49
Suvda ishlaydigan
birinchi uzluksiz yigirish
mashinasi
Zamonaviy yigirish mashinasi
4.2-rasm.Yigirish uskunalari
Qo`lda ip yigirishda mehnat unumdorligi juda kam. Uni mexanizatsiyalash borasida
izlanishlar olib borgan rassom va mexanik Leonardo da Vinchi 1490 yilda o`zi yigirar urchuq
(samopryalka) yaratish g`oyasi asosida qurilmani chizmasini qoldirdi. 1530
yilda Yurgens
mustaqil tarzda yigirish charxi yaratdi.(4.4-rasm)
4.3-rasm. Urchuqlar
4.4-rasm. Ip yigirish charxlari
1-urchuq o`rnatkich; 2-urchuq; 3-ilgak; 4-rogulka; 5-g`altak; 6
va 8-harakat uzatuvchi g`altaklar; 7-tasma (chilvir); 6-tepki.
1738 yilda Jon Uayt tolalar tutamini ingichkalashtirish uchun cho`zish jarayonini
mexanizatsiyalash g`oyasini yaratdi va sherigi, Lyuis Paul nomiga patent oldi. Ushbu moslamada
tolalar tutamini cho`zish uchun valiklardan foydalanish tavsiya etilgan. (4.5-rasm).
Shuning
uchun 1738 yilni yigirish mashinalarini yaratish davrini boshlanishi hisoblanadi. 1769
yilda
Richard Arkrayt ushbu cho`zish asbobiga asoslanib birinchi mashinasini qurdi. Arkraytning
mashinasida Lyuis Paulning cho`zish valiklari va rogulkali charx mujassamlashgan holda
qo`llanilgan. Unda faqat 4 dona urchuq bulgan. Shuningdek 1765 yilda Xargrevs, 1779 yilda
Samuel Krompton ham biroz takomillashgan yigirish mashinalarini yaratadilar.
1828 yil 20 noyabrda Jon Torp tarixda birinchi bo`lib halqali yigirish mashinasini
yaratgani to`g`risida patent olgan. Dastlabki halqali yigirish mashinasida ipni eshib pishitish
uchun ikkita halqadan foydalanilgan. Halqalardan biri ipni o`rashda yuzaga keladigan taranglik
kuchi hisobiga erkin aylanib ipni buram olishiga xizmat qilgan.
1844 yilda Torp aylanuvchi halqani o`rniga yugurdakdni qo`llashni tavsiya etadi.
Shunday ixtirolarni bir vaqtda dunyoning turli hududlarida bir necha muhandislar taklif etishgan.
Masalan, 1829 yilda Nyu-Yorklik Stefens va Addison, 1883 yilda
ularning vatandoshi Jenks
halqa va yugurdakli yigirish mashinalarini yaratganlar. Ushbu mashinada urchuq 1 gorizontal
joylangan maxsus planka 2 dagi halqaning ichiga vertikal holda o`rnatilgan (4.6-rasm).
Urchuqning pastki uchiga kichkina blokcha mahkamlangan. Halqaning yuqori qirrasiga metall
yugurdaklar 3 kiydirib qo`yiladi. Cho`zish asbobidan chiqayotgan ip 5 ip o`tkichdan o`tib,
50
so`ngra yugurdak 3 ostidan o`tadi va urchuqga zich kiydirib qo`yilgan naycha 4 ga o`raladi.
Urchuq aylanganda undagi naychaga ip o`rala boradi va ishqalanish hisobiga yugurdakni ham
tortib halqa bo`ylab surilishga olib keladi.
4.5-rasm. Uayt va Paulning yigirish mushinasini
sxemasi
4.6-rasm.
Halqali vater mashina
Birinchi halqali mashinani ishchi qismlarini harakatga keltirish uchun suvda ishlaydigan
mexanik moslamalar ishlatilganligi uchun ularni «halqali vaterlar» deb nomlangan (vater-suv).
Keyinchalik ushbu mashina takomillashtirilib borildi. Yigirish mashinalarini yaratilishi bilan bir
qatorda o`sha davrda yigirish tizimining boshqa mashinalari ham yaratila boshlandi. Shunday
qilib XIX asrda mashinada yigirish davri boshlandi.
Ip va tolalar xossalari o`rtasidagi bog`lanish
Ipning kutilgan sifatga ega bo`lishi bilan bir qatorda uning tan narxini ham to’g`ri belgilash
muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun yigirish korxonalarida rejalashtirilgan iplarni talab
qilingan sifatda bo`lishini ta'minlash uchun birinchi navbatda toladan yigiriladigan ipning
xossalarini nazariy yo`l bilan loyixalanadi. Buning uchun ipning
nisbiy uzilish kuchini
formulalar orqali hisoblash usuli ko`proq qullaniladi. Hisoblash tolalar aralashmasini to`g`ri
tanlashni tezlatish bilan bir qatorda ko`p miqdordagi tolani saqlab qolishga imkon beradi.
Tanlangan tipaviy aralashmalar asosida paxta tolalaridan yigiriladigan ipning nisbiy uzilish
kuchini professor A.N.Solovyov taklif etgan formulasi orqali aniqlanadi. Bu formula ip va
tolaning muhim xossalari orasidagi bog`lanishni ko`rsatadi va quyidagi ko`rinishga ega:
;
5
1
65
,
2
0375
,
0
1
0
Do'stlaringiz bilan baham: