordamida bo‘lish. Tayyorlovchi lahimlar kishilar xarakatlanishi, kon jinslari massasini transport vositalari yordamida tashish, materiallar va uskunalarni yetkazib berish, gorizontdagi lahimlarni shamollatish va boshqa xizmatlar uchun xizmat qiladi.
Kondagi foydali qazilma salgina qiya joylashgan bo‘lsa shaxta maydoni tayyorlovchi lahimlar bilan bosh va panel shtreklariga ular panel va stolbalarga bo‘linadi. Bloklar, panellar va stolbalar doirasida bevosita rudani qazib olish uchun o‘tkaziladigan kesuvchi lahimlar maxsus guruxga ajratadi.
Tayyorlash ishlari hajmini xarekterlash uchun tayyorlash ishlari hajmini solishtirma ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkich foizlar bilan ifodalanib, tayyorlovchi lahimlar hajmini qavatdagi yoki blokdagi ruda hajmiga nisbati bilan belgilanadi. Bu ko‘rsatkich qo‘llanilayotgan qazib olish tizimiga, konni xarakteriga bog‘liq holda tayyorlash ishlarini solishtirma hajmiga ko‘ra 2÷15 % gacha o‘zgarishi mumkin. Ko‘pincha tayyorlash ishlarining solishtirma hajmi tayyorlovchi lahimlarni ruda tanasidan o‘tkazganda chiqqan yo‘ldosh ruda hajmini, blokdan ajratib olinadigan ruda zahirasiga nisbati bilan belgilanadi. Lekin bu ko‘rsatkich tayyorlovchi lahimlar puch jinslardan o‘tilgan lahimlar hajmini ifodalamaydi.
Vostoyushiylarni o‘tish sharoitiga ko‘ra ikki turga bo‘lish mumkin: blokdan rudani qazib ajratib olish ishlari boshlangunicha o‘tilishi kerak bo‘lganlari va qazib olish yo‘nalishi pastdan yuqoriga qarab siljib borishi bilan qazishdan hosil bo‘lgan ochiq bo‘shliqda vostoyushiyni to’ldiruvchi jinslar oralig‘ida yoki qo‘porilgan rudada bunyod etib uni pastdan yuqoriga qarab uzaytirib boradi.
Birinchi turdagi vostoyushiylarni qo‘llanilishi keng tarqalgan bo‘lib, har qanday qazib olish tizimida ham qo‘llanilaveradi. Ikkinchi turdagi vostoyushiylar ba’zi bir tizimlardagina har xil vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi. SHular jumlasidan rudani ajratib olinayotgan kovjoydan pastga tushirish, materiallarni tashib keltirish va kovjoy bilan aloqada bo‘lish hamda kishilar harakatlanishiga xizmat qilishi uchun mo‘ljallanadi.
Vostoyushiyni yorug‘lik bo‘yicha o‘lchamlari va undagi bo‘limlar soni, uning vazifasiga bog‘liq. Bir bo‘limdan iborat bo‘lgan vostoyushiy odatda qazilgan bo‘shliqda uzaytirib boradigan, kishilar harakatlanishiga xizmat qiladigan yoki ruda tushirishga xizmat qiladigan bo‘ladi. Ruda tanasi qalin bo‘lmagan, yondosh jinslar mahkam turg‘un bo‘lgan holatda uni turg‘un mustahkamlagichlar o‘rnatib mustahkamlaydi. Uning yon tomonlari taxta bilan mustahkamlanadi, turg‘unligi kamroq bo‘lgan rudada to‘g‘ri to‘rtburchakli yoki ko‘ndalang kesimini yuzasi doirasimon shaklda o‘tilib yog‘och mustahkamlagichlar bilan mustahkamlanadi.Ko‘p bo‘limdan iborat bo‘lgan vostoyushiyni bittasida konchilarning qatnashi uchun narvon bilan uskunalaydi. Vostoyushiyni boshqa bo‘limi yuk tashiladigan pastki garizontga rudani tushirishga, yuqori gorizontdan esa bo‘shliqni to‘ldiruvchi materiallar tushirishga, materiallarni tashib keltirishga va shamollatishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |