“SANOAT VA XIZMAT KO‘RSATISH SOHALARINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI:
TENDENSIYALAR, BOSHQARUV, STRATEGIYALAR”
173
patnislar, piyolalar yasash shu darajada yuksalganki ularga qarab inson ko`zlari quvnaydi, qo`l
mehnati bilan yaratilgan go`zallik kishiga huzur bag`ishlaydi.
Bizga ma`lumki Buxoroda qadimdan hunarmandlar alohida – alohida mahalla bo`lib
yashashgan. Zargarlar – zargaron, misgarlar - misgaron, kosagaron, sobungaron, charmgaron,
holvapazon, so`fiyon, tagbandbafon, bo`yrabafon va hokazo mahallalari bo`lgan. Ular turmush
va savdo uchun kerakli mahsulotlarni o`z qo`l mehnatlariga tayangan holda yaratganlar.
Buxoro hunarmandchiligi ming yilliklarga borib taqaladi. Hunarmandchilikni inson
yaratgan mo`jizasi degan bo`lardim. Hunarmandchilik hayotning bir bo`lagi bo`lib, insonlar
shug`ullanadigan kundalik turmush tarziga aylanib qolgan. Milliy hunarmanchiligimizda
qanchadan qancha o`zgarishlar bo`lib o`tgan. Masalan biror bir hunarmandchilik turini oladigan
bo`lsak ular avval soda ko`rinishda bo`lib vaqt o`tishi bilan mukammallashib borgan.
Avloddan-avlodga o`tib kelayotgan har bir hunarmandlarning mahorati o`ziga xosdir.
Masalan, pichoqchilikda Chust, Qo`qon va Buxoroga yetadigani yo`q. Chust pichoqlari turli
maqsadlarga yo`naltilrilgan bo`lib, ular uy – ro`zg`or va sovg`a uchun mo`ljallangan. Ular o`ta
pishiq metaldan tayyorlanib 2500 C
0
darajagacha qizdirilib ishlov beriladi. Bu kasb ham juda
nozik bo`lib qizib turgan xanjar, yoki pichoq bo`lsin uni suvga ikkinchi marotaba tiqib olishda
juda mohirlikni talab qiladi, chunki ular ikkinchi marta suvga solinganida metal meyoriga keladi
va juda sifatli bo`ladi. Ozgina beparvolik uni mo`rt bo`lib qolishiga sabab bo`lishi mumkin.
Buxoroda ma`lum va mashhur usta Shokir Kamolov temirchilik bilan uzoq yillardan
buyon oilaviy shug`ullanib kelishmoqda. Temirchilik ustaxonasi muzey sifatida ham turistlar
uchun xizmat qiladi.
Ular yasashgan qaychilar laylakga, turli xil qushlar shakliga o`xshab ketadi,
bu ham ustaning mohirligini ko`rsatib turadi. Bir parcha metaldan tayyorlangan geometrik
shakllar yasash va unga ishlov berish juda qiyin, bu esa xorijiy mehmonlaning e`tiborini tortadi.
Ular uchun hunarmandchilik mahsulotlarining qanday uslublarda yasalishi, nimalar ishlatilishi
barcha uchun qiziq.
Yuqorida zikr etib kelingan ustalarning hunarmandchilik sir asrorlarini yo`qotmasdan,
unutmasdan, eng asosiysi yashirmasdan kelajak avlodga, farzand-nabiralariga, shogirdlariga
o`rgatib kelishmoqdalar.
Milliy turizm jozibadorligini shakllantirishda hunarmandchilikning alohida o`rni bor.
Yuqorida nomlari va faoliyatlari zikr etilgan ustalar, ularning mehnat faoliyatlari borasida
nafaqat xorijiy sayyohlar balki mahalliy aholi uchun ham ma`lumotlar juda kam o`rganilgan.
Ko`pchilik hunarmandchilik san`ati namoyondalari o`zlarining mahallalari, hudud va regionlari
miqyosida ma`lum va mashhur, biroq Respublika miqyosida ularning san`atlarini tanitish bizning
asosiy maqsadimizdir. Bu orqali biz mamlakatga xorijiy, mahalliy sayyohlar oqimini oshirishga
va shu orqali iqtisodga salmoqli daromad olib kelishga erishishimiz mumkin.
Bugungi kunda O’zbekistonning har bir regionlarida milliy “Hunar-zar” hunarmandchilik
markazlarini yaratish va brendini ishlab chiqish orqali turizm jozibadorlgini yanada oshirishga
erishishimiz mumkin. Misol sifatida, nomi zikr etilgan hunarmandlar:
-
K.Boboyeva va Z.Jo`rayevalarning yashash hududlarida “O`zbek kulolchilik san`ati”nomli
markazlari;
-
Alisher Haydarovning “Zargarlik guzari” nomli markazi;
-
Shokir Kamolovning “Temirchilik ustaxonasi” nomli markazini tashkil qilish va u yerda
ustalarning ishlari amaliy jihatdan ko`rsatilishini tashkillashtirish bilan birga, tashrif buyurgan
sayyohlar tomonidan ishlarni bajarib ko`rish imkoniyatlarini yaratish orqali hunarmandchilik
sohasini yanada rivojlantirish bilan birga dunyoga tanitish mumkin. Bundan tashqari yaratilgan
bir qator markazlar to`g`risida kelgan sayyoh ma`lumotlarni olishga qulay bo`lishi uchun raqamli
xaritalarni yaratish va yaratilishi rejalashtirilayotgan mobil ilovaga joylashtirish orqali milliy
hunarmandchilikning turizm sohasidagi ulushini oshirish mumkin.
Yuqorida zikr etilgan markaz va maktablar faoliyatini rivojlantirishga yuqori turuvchi
mas`ul tashkilotlar hisobidan qurish, ta’mirlash va asbob uskunalar uchun mablag` ajratilsa, shu
maktab – markazlarda yoshlar hunar o`rganishi tashkillashtilishi lozim. Bu bilan bizning
yoshlarimizning ish bilan taminlanishi va o`z – o`zi bilan roqabatni vujudga keltiradi va
Do'stlaringiz bilan baham: |