Sanoat texnologiya



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana10.02.2022
Hajmi1,2 Mb.
#442011
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ammoniy nitrat ishlab chiqarishda akkustik granulyator qurilmasini takomillashtirish q37500 kgs.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


32 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
IV. Atrof-muhit muhofazasi (yangi varaqdan) 
Neft-gaz sanoatining jadal rivojlanishi zahiraning keskin kamayishiga, shuningdek, atmosfera 
havosining SO
2
gazi bilan ifloslanishiga olib kelmoqda va buning natijasida butun insoniyat global isish, suv 
toshqinlari, yer osti silkinishlari va boshqa ekologik falokatlardan aziyat chekmoqda. Demak, ekologik talab 
va meyorlarga amal qilish inson faoliyatining asosiy shartlaridan biriga aylanib bormoqda. 
Ekologik muammolarni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bо‘lib, 
sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi kо‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga 
bog‘liq. Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik falokatning g‘oyat xavfli zonalaridan biri vujudga 
kelganini ochiq aytish mumkin. Vaziyatning murakkabligi shundaki, u bir necha о‘n yillar 
mobaynida ushbu muammoning inkor etish natijasida emas, balki mintaqada inson hayot 
faoliyatining deyarli barcha sohalari ekologik xatar ostida qolganligi natijasida kelib chiqqandir.
О‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda quyidagi asosiy muammolar mavjud:
Yerning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi bilan bog‘liq xatar tо‘xtovsiz ortib bormokda. 
Suv zahiralarini keskin taqchilligi hamda ifloslanganligi katta tashvish tug‘dirmoqda. 
Respublikamizning daryolari, suv omborlari va hatto yer ustki suvlari ham har taraflama inson 
faoliyati ta’siriga uchramoqda. 
Orol dengizining qurib borish xavfi keskin muammo, aytish mumkinki, milliy kulfat bо‘lib 
qoldi. Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik falokatlardan biridir.
Havo bо‘shlig‘ining ifloslanishi ham Respublikada ekologik xavfsizlikka solinayotgan tahdiddir.
Atmosferada uglerod yig‘indisining kо‘payib borishi natijasida о‘ziga xos keng kо‘lamda 
issiqxona effekti vujudga keladi. Oqibatda yer havosining о‘rtacha harorati ortib bormoqda. 
Bu muammolarni hal qilish maqsadida davlatimiz tomonidan bir qator Qonunlar qabul qilinib, 
ular Respublikamizdagi ekologik ahvolni yaxshilashga qaratilgandir. 1992 yil 9 dekabrda 
О‘zbekiston Respublikasi «Tabiatni muxofaza kilish tо‘g‘risida»gi ; 1993 yil 6 mayda «Suv va 
suvdan foydalanish tо‘g‘risida»gi; 2002 yil 5 aprelda «Chiqindilar tо‘g‘risida»gi Qonunlar qabul 
qilindi. 
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbaalarga asosan sanoat korxonalari, transport, issiqlik 
elektrostansiyalari, chorvadorlik komplekslari kiradi. Bu manbaalarning har biri о‘ziga xos
maxsus ifloslantiruvchilarni hosil qiladi. Masalan, plastmassani qayta ishlash korxonalari, gaz-chang 


33 
chiqindilari tarkibida destruksiya jarayoni natijasida hosil bо‘ladigan stirol, fenol birikmalari, 
uglerod oksidlari, etilen, uglevodorodlar va boshqa moddalar bо‘lishi mumkin. Atmosferaga 
ifloslantiruvchi moddalar uzluksiz, vaqti-vaqti bilan va bir zumda katta miqdorda kelib tushishi 
mumkin. Chiqindilarni bir zumda havoga kelib tushishi avariya holatlarida, portlashlarda, qattiq 
chiqindilarni kuydirish yо‘li bilan zararsizlantirilganda kuzatiladi. 
Havoni gazlardan tozalash 
Havoni gazlardan tozalashda tо‘rt xil usul qо‘llaniladi. 
1. 
Absorbsiya usuli – gazlarni suyuq moddalarda yutib olish. Absorbent sifatida suv, ishqor 
eritmalari, ammiakli suv ishlatiladi. Tuzilishi jihatidan absorbentlar yuzali nasadkali, barbotajli 
turlarga bо‘linadi
.
2. Adsorbsiya usuli – gazlarni g‘ovaksimon qattiq jismlarda yutib olish, adsorbentlar sifatida 
aktivlangan kо‘mir, tuproq, silikagel, siolitlar, alyumogel ishlatiladi. 
3. Katalitik usul yordamida havoning tarkibidagi zaharli gazlarni zaharsiz moddalarga 
aylantiriladi. 
4. Termik usulr yuqori harorat ta’sirida (900-1000

S) havoning tarkibidagi gaz aralashmasi 
yoqilg‘i bilan birgalikda kuydirib yuboriladi. 
Ishlab chiqarish jarayoni va chiqarilayotgan mahsulotlarning atrof muhitga zararli ta’sirini 
chegaralovchi talablar: 
- Ishchi bо‘lim va atmosferaga portlashdan xavfli va zararli gazlarni chiqishini oldini olish 
maqsadida texnologik apparatlar va kommunikatsiya uskunalari germetik zich yopiladigan 
bо‘lishi kerak; 
- Yengil alangalanuvchi suyuqliklarni haydash uchun salnikli zichlantiruvchi о‘rnatilgan yuqori
mustahkamlikka ega nasoslardan foydalaniladi; 
- Oqova suvlarni chiqarib tashlashda doim laboratoriya nazorati о‘rnatilgan bо‘lishi kerak; 
- Texnologik jihozlardan zaharli va yong‘inga qarshi moddalarni kanalizatsiya sistemasiga 
chiqarish hatto avariya holatida ham qat’iyan taqiqlanadi. Apparatlarni tо‘kib bо‘shatishda faqat 
suv tо‘kiladi, neft mahsulotlari yoki reagentlar emas; 
- Himoya klapanidan SPPK dan avariya holatidagi tо‘kish fakat xavfsiz joyga amalga oshiriladi. 
Himoya klapanidan SPPK dan chiqadigan oqovalar balandligi apparat ishchi maydonidan 5 m 
dan kam bо‘lmagan va yer sathidan esa 6 m dan kam bо‘lmagan balandlikda joylashishi kerak; 
- Zaharli ingridiyentlarni chiqarib tashlovchi va tarqatib yuboruvchi ventilyatsion moslamalar 
balandligi sanoat maydonchalarida ruxsat etilgan konsentratsiya darajasidagi zaharli moddalar 
konsentratsiyasini ta’minlab berishi kerak; 
- Havoni ifloslantirmaslik maqsadida apparat va kommunikatsiyalarni ta’mirlashdan avval, ularni 
mahsulotlardan butunlay bо‘shatish kerak; 
- Sovutgichlardan chiqadigan qaytarma suv neft mahsulotlari va reagentlardan xoli bо‘lishi kerak; 
- Kompressor xonalarida havo muhiti avtomatik portlashdan avvalgi konsentratsiya 
signalizatorlari bilan nazorat qilinishi kerak. 


34 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish