325 ming
nafar sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, ularning
35 foizi
, yaʼni
115
ming
nafari musulmon sayyohlari hisoblanadi. 2020 yilda uzoq xorij mamlakatlaridan
yurtimizga jami
83 ming
nafar sayyohlar tashrif buyurgan bo‘lib, bunda musulmon
sayyohlarning soni
49 787
nafar
(59 foiz)
ni tashkil qildi. (1-sxema)
“DIGITAL TRANSFORMATION OF INDUSTRY AND SERVICES: TRENDS, MANAGEMENT,
STRATEGIES”
172
1-sxema. Xorij davlatlaridan tashrif buyurayotgan sayyohlar soni
Manba: http://www.review.uz/ ma`lumotlari asosida muallif ishlanmasi
Mazkur tashriflar sonining ijobiy o‘sishi, o‘z navbatida, turizm xizmatlari eksportining
ortishiga olib keldi. 2016 yilning ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanganda 2019 yilda turizm
xizmatlarining eksporti 3 baravarga oshib, 2019 yilda 1,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi.
Tashrif buyurgan sayyohlar hunarmandchilik markazlari borasida ma`lumotga ega bo`lsalar,
ularga mazkur obyektlar to`grisidagi ma`lumotlar yetkazib berilsa, sohaning rivoji ortadi.
Shuning uchun milliy hunarmandchilik markazlarini bir platformada jamlab raqamlashtirish
g`oyasi ilgari surilmoqda.
Buxoro viloyati Vobkent tumaniga qarashli O`ba qishlog`ida yashovchi Kubaro
Boboyeva ko`p yillardan buyon hunarmandchilikning kulolchilik yo`nalishi bo`yicha ijod qilib
kelayapdilar. K. Boboyeva ko`plab shogirdlar tayyorlash bilan bir qatorida O`ba qishlog`idagi
ko`pgina yoshlarni shu hunarga o`rgatib kelmoqdalar. K.Boboyeva ijodlariga mansub bo`lgan
afsonaviy hayvonlar shakllari chiroyli ko`rinishga ega bo`lish bilan bir qatorda ular hushtak ham
chaladilar. O`balik mashhur usta K. Boboyeva o`z ijod namunalari bilan ko`plab chet el
ko`rgazmalarida ishtirok etganlar va sovrinli o`rinlarni egallaganlar.
Yana bir Buxorolik kulol – shoira, O`zbekiston Badiiy Akademiyasi a`zosi Zamira
Jo`rayeva qator yillardan buyon kulolchilik bilan shug`ullanib kelmoqdalar. Usta Z. Jo`rayeva
ham o`zining kulolchilik maktabini yaratgan bo`lib, u hozirgacha o`zi yaratgan 500 xildan ortiq
kulolchilik mahsulotlarini tayyorlash mahoratini o`sib kelayotgan yosh avlod va farzandlariga
o`rgatib kelmoqda. Kulol o`z asarlarida XVIII – XIX asrlarda yashagan o`zbek xalqining urf –
odatlarini, yashash tarzini aks ettirgan. Bularga misol qilib, “Kashta tikayotgan ayol”, “Soch
o`rayotgan qiz”, “Buxoro bozori”, “O`zbek madonnasi”, “Dehqon bobo”, “Alla aytayotgan
ayol”, “Tandirda non yopayotgan ayol”, “Savdogar yigit”, “Cho`pon va uyur” kabi qator san`at
asarlari bilan o`zbek xalqining hayotini talqin etishga harakat qilgan.
Zargarlik buyumlariga qiziquvchilar Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent
hunarmandlarining san`atlaridan bahramand bo`lib kelishyapti. Buxoroda ijod qilib kelayotgan
usta Alisher Haydarov yaratgan san`at asarlari butun dunyoga ma`lum va mashhurdir. Buxoroga
kelgan zargarlik mahsulotlari bilan qiziqqan sayyohlar uning uyidagi ustaxonasiga ham tashrif
buyurishadi. Tilla va kumushdan yasalgan bejirim buyumlar kishini hayratga soladi. Hozirgi
kunga kelib usta XV – XVI asr zargarlik buyumlarini qayta jonlantirish, yo`qolib ketayotgan
zargarlik buyumlarini qayta tiklash ishlari bilan astoyidil shug`ullanmoqda.
Misgar ustalar ko`pincha Buxoroning diqqatga sazovor joylarini mis tovoqqa uyib uning
har bir detaligacha e`tibor berib, qalb qo`ridan joy berib yasashadi. Horijiy mehmonlar bunday
yuksak san`at asarini yaratayotgan ustalarga qoyil qolmasdan ilojlari yo`q albatta. Oftobalar,
Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной
2018-yil
2019-yil
2020-yil
XORIJ DAVLATLARIDAN TASHRIF
BUYURAYOTGAN SAYYOHLARNING SONI
Boshqa
Musulmon sayyohlar
Jami tashrif buyuruvchilar
Do'stlaringiz bilan baham: |