1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
G.M.DAVLYATOVA, O.N. TO’YCHIYEVA, A.A.SALIMOV
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH
DARSLIK
(5230100 ―Iqtisodiyot‖ ta‘lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan)
FARG’ONA-2020
―Sanoat korxoalarida ishlab chiqarishni tashkil etish‖. Darslik
G.M.Davlyatova, O.N.To‘ychiyeva, A.A.Salimov
Darslikda sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishning nazariy
va amaliy asoslari yoritilgan. Xususan, ishlab chiqarish korxonalari tuzilmasi va
xarakteristikalari, ishlab
chiqarish turlari va usullari,
ishlab chiqarishni tashkil
etishning oqimli va partiyali usullari, yordamchi va xizmat ko‘rsatish
xo‘jaliklarini tashkil etish, ishlab chiqarishni texnik tayyorlash, korxonada texnik
nazoratni tashkil etish, korxonalarida mehnatni tashkil etish, sanoat korxonalarida
tezkor rejalashtirish masalalariga e‘tibor qaratilgan.
Darslik 5230100 ―Iqtisodiyot‖ (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha) ta‘lim
yo‘nalishida tahsil olayotgan oliy o‘quv yurti talabalari va professor-o‘qituvchilar
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan iqtisodiyotning turli sohalaridagi mutaxassislar
ham foydalanishi mumkin.
Taqrizchilar:
I.f.d., professor N.Maxmudov
I.f.n., dotsent I.Xotamov
I.f.n., dotsent E.A.Muminova
KIRISH
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, aholining turmush farovonligini
oshirish zaruriyati insonlardan yangicha iqtisodiy fikrlashni talab qiladi.
Bu esa
ularda iqtisodiy bilimlarni o‘zlashtirish zaruriyatini keltirib chiqarali. Xususan,
2019 yil 8 oktyabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
―O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida‖gi PF-5847-sonli farmoniga asosan ilm-
fanni yangi bosqichga ko‘tarish ustivor vazifa sifatida
belgilanganligi malakali
kadrlarni tayyorlashga yangi talablarni qo‘yadi. Ayniqsa, mamlakatimizda
iqtisodiy sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojni
qondirish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, O‘zbekistonni yuqori
darajadagi industrlashgan mamlakatga aylantirish sanoat korxonalari faoliyatini
takomillashtirish bo‘yicha asoslangan qarorlarni qabul qilishni talab qiladi.
Zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish qoidalarini
va shakllarini hamda
usullarini mukammal o‘zlashtirgan mutaxassisgina mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirishni ta‘minlaydi. Vaholanki hozirgi vaqtda turli mahsulotlar ishlab
chiqaruvchi korxonalarni barpo etish va shu orqali iqtisodiyotni mustahkamlash
ustuvor masala sifatida belgilangan.
Qo‘yilgan ushbu masalalarni hal qilish yuqorida
aytilganidek chuqur
iqtisodiy bilimlarni talab etadi. Shuning uchun malakali iqtisodchi kadrlarni
tayyorlashda ―Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish‖ fanining
ahamiyati beqiyosdir. ―Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish‖ fani
ixtisoslik fanlar blokidagi tanlov fani sifatida ―Iqtisodiyot‖ ta‘lim yo‘nalishining
o‘quv rejasiga kiritilgan. ‖Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish ‖
fanini o‘zlashtirish davomida talabalar korxonalarning tashkiliy huquqiy shakllari,
ishlab chiqarish tuzilmasi, ishlab chiqarish turlari va usullari, mahsulot sifatini
nazorat qilish usullari, korxonada strategik va taktik rejalashtirishni tashkil etish
bo‘yicha bilim va malakalarini shakllantiradi.
Darslikning mazmuni talabalarda sanoat korxonalari
faoliyatini samarali
tashkil etish bo‘yicha mustaqil mushohada yuritishga ega bo‘lish imkoniyatlarini
beradi. Shunindek, unda korxona faoliyatini tashkil etishga tegishli masalalarni
berilishi talabalarda qisqa muddat davomida faoliyatni tahlil qilish va yechim topa
olish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Shuningdek, bu fan talabalarga zamonaviy
sharoitlarda korxonani qanday tashkil etish, uning faoliyatini yuritishga
yo‘naltirilgan zarur bilimlarni bergan holda faoliyatni
samarali tashkil etish
bo‘yicha mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantiradi.