«sanoat marketingi» kafedrasi


 Simond de sismondning iqtisodiy qarashlari va uning nazariyasi



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/63
Sana14.08.2021
Hajmi0,62 Mb.
#147978
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63
Bog'liq
iqtisodiy bilimlar tarixi

  2. Simond de sismondning iqtisodiy qarashlari va uning nazariyasi. 

  Simond  De  Sismondi  (1773-1842)  Shvetsariyalik  iqtisodchi,  fransuz 

klassik  iqtisodiy  maktabini  nixoyasiga  yetkazuvchi  va  ayni  vaqtda  mayda 

ishlab  chiqaruvchilar  iqtisodiy  maktabi  asoschilaridan  biridir.  U  mu’tabar 

protestant pastor oilasida tugilib voyaga yetdi, protestantlar qollegiyasini bitirib 

chikdi,  jeneva  universitetida  ukidi.  Siyosat  bilan  unchalik  ko‘p  vaqt 

shugullanmadi,  Fransiya  ma’naviy  va  siyosiy  fanlar  akademiyasining  a’zosi 

etib saylandi. S. Sismondi iqtisod va tarix fanlari sohasida katta ishlarni amalga 

oshirib,  boy  ilmiy  adabiy  meros  qoldirdi.  "Tosqani  qishloq  xo‘jaligining 

ko‘rinishi"(1801),  "Savdo  boyligi  yoki  siyosiy  iqtisod  prinsiplari  va  ularni 

savdo  qonunchiligida  qullanish  to‘g‘risida"(1803),  "Italiya  respublikalarining 

tarixi" (1807), 1818 yilda esa edinburg ensiklopediyasi uchun "siyosiy iqtisod" 

maqolasini tayyorladi. Lekin  "Siyosiy iqtisod  yangi ibtidolari yoki boylikning 

axoli  nufusiga  munosabatlari  to‘g‘risida"  (1819)  kitobining  nashr  qilinishi 

uning shuxratini keskin oshirdi. Keyingi yillarda "Siyosiy iqtisoddan etyudlar" 

(1837)  va  fundamental  tarixiy  asarlar  "Fratsuzlar  tarixi"  (31  tom),  "Rim 

imperiyasi qulashining tarixi" va boshqa asarlari nashr qilindi. 

  S.Sismondi  g‘oyalarining  shakllanishi  sanoat  tuntarilishi  davri  bilan, 

shuningdek,  mayda  ishlab  chiqaruvchilarining  iqtisodiy  kuchsizlanishi  bilan 

bog‘liq  bo‘lib,  bu  esa  o‘z  navbatida  kapitalizmni  feodalizm  o‘stidan,  yirik 

mashinalashgan  ishlab  chiqarishni  mayda  ishlab  chiqaruvchilar  o‘stidan 

galabasini anglatar edi. S.Sismondi mayda ishlab chiqaruvchilar tomonida turib 

kapitalizmni tankid qilib, mayda tovar ishlab chiqarishga kaytishni orzu qildi. 



     

27 


  Sismondi odamlar baxt va tenglikni ta’minlash uchun birlashadilar, degan 

fikrga  asoslandi.  Olim  klassik  maktab  g‘oyalarini  qo‘llaydi,  ammo 

taksimotning  ko‘pdan-ko‘p  muammolari  xususida  o‘z  fikrini  bildirdi. 

Kapitalni, inkirozlarni, maxsulotni realizatsiya qilish masalalarini tadqiq etadi, 

jamiyatni o‘zgartirishni mayda burjuacha dasto‘rini ilgari suradi. A. Smitning 

ta’limotida  qiymat va boylikning birdan-bir manbai mexnat deb taxlil qilingan 

edi.  Zarur  ish  vaqti  tushunchasi  birinchi  bor  joriy  etildi.  Sismondi  pul-ichki 

qiymatga ega bo‘lgan mexnat maxsuloti va shu sababli u qiymatning umumiy 

mezoni  tarzida  namoyon  bo‘ladi,  degan  to‘g‘ri  xulosa  chiqaradi.  Pulning 

kadrsizlanishi  ortiqcha  kogoz  pullar  muomalaga  chiqarilishi  xaddan  ortib 

ketishining  natijasi,  deb  talqin  etiladi.  Ammo  u  pulning  vujudga  kelish 

jarayonini,  uning  vazifasini  tadqiq  etmaydi.  Sismondi  iste’mol  qiymati  bilan 

qiymat  o‘rtasidagi  ziddiyatlarni  ko‘ra  bilgan  bo‘lsa  ham,  ammo  uning 

mohiyatini  tushunmadi.  U  qiymatdan  chetga  chikishni  qiymat  qonunining 

buzilishi deb xisoblaydi. 

S.Sismondi  ta’biricha,  ijtimoy  fan  ikki  qismdan:  oliy  siyosat  va  siyosiy 

iqtisoddan  iborat.  Agar  siyosat  davlat  tarkibini  qanday  vujudga  kelishini 

o‘rgatsa,  fukarolarni  diyonat  va  din  to‘g‘risida  tarbiyalash,  siyosiy  iqtisod 

xo‘jalikni  qanday  boshqarishni,  ijtimoy  tartibni  saklashni  xukumatga  tavsiya 

qilishi kerak. 

Umuman, siyosiy  iqtisod-ma’naviy fan bo‘lib, u odamlarni xis tuygulari, 

extiyojlarini  va  extiroslarini  o‘rganishi  kerak.  S.Simondining  fikricha 

"Odamlarning  moddiy  farovonligi,  inson  tabiati"  siyosiy  iqtisod  predmeti 

bo‘lishi  kerak,  "Odamlarning  moddiy  farovonligi  esa"  davlatga  bog‘liq, 

S.Sismondi  siyosiy  iqtisod  predmetini  davlatning  iqtisodiy  siyosati  bilan  aini 

bir narsa deb biladi, uni sinflardan ustun turadigan fan deb talqin etdi.  U ishlab 

chiqarish  munosabatlari, iqtisodiy qonunlarni bilish zarurligini inkor qiladi. U 

insonning fe’l-atvorini birinchi o‘ringa kuydi. 

S.Sismondi  uslubiyatiga  kuyidagilar  xosdir:  1)  Ijtimoy-iqtisodiy 

jarayonlarni  sub’ektiv-idealistik  talqin  etish;  2)  Ilmiy  abstraksiya  usulining 

yo‘qligi;  3)  Tarixdan  tashqari  yondashuv;  4)  Ayirboshlash  konsepsiyasi 

ustunligi.  Mayda  ishlab  chiqaruvchilar  nazariyatchisi  bo‘lgan  S.Sismondi 

iqtisodiy  qonunlarning  sub’ektiv  xarakterini  tan  olmadi.  U  kapitalistik 

iqtisodiyot notekis rivojlanishini xakli ravishda ko‘rsatgan bo‘lsa ham, bu narsa 

iqtisodiy  qonunlar  amal  qilinishining  o‘ziga  xos  tarzida  namoyon  bo‘lishi 

ekanini ko‘ra bilmadi. 

S.Sismondi  klassik  maktabga  qarama  -  qarshi  ularoq,  mayda  tovar  ishlab 

chiqaruvchilarning  xonavayron  bo‘layotganligini  "Ortiqcha"  axoli  paydo 

bo‘laetganini, 

mashinalar 

 

ishchilarni 



sikib 

chiqarayotganini 

ko‘rsatdi.S.Sismondi  klassik  maktabning  inkirozlar  bo‘lishi  mumkin  emas  va 



     

28 


kapitalizm  ziddiyatlar  nima  ekanligini  bilmaydi  degan  muloxazalarini  tankid 

qildi. Uning tarixiy xizmati mana shundan iborat. 

Olim  o‘z  g‘oyasini  isbotlashda  ishlab  chiqarish  va  iste’mol  o‘rtasidagi 

tafovutni  1-o‘ringa  qo‘yadi.  Yirik  ishlab  chiqaruvchilar  iste’moli  pasayadi, 

oqibatda  mamlakat  va  dunyoda  inqiroz  ro‘y  beradi,  deydi  u.  Shuning  uchun 

yirik  ishlab  chiqarishni  tuxtatish  va  mayda  ishlab  chiqarishga  kaytishni  taklif 

etadi, kapitalizmni inkor etadi. 

S.Sismondi yakka tartibdagi daromadlardan, boyliklardan olingan foyda va 

ishchi  ish  xaqining  yigindisi  bo‘lgan  daromad  muammosiga  utadi.  Bu  milliy 

daromad  bilan  yalpi  maksulotni  aynan  bir  narsa  deb  bilganligi  uning  asosiy 

nazariy  xatosidir.  Agar  u  birlamchi  maxsulotda  A.Smit  izidan  borib,  uch 

qismdan: xom  material va  mexnat kurollarining urni koplanishini, ish xaqi va 

foydani  ajratgan  bo‘lsa  yigindi  maxsulotda  faqat  sunggi  qismni  ajratadi. 

Doimiy qism yo‘q bo‘lib ketadi. Kapital deganda S.Sismondi ishlab  chiqarish 

zapaslarini  (ishlab  chiqarish  vositalarini)  tushunadi.  U  kapital  jamgarilishini 

tejamkorlik  bilan  boglaydi,  S.Sismondi  asosiy  (mashinalar,  ish  kurollari)  va 

aylanma  (uruglik,  xomash’yo,  ish  xaqi)  kapitalini  bir-biridan  ajratib 

A.Smitning  hamma  xatolari  va  yutuklarini  takrorlaydi.  U  kapitalni  doimiy  va 

o‘zgaruvchi  kapitalga  ajrata  bildi.  Oxir  oqibatda    Sismondi  kapitalni  milliy 

daromaddan  farqini  izoxlay  olmadi  va  uning  o‘stiga  Smitning  shu  ikki 

o‘rtadagi  tafovo‘tini  nazariy  jixatdan  isbotlash  yo‘lidagi  intilishlarini  pisand 

qilmay, orqaga kadam tashladi. 

"Uchinchi  shaxslar"  nazariyasi  Sismondi  nazariy  qarashlarida  asosiy 

o‘rinni egallaydi, u ishlab chiqarish va ijtimoy daromad xajmlarining birligini 

ijtimoiy  maxsutotni  to‘la-tukis  realizatsiya  qilishning  asosiy  sharti  deb 

xisoblaydi.  "Uchinchi  shaxslar"    yana  mayda  ishlab  chiqaruvchilarga  madad 

berishiga  umid  boglaydi,  turli  mamlakatlarning  xukumatlariga  murojat  etib, 

ularning  kapitalistik  rivojlanishini  to‘xtatsinlar,  deb  suraydi  (masalan, 

napoleondan) jamiyat mayda ishlab chiqarishga kaytgan takdirdagina guyo mul 

-qulchilik boshlanar emish (mulkni bo‘lish kerak). 

Ishlab  chiqarish  bilan  taksimot  o‘rtasidagi  ziddiyatni  shaxsiy  istemolning 

takror  ishlab  chiqarish  jarayonlari  uchun  muximligini  tan  olganini  Sismondi 

o‘rtaga tashlagan konsepsiyaning ijobiy jixatidir. 

Sismondi  kapitalistik  yo‘ldan  voz  kechishni  taklif  qildi.  Kapitalizmni 

tartibga  solishga,  ishchilar  bilan  kapitalistlar  o‘rtasidagi  patriarxalchilik 

munosabatlarini  o‘rganishga,  ishchilarni  foydani  taksimlashda  katnashtirishga 

ishsizlar,  invalidlar  xaqida  gamxurlik  qilishda  va  buning  uchun  maxsus 

fondlarni  vujudga  keltirishga,  mayda  ishlab  chiqarishni  saklab  qolish  va 

qo‘llab-quvvatlashga, manufakturagacha bo‘lgan yirik mulkchilikni ko‘p sonli 

kapitalistlar  o‘rtasida  taqsimlashga  chaqirdi.  U  yo‘llanma  ishchilarni  ham 




     

29 


mulkdorlar safiga kushishni orzu qildi. S.Sismondi davlatning yordamiga umid 

qildi. 


Bu g‘oyalar insoniy jixatdan soglom, ammo amalga oshmas fikr edi. 

Uning  ijtimoiy  tadbirlar  dasturi  reaksion  -  xayolparastlik  xarakteriga  ega. 

S.Sismondi  ob’ektiv  tarixiy  jarayonga  tuskinlik  qilishga  o‘rinadi.  O‘z 

muloxazalarini  Fransiyada  xali  ham  kuchli  bo‘lgan  feodal  tuzum 

ximoyachilariga qul kelishini sezmaydi.  


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish