20
Bu turkumga kiruvchi tolalardan eng ahamiyatlisi
zig'ir tolasi
hisoblanadi. Buning sababi
tola juda yaxshi yigiriluvchanlik, yuqori pishiqlik, egiluvchanlik, mayda komplekslarga bo'linish
xususiyatiga va yuqori gigroskopiklikka ega. Zig`ir tolasi elementar va texnik tolalarga bo`linadi.
Elementar zig`ir tolasi bir o`simlik xujayrasidan iborat. Texnik tolalar pektin moddalar (tabiiy
yelim moddalar) vositasida o`zaro birikkan elementar tolalar dastasidan tashkil topgan. Zig`ir
tolasi tarkibida 80 % sellyuloza va 20 % moshka arashmalar bor. Bu aralashmalar moy, mum,
bo`yoq, mineral moddalar va lignindan iborat. Lignin tolalarni qattiqlashtiradi. Zig`ir tolasida
taxminan 50 % lignin bor, shuning uchun u paxtaga qaraganda ancha qattiq bo`ladi. Zig`ir
tolasining yo`g`onligi paxta tolasi kabi uzunligi 15-26 mm.
Zig'ir tolalari
turli assortimentdagi maishiy, texnik va idishbop gazlamalar ishlab
chiqarishda keng qo'llaniladi. Bularga oshxona, yotoqxona va kiyim uchun qo'llaniladigan
gazlamalar, texnikada avtomobil, rezina, poyabzal sanoatida, brezent, yong'in o'chirish novlari
va boshqalarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Rami
— qichitqi o't (krapiva) oilasiga mansub bo'lgan ko'pyillik subtropik o'tsimon
o'simlik poyasidan olinadigan tola. Rami XXR,
Yaponiya, Hindiston kabi davlatlarda madaniy
ekin sifatida ekiladi. Ramidan turli gazlamalar, baliqchilik to'rlari, arqonlar ishlab chiqariladi.
Nisbatan yo'g'on lub tolalari
Yovvoyi nasha-konoplya, kanop va jut o'simliklaridan
olinadi. Ular, asosan, o'simlik nomi bilan ataladi. Faqatgina
konoplya
(yovvoyi nasha)
o'simligidan
olinadigan tola-
penka
deb yuritiladi.
Penka
tolasi pishiqligining yuqoriligi, egiluvchanligi, nam holda o'z xossalarini saqlab
qolishligi bilan ajralib turadi. Undan o'raydigan, mebelbop, brezent gazlamalar, turli xil arqonlar
va boshqalar ishlab chiqariladi.
Sizal —
ko'pyillik tropik o'simlik — agava bargidan olinadigan tola. U Indoneziya,
Hindiston, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerikada keng tarqalgan. Meksikada uchraydigan
agava turidan geneken deb nomlangan tola olinadi. Tola o'simlik barg- laridan qo'lda yoki
dastgoh yordamida ajratib olinadi. Texnik tola uzunligi 70—130 sm, elementar tola uzunligi 2—
4 mm, ko'nda- lang kesimi o'lchami 20—30 mkm. Tola juda sinuvchan,
ingichka devorli va keng
kanallidir.
Manila
— tropik o'simlik —
abaka
bargidan olinadigan tola. Asosan Filippin va
Indoneziyada uchraydi. Texnik tola 1—5 m, elementar tola uzunligi 2—12 mm, ko'ndalang
kesimi 10—45 mkm ni tashkil qiladi. Sizal va maniladan, asosan, chirishga chidamli bo'lgan
dengiz arqonlari va ba'zi buramdor mahsulotlar olinadi.
Djut
- trоpik o’simlik, bo’yi 1,5-4 metr bo’ladi. Uni 90 fоizini Bangladesh, Pоkistоn,
Hindistоn, Xitоy, Braziliya, Erоn va bоshqa davlatlarda yetishtirib beriladi. Birlamchi va
ikkilamchi
jut tolalari, kanop tolasi kabi turli hususiyatlarga ega. Birlamchi tolalar ikkilamchi
tolalarga nisbatan dag’al, qattiq va mustahkam bo'ladi. Jut tolasi yuqori gigroskopiklik
hususiyatiga ega. Jut tolalari kalta elementar tolalardan tashkil topgan bo'lib, 11-20 foizli yuqori
lignin moddasidan iborat. Jut tolalaridan shakar, un, tuz va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini
solish uchun qoplar tayyorlanadi. Bu tola yahshi bo'yaladi. Shu sababli, bu tolalar gilam,
qoplama va dekerativ gazlamalar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
Kanop
tolalari ham jut tolalari kabi 1-5
mm uzunlikdagi, kalta elementar zig’ir
tolalaridan tashkil topgan bo'lib, qoplar uchun 300-700 teksli quruq yigirilgan iplar ishlab
chiqariladi. Bu tolaning ham gigroskoplik hususiyati ancha yuqori bo'ladi. Kanop tolalaridan
chilvirlar, arqonlar tayyorlanadi va gilamchilik, qoplamalik va dekarativ buyumlari ishlab
chiqarish uchun keng qo'llaniladi. Undan tashqari, gazlama ishlab chiqarishda linoleum tarzida
qam ishlatiladi.
Bundan tashqari tabiiy tоlalar guruhiga quyidagi nоmlari
kam uchraydigan tоlalar ham
kiradi. Jumladan, pоyasidan оlinadigan qattiq tоlalarga kendir , kanatnik; bargidan оlinadigan
qattiq tоlalarga-manila, yukka, nоvоzelandiya zig’iri, dratsena; mevalar po’stlоg’idan оlinadigan
qattiq tоlalarga-kоkоs pa masi yong’оg’idan оlinadigan tоlalar.