Sanoat yoki qishloq xo‘jaligida biron-bir mahsulotni olish uchun katta miqdorda mineral xomashyoni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi


I.BOB.KO’CHBULOQ SHAXTASINING KON- GEOLOGIK VA KON-TEXNIK TAVSIFI



Download 2,07 Mb.
bet2/10
Sana11.04.2022
Hajmi2,07 Mb.
#542234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5377507802887492727

I.BOB.KO’CHBULOQ SHAXTASINING KON- GEOLOGIK VA KON-TEXNIK TAVSIFI.




I.1.Kon-geologik tavsifi.

Ko‘chbuloq ma’dan maydoni Qurama tog‘ining shimoliy yonbag‘rida, Nishboshsoy va Go‘shtsoy oralig‘ida joylashgan. Ma’dan maydoni shimol va shimoli –sharqdan Nishboshsoy vodiysi, janubdan Go‘shsoy va g‘arbdan Oxangaron daresi bilan chegaralangan. 1952-yil Angren daryosi chap qirg‘og‘ida Go‘shsoy daryosi vodiysida qadimgi kon ishlanmalari aniqlangan va Qo‘rg‘oshin-kumush ma’danlarini qazib olingan deb qabul qilingan. Keyinchalik 1954-yilda oltin bo‘yicha taftish ishlari olib borilganda (E.B.Achlasov, E.F.CHernisheva) kon hududidagi gidrotermal o‘zgargan jinslarda va kvars tomirlarida birinchi bo‘lib oltin mavjudligi aniqlangan. 1963-yil konda dastlabki razvedka ishlari natijasida quyidagi maydonlar ajratilgan: Markaziy, To‘kberdi, G‘arbiy, Semgran.


Ko‘chbuloq hududining umumiy maydoni yaqin 402 km ni tashkil qiladi, uning markaziy qismi esa Ko‘chbuloq koniga tegishli maydoni 152 km ni tashkil qiladi. Mamuriy jixatdan O‘zbekiston respublikasi Toshkent viloyati Oxargaron tumani Angren shaxriga qarashli. Angrenni shimoli-g‘arbdan CHotqol tizmasi, janubi-sharqdan Qurama tog‘ tizmalari o‘rab turadi. Xududning relefi keskin o‘zgaruvchan lekin nisbatan baland bo‘lmagan tepaliklardan iborat, qiyaliklarning burchagi 250dan yuqori emas. Ma’dan maydonining absolyut balandligi 950-1550m gacha etadi. Vodiylarning kengligi bo‘ylab ko‘plab suvli irmoqlar rivojlangan ularning kengligi 100m gacha etadi, xar qaysi soylarda 2-3ta terassalari mavjud. Vodiylarning shakli ko‘pincha V simon shaklda bo‘lib ikki yonbag‘ri qiyaliklari farq qiladi. Vodiyning yo‘nalishi shimolmy g‘arbga qarab yo‘nalgan ayrim joyga meridianga yaqinlashadi. YOnbag‘irlarda ko‘plab ko‘chkilar uchraydi ularning maydoni 600x250 m.

1-rasm.”Ko’chbuloq” konining geologik xaritasi

Xududning geomorfologik shakli erozion-tektonik, erozion-akkumlyativ va akkumlyativ relef turlari hududning sharhiy xaritasiorqali xarakterlanadi. Xududning iqlimi keskin kontinental sharoitiga ega. Iyulning o‘rtacha harorati 270S. Qishi ancha sovuq, yanvar oyining o‘rtacha harorati – 20S. Bahorda jala yog‘ib, qattiq shamollar bo‘lib turadi. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 500-600 mm. SHamolning tezligi 3-6 m/sek, ba’zan 15 m/sek ga etadi. Hudud yovvoyi o‘simlik va xayvonot dunyosiga boy. Adirlarda efemer va efemeroidlar ko‘p. Ko‘ng‘irbosh, rang, oqquray, qo‘ziquloq va tabobatda ishlatiladigan 8 turdagi tog‘ giyoxlari o‘sadi. Tog‘ etaklari va yonbag‘irlarida archa, yong‘oq, pista, tog‘olcha, do‘lana, olma ko‘p. Eng asosiy suv resurslari bu Ohangaron suv ombori va Ohangaron daryosi hisoblanadi.


Ohangaron suv ombori vodiyning boshlanish qismida joylashgan bo‘lib, asosiy vazifasi Ohangaron daryosining yillik suv sarfini boshqarib turishdir. Suv omborining sathiy yuza maydoni 4.2 km2, suv hajmi 2016 – yilgi ma’lumotlarga qaraganda 220 mln. m3 dan ortiq.
Hududning asosiy suv arteriyasi Sirdaryo daryosining o‘ng irmog‘i hisoblangan Ohangaron daryosi hisoblanadi.
Ko‘chbuloq koni Angren-Olmaliq tog‘ sanoati rivojlangan hududda joylashgan, u hududda yirik er boyliklarini qazib oladigan korxona joylashgan.
1964-yildan boshlab konda mufassal razvedka ishlari olib borilgan, dastlabki ma’dan zaxiralari xisoblangan va Qo‘chbuloq koni ochilgan.
Kon Aqshuron kalderasi shimoliy qismida joylashib, ulkan Loshkerek vulqon-tektonik depressiyasining (o‘tirish-muldasi) shimoliy-g‘arbiy qismiga ulanadi, bu maydon (S2-3) traxiandezit-datsit vulkanit formatsiyasining tarqalgan joyidir. Hududning geologik rivojlanish tarihi bosqichlarga bo‘lib o‘rganilgan.
Birinchi bosqich – 1941 yillargacha bo‘lgan davrda kichik masshtabdagi tasvirga olish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, E.V.Ivanov, A.S.Adelung (1915 yil), S.F.Mashkovsev va boshqalar (1930 yil), A.S.Adelung, N.M.Sinitsin, N.V.Ivanov, N.P.Vasilkovskiy (1932-1938 yillar) kabi tadqiqotchilar faoliyat olib borishgan va shuningdek bu davrda Ohongaron daryosining chap qirg‘og‘i
hududida mezo-kaynazoy davriga tegishli qatlamlar N.F.Bezobrazova, N.P.Vasilkovskiy, N.E.Minakova (1928 yil) tomonidan o‘rganilgan va Ohangoron daryosi havzasi hududida E.A.Kochnev, V.S.Simmerman, T.A.Sikstel (1934 yil) tadqiqot ishlarini olib borishgan. To‘rtlamchi qatlamni o‘rganish va hudud geomorfologiyasini tadqiq etish ustida YU.A.Skvorsov (1940 yil) ish olib borgan. Bu davrdagi asosiy ishlarning natijalariga ko‘ra, uch tomdan iborat «O‘zSSR Geologiyasi» ishlar to‘plami nashr qilingan (1937-39 yillar). SHu bilan bir qatorda ushbu davrda bir qator qimmatli ma’lumotlar ochilgan: N.A.Smolyanikov 1930 yilda, 1977 yilda I.V.Mushketov tomonidan taxmin qilingan, Obliq qishlog‘i hududida alunit qazilma konini topgan, 1933 yilda F.I.Valfson tomonidan, 1927 yilda A.P.Krikov tamonidan qayd qilingan Lashkerak polimetall qazilma konini aniqlagan, G.S.Sarkisov esa bunda shlak miqdorini hisoblab chiqqan (1936 yil), D.M.Bogdanovich 1933 yilda Ohangaron daryosi vodiysi hududida toshko‘mir saqlovchi qatlamlarni aniqlagan, bu ishlarni keyinchalik davom ettirish natijasida 1941 yilda D.M.Bogdanovich, G.S.CHirkizov, V.A.Zaxarevich va boshqalar tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilgan ishlar natijasida O‘rta Osiyo Angren qo‘ng‘ir ko‘mir qazilma koni topilgan.
