«sanoat marketingi» kafedrasi


  A.Smitning  iqtisodiy  g‘oyalari.  Uning  «xalqlar  boyligi»  asaridagi



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/63
Sana14.08.2021
Hajmi0,62 Mb.
#147978
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Bog'liq
iqtisodiy bilimlar tarixi

2.  A.Smitning  iqtisodiy  g‘oyalari.  Uning  «xalqlar  boyligi»  asaridagi 

iqtisodiy qarashlar. 

A.  Smit  (1723-1790)  Shotlandiyaning  kerqoldi  shaxrida  bojxona 

chinovnigi  oilasida  dunyoga  keldi.  Glazgo  va  Oksford  universitetlarida  ta’lim 

oldi. 


1759  yilda  o‘qigan  leksiyalari  asosida  etikaning  falsafiy  muammolariga 

bagishlangan o‘zining birinchi «Axlokiy xissiyot nazariyasi» kitobni yaratdi. U 

1766  yilda  o‘zining  bosh  asari  –«  Xalqlar  boyligining  tabiati  va  sabablari 

to‘g‘risidagi tadqiqot»ni yozishga kirishdi. Bu asar 1776 yil martda Londonda 

chop etildi. Smitning bu asari 5 kitobdan iborat bo‘lib, birinchisida qiymat va 

qo‘shimcha  daromad  muammolari  tadqiq  etildi,  ikkinchisida  –  kapital 

jamgarilishining  shakllanishi  davrida  yevropaning  iqtisodiy  rivojlanishi, 

uchinchisida 

– 

kapitalizm 



taraqqiyotining 

tarixiy 


shart-sharoitlari, 

turtinchisida-  Merkantilizm  va  fiziokratlarning  bilimlariga  munosabati, 

beshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. A.Smit tomonidan tadqiq 

etilgan  insonning  tabiati,  inson  va  jamiyat  orasidagi  munosabatlar  klassik 

(mumtoz) maktab qarashlarining asosini tashqil etdi. Bunda «Iqtisodiy odam» 

tushunchasi  keninrok  paydo  bo‘lishiga  qaramasdan,  uning  kashfiyotchilari 

A.Smitga tayanganlar. 

  Smit  o‘z  asarlarida  va  tadqiqotlarida  odamlar  ba’zi  bir  shunday  tabiiy 

xususiyatlarga  egaki,  ular  ijtimoiy  tuzumga  bog‘liq  emas,  degan  xulosaga 

asoslandi. Ana shunday xususiyatdan biri Egoizm bo‘lib, odamlar o‘z xo‘jalik 




     

19 


faoliyatlarida unga amal qiladilar. Xar bir odam o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zda 

tutadi,  ammo  bu  xolatda  ko‘p  boshqa  xolatlardagi  kabi,  u  «Ko‘rinmas  qul» 

tomondan uning niyatida ham bo‘lmagan maksad sari yo‘naltirildi. 

Smitning  ta’rificha  foyda  ketidan  kuvish  va  raqobat  butun  jamiyatga  naf 

keltiruvchi  faoliyat  deb  qaraladi  (Sho‘rolar  davrida,  markscha-Lenincha 

g‘oyada tankid qilinar edi). 

  A.Smit  kapitalistik  jamiyatni  tabiiy  tuzum  bilan  bir  deb  tushungan, 

shuning  uchun  kapitalistik  munosabatlar  adabiy,  kapitalistik  xo‘jalik 

namoyandalarining  xususiyatlari  odamning  tabiiy  xususiyatlari  kabidir,  deb 

izoxlaydi.bu fikrni bozor munosabatlariga ham tadbiq etish mumkin. 

  A.Smit  abstraksiya  usulidan  foydalanib  qator  chuqur  ilmiy  xulosalarga 

keldi, xodisalarning ichki boglanishi  masalalariga kirib bordi. Shunga parallel 

ravishda u boshqa yo‘ldan ham bordi, kapitalistik xaqikat to‘g‘risidagi bevosita 

ko‘zatish  natijalarini  umumlashtirdi.  Birinchi  metod  izoterik,  ikkinchisi  - 

ekzoterik usullar deb ataladi. 

Mexnat taksimoti va pul to‘g‘risidagi ta’limot. Smit o‘z davri uchun mos 

ravishda  manufakturani  ishlab  chiqarishning  eng  ilgor  shakli  deb  baxolaydi, 

uning  tarixan  utkinchiligini  tushunmaydi.  A.Smitning  iqtisodiy  qarashlari 

asosida  shunday  g‘oya  yotadiki,  unga  ko‘ra  jamiyat  boyligi  ishlab  chiqarish 

jarayonida  mexnat  tufayli  paydo  bo‘ladi.  A.Smit  mexnatni  barcha  sohalarda 

(sanoat,qishloq  xo‘jaligi,  xizmat  ko‘rsatish  sohalari)  boylikning  asosi  deb 

biladi.  U  kapitalistik  ishlab  chiqarishning  manufaktura  boskichini  taxlil  qilish 

asosida iqtisodiy progress (taraqqiyot) ning muxim omili mexnat taksimotidir, 

degan  xulosaga  keldi.  Birinchidan,  mexnat  taksimoti  tufayli  ayrim 

ishchilarning  chakkonligi  va  moxirligi  oshadi.  Ikkinchidan,  bir  turdagi  ishdan 

boshqasiga o‘tish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi. Uchinchidan, mexnat 

taksimoti  mashinalar  ixtiro  qilishga  imkon  tugdiradi,  ya’ni  takrorlanadigan 

jarayonlar mashina qullashga qulaylik yaratadi. 

A.Smit  asarida  mexnat  taksimotining  salbiy  tomonlari  ham  berilgan  (bir 

xil  mexnat,  toliqish…)  manufakturadagi  mexnat  taksimoti  va  endigina 

rivojlanib  kelayotgan  mashina  sanoatining  salbiy  oqibatlari  ham  tan  olinadi. 

Smit  tovar  dunyosida  pulning  stixiyali  ravishda,  uzoq  rivojlanish  jarayoni 

natijasida  ajralishini  ko‘rsatib  berdi.  Smit  pulning  muomala  vositasi 

funksiyasini  boshqalarga  nisbatan  alohida  ta’kidlaydi.  Oqibatda  Smitning 

fikricha,  pul  texnik  kurol  bo‘lib,  iqtisodiy  jaraenlarni  yengillashtiradi,  uni 

«Muomalaning  buyuk  gildiragi»  deb  baxolaydi.  A.Smit  qiymatning  mexnat 

nazariyasini V.Pettining nazariyasiga nisbatan ancha chuqur va to‘larok ishlab 

chikdi.  A.Smit  qiymatni  daromad  bilan  ham  tenglashtirishga  o‘ringan.  U 

aytadiki,  ish  xaqi,  foyda  va  renta  xar  qanday  daromadning,  xuddi  shuningdek 

xar qanday almashuv qiymatining dastlabki uch manbaidir.  




     

20 


Demak,  Smit  kapitalizmiga  xos  yana  bir  qiymat-  daromad  nazariyasini 

uylab topdi, bu yerda daromad ish xaqi darajasi, foyda, renta bilan aniklanadi. 

Qiymatni  daromadlar  asosida  tushuntirish  olimning  qiymatning  mexnat 

nazariyasiga qarama - qarshidir. 

Daromadlar to‘g‘risidagi ta’limot 

A.Smit  jamiyat  a’zolarining    ishlab  chiqarish  vositalariga  bo‘lgan 

munosabatlariga  ko‘ra  uch  sinfni  ajratib  berdi:  ishchilar,  kapitalistlar  va  yer 

egalari.  Xar  bir  sinf  o‘zining  asosiy  daromadini:  ishchilar,  ish  xaqini, 

kapitalistlar  foydani,  yer  egalari  esa  rentani  oladilar.    Ular  o‘rtasida 

nomuvofiklik yo‘q. Ish xaqi, ya’ni ishchining daromadi Smitning fikri bo‘yicha 

mexnat maxsuloti bo‘lib, mexnat uchun to‘lanadigan tabiiy mukofotdir, oddiy 

takror  ishlab  chiqarishda  ham  mexnat  xaqi  mavjuddir.  U  oddiy  ishlab 

chiqaruvchi  bilan  yollanma  ishchining  daromadlarini  bir  deb  bildi.  U  oddiy 

takror ishlab chiqarishda «Ish xaqi» ishchining butun mexnat maxsulotiga teng.  

  Smit ta’limotida ishchi kuchi degan kategoriya yo‘q, u kapitalist va ishchi 

o‘rtasidagi munosabatda ishchi kuchi sotilishi jarayonini tushunmagan. Ammo 

ish  xaqining  normal  darajasini  aniklashda  u  amalda  ishchi  kuchining 

qiymatidan  foydalangan,  ish  xaqining  miqdori  to‘g‘risida  gap  borganda  esa 

tirikchilik xarajatlari qiymati xisobga olinishi kerak, deydi. Smit foyda normasi 

va  protsent  (foiz)ning  past  darajasini  iqtisodiy  rivojlanish  va  «Millatning 

ravnaki»  ko‘rsatkichi  deb  xarakterladi,  ammo  foyda  normasining  pasayib 

borish tendensiyasini tushuntirib bera olmadi.  

Unumli va unumsiz mexnat to‘g‘risidagi ta’limot. 

Smitda  bu  masala  ancha  mukammal  taxlil  etilgan.  Fiziokratlarda 

qiymatning  manbai  u  yoki  bu  konkret  mexnat  shakllari  emas,  qaysi  sohada 

bo‘lishining  farqi  yo‘q,  balki  umuman  mexnat  ekanligini  ko‘rsatib  berdi. 

Smitning fikricha, qiymat foyda umumiy ijtimoiy mexnat bilan yaratiladi.  

Avvalo kapitalga almashuvni, ya’ni  foyda yaratuvchi mexnat unumli deb 

e’lon  qilinadi,  maksadidan  kat’iy  nazar  odamlarning  boshqa  turdagi  faoliyati 

unumsiz mexnat xarajatlari deb aytiladi. Unumli va unumsiz mexnatning farqi 

shundaki, birinchisi kapitalga almashtiriladi. 

Tovarda  o‘z  aksini  topgan  mexnat  unumli,  xizmat  sohalari  unumsiz 

mexnat bo‘lib chikadi (marjinalizmda boshqacha fikr). Smitning tasdiklashicha 

davlat daromadining deyarli hammasi unumsiz elementlarni ta’minlash uchun 

sarf  bo‘ladi,  shu  sababli  jamiyatda  bunday  guruxlar  imkoni  boricha  kam 

bo‘lishi  kerak,  deydi,  ya’ni  u  arzon  davlat  tarafdori  bo‘lgan,  bunga  kushilish 

mumkin. 

  A.Smit  erkin  raqobat  davridagi  Buyuk  Britaniyadagi  iqtisodiy  siyosatni 

asoslashga  katta  e’tibor  berdi.  U  ishlab  chiqaruvchilarga  iqtisodiy  erkinlik 



     

21 


ta’minlashni,  davlatning  iqtisodiy  xaetga  aralashmasligini  ta’rifladi,  ammo 

mamlakat xavfsizligi iqtisodiyotdan ustun, deyiladi. 

  Smit  merkantilizmga, shu bilan birga savdodagi proteksionizmga (davlat 

tomonidan  cheklashlar,  soliq,bojxona  va  boshqalar),  tashki  savdodagi  xar 

qanday cheklashlarga qarshi edi, demak erkin iqtisodiyotni qo‘llaydi.  

  Smit  nochor  axvolga  tushib  qolgan  iqtisodiyotni  rivojlantirish  uchun 

kuyidagi uch omilni ko‘rsatib bergan edi: 1. Mamlakatda tinchlik, osoyishtalik 

bo‘lishi  va  saqlanishi.  2.  Me’yoridagi  yengil  soliqlar  tizimi.  3.  Davlat 

iqtisodiyot ishlariga xadeb aralashavermasligi zarur, iqtisodiyot tabiiy ravishda 

amalga oshaveradi. 

3.D.Rikardoning iqtisodiy ta’limoti. 

  Ingliz  klassik  iqtisodiyotining  mashxur  namoyondasi  D.  Rikardo  (1772-

1823) Petti va Smitning iqtisodiy g‘oyalarini yanada rivojlantirdi. U Londonda 

burjua  dalloli  oilasida  tugildi.  Ikki  yil  Amsterdam  (Gollandiya)  da  savdo 

maktabida  ta’lim  oldi.  D.Rikardo  dastlab  birja  dalloli,  keyinroq  matematika 

ukituvchisi bo‘ldi. 

  Tarixiy  manbalarga  qaraganda,  D.Rikardo  1799  yilda  kurortda 

A.Smitning  "Xalqlar  boyligi"  asarini  ko‘rib  qoladi va unda  bu  fanga  ishtiyok 

paydo  bo‘ladi.  U  jamiyat  moddiy  boyligi  o‘sishi  uchun  ijtimoiy  va 

taksimotning  qanday  sharoitlari  eng  qulay  va  optimal  degan  masalaga 

tuxtaladi. Rikardo yagona iqtisodiy konsepsiya asosi-pul muammosi va kredit, 

xalqaro  iqtisodiy  munosabatlar,  soliq,  yer  rentasi,  xalqaro  mexnat  taksimoti 

to‘g‘risida fundamental fikrlar berdi. 

  Smitdan  keyinroq  yashagan  Rikardo  sanoat  inqilobi  natijalarini  to‘larok 

tushundi. Uning fikrlari nisbatan teran bo‘lib, klassik iqtisodiyotni nixoyasiga 

yetkazdi;  u  agar  A.Smit  manufakturasini  qullasa,  Rikardo  sanoat  davrining 

iqtisodchisi edi va fabrika afzalligini tushundi. Uning dastlabki «Oltin ajdaxosi 

to‘g‘risida  uch  xat»  (1809)  va  boshqa  asarlari  pul  va  muammolarining  taxlil 

qilishga bagishlangan. 1807 yilda uning asosiy asari  bo‘lgan «Siyosiy iqtisod 

va soliq solishning boshlanishi» chop etildi. 1824 yilda yozilgan «Milliy bank 

tuzishning rejasi» asari esa uning vafotidan keyin bosilib chikdi. 

  Rikardo  qiymat  qonunini  ishlab  chikishda  Smitning  xulosalariga,  garchi 

ularni  qisman  rad  etsada,  suyandi  va  ularni  rivojlantirdi.  U  tovarning  ikki 

faktori: iste’mol va almashuv qiymatlarini yanada anikrok o‘rgandi.  

  Rikardo  Smit  kabi  qiymatning  mexnat  nazariyasini  kapitalistik  ishlab 

chiqarish sharoitida qullashda katta qiyinchiliklarga uchradi. Qiymatning ishlab 

chiqarish  baxosiga  aylanish  muammosiga  e’tibor  berdi  va  uni  xal  etishga 

o‘rindi.  Real  xayotda  kapitaldan  olinadigan  foyda  shu  kapitalning  miqdori 

bilan aniklanadi yoki foyda normasi mutaddillashish tendensiyasiga ega. 



     

22 


  Rikardo  ish  xaqi,  foyda  va  renta  masalalarini  yechishga  katta  xissa 

kushdi.  U  Smit  kabi  asosiy  uch  sinfning  dastlabki  daromadlari  masalasiga 

e’tibor  berdi.  U  mexnatni  tovar  deb  (aslida  ishchi  kuchi  tovar)  xisoblab 

mexnatning  bozor  baxosi  (ish  xaqi)  tabiiy  baxo  bo‘ladi  va  shu  atrofda 

o‘zgaradi  deb  xisoblagan;  tabiiy  baxo  deganda  ishchi  kuchining  qiymatini 

tushungan.  Rikardo  masalaga  tarixiy  an’analar  asosida  yondoshishga  o‘rinsa 

ham mexnatning tabiiy baxosini jismoniy minimumga tenglashtiradi: masalan, 

nonning baxosi va ish xaqining pul miqdori o‘rtasida bevosita bog‘liqlik bor, - 

deydi  u,-  agar  nonning  baxosi  oshganda  ish  xaqi  o‘zgarmasa  ishchilar  och 

qoladi va ulimga maxkum etiladi. Rikardo pul va pul muomalasi masalalariga 

katta  e’tibor  qildi.  U  dastlabki  asarlarida  pulni  ichki  qiymatga  ega  bo‘lgan 

tovar  deb  qaragan.  Pul  qiymati  uni  topishga  sarf  qilingan  mexnat  bilan 

aniklangan 

Rikardo pulning xususiyati shundaki, u alohida tovar, boshqa tovarlarning 

qiymat ulchovi va muomala vositasi sifatida xarakat qiladi,- deydi. 

Rikardo  angliyaning  tashki  aloqalar  iqtisodiyotida  katta  rol  uynashini 

alohida  o‘rgandi.  U  birinchilardan  bo‘lib  ayrim  tovarlarni  ishlab 

chiqarishdagina  emas,  (korxona  doirasida),  balki  mamlakatlar  o‘rtasidagi 

xalqaro  mexnat  taksimoti  va  ixtisoslashuvining  foydaliligini  ishlab  chikdi.  Bu 

tamoyil  ko‘ra,  ayrim  mamlakatlar  tovarlarni  ishlab  chiqarishda  ayrim 

qiyinchiliklarga  ega  bo‘ladi  va  kam  xarajat  sarf  qilinadi.  Nisbiy  ustunlik 

nazariyasini yaratdi. Misol sifatida Angliyada tekstil, Portugaliyada vino ishlab 

chiqarish ustunligini isbotlab berdi. 

  Rikardoning  1815  yilda  yozilgan  «Nonga  bo‘lgan  past  baxoning  kapital 

foydasiga  bo‘lgan  ta’siri  to‘g‘risidagi  tajriba  nomli  pamfletida  sinflarning 

iqtisodiy munosabatlari va kapitalizm rivojlanish nazariyasi kiska, ammo lunda 

tarzda  bayon  etilgan.  Uning  asosiy  xulosalari  kuyidagilardan  iborat:  agar 

iqtisodiyot rivoji o‘z xoliga kuyilsa, axolining o‘sishi va kam unumdor yerlarga 

ishlov berilishiga o‘tishi tufayli qishloq xo‘jaligi maxsulotlarining baxosi oshib 

boradi.buning barcha foydasi yer egalari bo‘lgan lendlordlarga utadi. 

Vaxolanki,  kapitalga  bo‘lgan  foyda  normasi  pasayadi.  Bundan  esa 

ishchilar ham ziyon ko‘radi, chunki ularning mexnatiga talab pasayib boradi. 




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish