Bog'liq 13714 1 5503376EFCE8575E605B9B65ADF82BB787B9A90D
“DIGITAL TRANSFORMATION OF INDUSTRY AND SERVICES: TRENDS, MANAGEMENT, STRATEGIES” 46 ko‘nikmalarga ega bo‘lgan blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishda
malakali kadrlar tayyorlash to’g’risida”gi qarori.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning
hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin.
Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi,
internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini
tejashi mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib olish insonga, shu kitobni
chop etilgan ko'rinishini sotib olishdan ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy
iste'molchi o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan
shug'ullanishi mumkin.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini boshqa afzalliklari quyidagicha bo'lishi mumkin:
•
ishlab chiqarishda mehnat samadorligini oshishi;
•
kompaniyalarning raqobatbardoshligini o'sishi;
•
ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi;
•
yangi ish o'rinlari yaratilinishi;
•
yangi zamonaviy kasblar paydo bo'lishi;
•
kambag'allikni yengish va ijtimoiy tengisizlikni yo’qolishi.
Bular raqamli iqtisodiyotning bor yo'gi bir nechta afzalliklari xolos. Raqamli
iqtisodiyotning rivojlanishi bizning kundalik hayotimizga ijobiy ta'sir qiladi, oddiy
foydalanuvchiga ko'plab qo'shimcha imkoniyatlar beradi va qolaversa, bozorni o'sishi hamda
rivojlanishini ta'minlab berishi mumkin.
Turli mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun uchta model mavjud.
1. Raqamli iqtisodiyot rahbarlarini o‘z ichiga olgan model
2. "Taraqqiyotga erishish" modeli
3. Axborotni ishlab chiqishning tashqi vositalarini o‘z ichiga olgan model.
Raqamli iqtisodiyot va jamiyat indeksi (DESI) ko‘ra, eng rivojlangan raqamli iqtisodiyoti
Skandinaviya mamlakatlari, Benelux, Buyuk Britaniya va Irlandiyadir.
Raqamli iqtisodiyotning kelajakdagi rivojlanishi bir qator ilg‘or texnologiyalarning
muvaffaqiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda beshta texnologiyani ajratib ko‘rsatish mumkin:
✓
5G - aloqa;
✓
3D - bosma;
✓
blokcheyn ;
✓
sun’iy intellekt ( AI ) ;
✓
virtual haqiqat.
Sanab o‘tilgan texnologiyalar rivojlangan mamlakatlarning strategik hujjatlarida
belgilangan eng muhim rivojlanish yo‘nalishlaridan biridir.
An’anaviy iqtisodiyotni raqamli iqtisodiyotga aylantirishda muvaffaqiyatga erishish
uchun malakali kadrlar tayyorlash lozim. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tashabbusi bilan Sh.M. Mirziyoyevning 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-sonli buyrug‘i asosida
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bakalavrlarni tayyorlash uchun raqamli iqtisodiyot
fakulteti ochildi hamda Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va biznes fakulteti negizida
raqamli iqtisodiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha magistratura ochildi.
Raqamli iqtisodiyot – dunyo iqtisodiyotida yangi yo‘nalish hisoblanadi. Iqtisodiyoti
rivojlangan davlatlar bu yo‘nalishda sezilarli yutuqlarga erishgan bo‘lsa, boshqalari bu
yo‘nalishda ilgarilab borishmoqda.
Darhaqiqat, raqamli iqtisodiyot miqyosining kengayib borishida xalqaro hamkorlikni
imkon qadar kuchaytirish zarur. Shu o’rinda mamnuniyat bilan qayd etish joizki, O’zbekistonda
axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan ta’sirchan chora-tadbirlar natijasida 2019-yilda
Kiberxavfsizlik global indeksida 41 pog’onaga ko’tarilib, 52 o’rinni egalladik.
Bundan tashqari, raqamli texnologiyalar barqaror faoliyat ko’rsatishi uchun institutsional
muhit va raqamli infratuzilmani yaratish, davlat xizmatlarini ko’rsatish, iqtisodiyotning real
sektori tarmoqlari, sog’liqni saqlash, davlat kadastri va boshqa sohalarda raqamli