Navbatdagi bosqich – 1941 yildan to 50-yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, hududning nisbatan batafsil ko‘rinishdagi geologik masalalarini o‘rganish, 1:50000 masshtabda geologik tadqiqotlar olib borish kabi izlanishlardan tashkil topgan. Bu ishlarning natijasida A.S.Adelung, M.G.Kalabin (1942-43 yillarda) va N.P.Vasilkovskiy, Z.P.Artemova (1943-45 yillar) yuqori paleozoy davriga tegishli bo‘lgan vulqonitlarning sxematik ko‘rinishini aniqlashgan va tektonika masalalariga oydinlik kiritishgan; bu ma’lumotlar CHirchik-Angren hududining 1:50000 masshtabdagi geologik xaritasida aks ettirilgan (N.P.Vasilkovskiy, Z.P.Artemova, 1948 yil) va K-42-XXIX varaqda tasvirlangan (Z.P.Artemov, 1959 yil).
Uchinchi bosqichda nisbatan alohida qismlar bo‘yicha geologik tadqiqotlar davom ettirilgan. 1966-62 yillar davomida Nugarzon-Go‘shtsoy hududida davlat miqyosidagi geologik tasvirga olish ishlari 1:25000 masshtabda o‘tkazilib, alohida
maydonlar bo‘yicha qidiruv ishlari amalga oshirilgan (Angren KGPE partiyasi, V.N.Tkachev, S.N.Zadorin, I.L.YAitskiy va boshqalar tomonidan); qidiruvlar natijasida Ko‘chbuloq qazilma koni aniqlangan (1959 yil). Oltin mavjud bo‘lgan qazilma konining ochilishi bilan geologik ishlar ob’ekt hududida alohida qismlarni o‘rganish, qidirish bo‘yicha davom ettirilgan, bunda ishlar ma’danli maydonning periferik sohasi bo‘ylab – umumiy qidiruvlar ko‘rinishida, hudud bo‘ylab esa maxsus va mavzularga tegishli tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Hududning planomer ko‘rinishda o‘rganilishi geofizik usullar yordamida 1953 yilda boshlangan, bunda M.A.Abaturova rahbarligi ostida 1:50000 masshtabdagi, polimetallar bo‘yicha (litokimyoviy va magnitorazvedka asosida) qidiruv ishlari amalga oshirilgan.
1960-1961 yillarda esa hududda 117-A varaqda F.G.Reshetov tomonidan 1:25000 masshtabdagi oltinrazvedkasi bo‘yicha tasvirga olish ishlari amalga oshirilgan.
1962 yildan boshlab, 1977 yilga qadar hududda maydonlar bo‘yicha geofizik va geokimyoviy tadqiqot ishlari B.I.CHistiy va A.A.Volforovich rahbarliklarida olib borilgan.
1963 yildan boshlab 1968 yilga qadar Ko‘chbuloq hududi atrofida 1:50000, 1:10000 va 1:5000 masshtablardagi gidrogeokimyoviy va biogeokimyoviy qidiruv ishlari amalga oshirilgan, natijada esa bir qator anomal areal sohalar Katta qashqa, Ko‘chbuloq, Guldurma hududlarida aniqlangan, va shuningdek kvarsli, kvars-baritli seriyalar CHotqol hududida qayd qilingan (X.B.Fattaxov, V.F.Skryabin, V.F.Guryanov va V.A.Pankratev).
1965-69 yillar davomida CHotqol-Qurama hududida aeromagnit tadqiqotlar amalga oshirilgan. Natijada esa 1:25000 masshtabdagi izodinam xarita tuzib chiqilgan va 1:10000 masshtabdagi majmuaviy xarita tuzilgan (L.N.Kotyarovskiy, I.G.Kremnev). Bu xaritalarda quyidagilar ajratib ko‘rsatilgan: Qumbel, Olmaliq va Machnitit intruziv qavatlari, ma’danlashishni va vulqon-tektonik tuzilmalarni nazorat qiluvchi asosning yopiq o‘pirilishlari aniqlangan (N.B.Volfson, A.G.Xvalovskiy).

1965-69 yillar davomiida hududda 1:25000 masshtabdagi tuzilmaviy, litologik tasvirga olish ishlari olib borilgan (A.E.Antonov, G.P.Belousov va boshqalar, 1969 yil) va natijada mualliflar tomonidan Naugarzon-Qandir daryolari oralig‘ining geologik xaritasi tuzib chiqilgan.


1967-75 yillar davomida M.A.Abaturova rahbarligida keng miqyosdagi elementlar kompleksining, jumladan oltin ma’dani, mis va polimetall qazilma konlari bo‘yicha tarqalish endogen oreollarini, shuningdek Ko‘chbuloq qazilma koni hududini alohida qismlar bo‘yicha tadqiq qilish ishlari olib borilgan (M.A.Abaturov, N.T.Potapov, P.N.SHkarup). Bunda ma’danli tana atrofida tarqalgan turli xil elementlarning endogen taqsimlanishi oreolini (chambar) o‘rganish asosida ma’danlashuvning genetik tipini aniqlashda geokimyoviy ko‘rsatkichlardan keng foydalanish imkoniyatlari aniqlangan va shuningdek, ma’danli tana kesimi darajasi aniqlangan.
1968-73 yillar davomida Naugarzon-Qandir daryolari oralig‘ida SHarqiy-Qurama GQP, Qurama GQP tomonidan qidiruv-taftish ishlari olib borilgan (YU.V.Borodin, S.O.Valeysho, V.T.SHabalin va boshqalar, 1973 yil). Bunda 1:250000 masshtabdagi geologik-tuzilmaviy metallogen va bashorat qilish imkonini beruvchi xarita tuzib chiqilgan va shuningdek, oltin va kumush-polimetall tipidagi ma’danlashuvning qulay holatda tarqalish belgilari va mezonlari aniqlangan.
1970-75 yillar davomida hududni geologik jihatdan qayta o‘rganib chiqish ishlari Loyaq KGPE partiyasi tomoindan bajarilgan (F.G.G‘ulomov, S.N.Zadorin, D.S.Kanash va boshqalar). Ushbu partiya o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarga 1:25000 miqyosdagi ishlangan xaritaning eskirgan joylariga o‘zgartirishlar kiritish va takomillashtirish, ma’dan saqlovchi hududlarni baholash kabilar kiritilgan. Bunda hududni qayta geologik o‘rganish ishlarida, an’anaviy geologik tasvirga olish ishlari bilan bir qatorda keng miqyosdagi maxsus tadqiqotlar, kosmik tasvirlarni qayta ishlash, radiolokatsion va turli xil miqyosli aerofoto tasvirlarni, geofizik va geokimyoviy materiallarni qayta ishlash tadbirlaridan foydalanilgan. Ushbu tadqiqotlar natijasida xaritada quyidagilar o‘z aksini topgan: geologik-tuzilish,
foydali qazilmalar, 1:25000 miqyosdagi bashorat qilish imkoni va tektonik xususiyatlar o‘z ifodasini topgan. 1970-76 yillar davomida hududda 1:10000 miqyosdagi aeromagnit va aerogammaspektroskopik tasvirga olish ishlari amalga oshirilgan (L.N.Kotlyarovskiy va boshqalar). Bunda magnit tasvirga olish ishlari natijalarini qayta ishlash, tadqiqot olib borilayotgan maydon doirasida turli xil tarkibga ega bo‘lgan (asos va nordon xossalari ortgan), magnitga sezgirligi bo‘yicha farqlanuvchi sohalar ajratib ko‘rsatilishi imkoni tug‘iladi va shuningdek tuzilmaviy planning alohida elementlarni kuzatish imkoni vujudga keladi. Aerogammaspektrometrik ishlar natijasida oltin saqlash bo‘yicha bir qator istiqbolli sohalar ajratib ko‘rsatiladi, bunda ushbu sohalarda kaliy tarkibli radioaktiv maydon etakchilik qilishi qayd qilinadi.
1971-74 yillar davomida (P.G.Axmatov va boshqalar, 1974 yil) Ko‘chbuloq hududida 1:25000 miqyosda petrografik tasvirga olish ishlari olib borilgan, natijada petromagnit xarita tuzib chiqilgan, jinslarning zichligi va g‘ovakligi xaritasi tuzilgan, fatsiyalar va magmatik jinslarning joylashish o‘rni aniqlangan. Bunda bir qator, zichligi susayishi bilan farqlanuvchi ma’danli maydonlar aniqlangan.
1973 yilda KGPE geokimyoviy partiyasi tomonidan CHotqol-Qurama hududining 1:10000 masshtabdagi 15 ta element bo‘yicha umumlashma metallometrik xaritasi tuzib chiqilgan.
1974-79 yillar davomida VP usuli yordamida Ko‘chbuloq ma’danli maydonlari qanotlarida va Segan ma’danli maydonlarida 1:25000, 1:10000, 1:5000 va 1:2000 masshtablardagi tasvirga olish ishlari amalga oshirilgan (I.I.Popov, YU.N.SHimsanskiy, A.A.Volfovich va V.A.Gromov). Bunda turli xil ma’danli strukturalar qutblanish anomaliyalari kompleksi bilan farqlanadi va bu belgi ma’danli tanalarni qidirishda qulay xisoblanadi. Ushbu ko‘rinishda VP usulida 1:25000 masshtabdagi bajarilgan ishlar natijasida keng. CHanguzar anomaliyasi aniqlangan bo‘lib, shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda cho‘zilgan (Ko‘chbuloq singari), bu hududda ikkita VP mahalliy anomaliya guruhlari aniqlangan.

1974-76 yillar davomida KGPE morfometrik partiyasi (A.T.YUdin, G.D.SHmelova, 1977 yil) tomonidan hududni matematik jihatdan bashorat qilish bo‘yicha ishlar olib borilgan va natijada Olmaliq-Ko‘chbuloq ma’danli hududining tektonik tuzilishi xaritasi yaratilgan va yangi tektonik harakatlarning 1:50000 masshtabli xaritasi tuzib chiqilgan.


1976-88 yillar davomida SHarqiy-Qurama GQP, Qurama GQP tomonidan (V.R.Geyns, N.A.Eroxin, V.YA.YArushenko va boshqalar) Naugarzon-YOntoqli daryolari oralig‘ida, oltin saqlovchi turli xil sohalar bo‘yicha qidiruv-baholash ishlarini amalga oshirishgan. Bu ishlar natijasida CHanguzor va Qayrag‘och hududlarida oltin va vismut tutuvchi tuzilmalar bo‘yicha istiqbolli maydonlarni aniqlash imkoni tug‘ilgan.
Ushbu ko‘rinishda, Angren daryosining chap qirg‘og‘ida hudud bo‘ylab olib borilgan ishlar natijasida 1:25000 va 1:10000 masshtabli geologik xarita tuzib chiqilgan, 1:50000 masshtabli gravimetrik xarita, 1:50000 va 1:10000 masshtabli geokimyoviy xaritalar tuzib chiqilgan, bunda qisman VP usuli yordamidagi elektrorazvedka materiallaridan foydalanilgan.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish