3.Ishlab chiqarish quvvati va ulardan foydalanishni yaxshilash yo‘llari
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘llaridan biri mavjud ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashdir. Ishlab chiqarish quvvatlaridan qanchalik to‘la va unumli foydalanilsa, ko‘proq mahsulot ishlab chiqariladi, mahsulotning tannarxi kamayadi, korxonaning foydasi va samaradorligi oshadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati vaqt birligi ichida belgilangan assortiment va nomenklatura, mavjud dastgohlar, ishlab chikarish maydonlaridan to‘liq foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini ifodalaydi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati natura birligida o‘lchanadi. Masalan, metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish quvvati tonnada, to‘qimachilikda yigirilgan ip tonnada, gazlamalar metrda, avtotraktor tarmoqlarida avtomobillar va traktorlar donalab o‘lchanadi.
Ishlab chiqarish quvvati korxonaning texnik darajasi, unumdorligi, kadrlar malakasi, xomashyolarning sifati va mahsulotlarning assortimentiga qarab o‘zgarib boradi.
Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati – bu, ma’lum bir vaqt davomida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg‘or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko‘rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatiga ko‘ra aniqlanadi.
Sanoat korxonasining ishlab chiqarish quvvati ilg‘or (asosiy) sexlar quvvati bilan, sexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish
quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
uskunalar tarkibi va turlar bo‘yicha soni;
uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma (normativ) lari;
uskunalarning ishlash vaqti fondi;
ishchilar soni;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-xilligi).
Sanoat korxonasi ishlab chiqarish quvvatining boshlang‘ich (yil boshida), yakuniy (yil oxirida), o‘rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. Shu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko‘pincha korxonaning amaldagi quvvati bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Sanoat korxonasia ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan tashqari, barcha o‘rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba’zi bir sexlarda (yig‘uv, quyuv va boshqa sexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga asosan hisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt normasi yoki har bir uskunaning unumdorlik normalari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular ilg‘or hamda progressiv bo‘lishi talab qilinadi.
Sanoat korxonasi bosh bo‘g‘inining (asosiy sexining) ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Quvvat= n* Fmaks/ Mt
Bu yerda: Quvvat - sanoat korxonasi sexining yoki uchaskaning qabul qilingan o‘lchov birligidagi ishlab chiqarish quvvati;
n - sanoat korxonasi sexining yoki uchastkadagi ilg‘or uskunalar soni;
Fmaks –bosh uskunadan foydalanish mumkin bo‘lgan maksimal muddat,
soat; soat.
Mt –bosh uskunada mahsulot tayyorlashning progressiv mehnat sig‘imi, Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini
hisoblashda ba’zida xatolar, ular o‘rtasidagi farqni sezmaslik hollari ham uchrab
turadi. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va aniqlangan zahiralardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan maksimal darajani tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni hisoblash natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda foydalanishning darajasini aniqlaydi.
Demak, ular o‘rtasidagi prinsipial farq shundaki, birinchi holatda korxona ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarning maksimal darajasi aniqlansa, ikkinchi holda mazkur davr mobaynida uskunalardan qanchalik foydalanilishi
aniqlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan mazkur chora-tadbirlar, ko‘pincha ishlab chiqarish quvvatlari balansini tuzish yo‘li bilan amalga oshirilib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va ularni ta’minlash manbalariga bo‘lgan ehtiyoji aniqlanadi.
Sanoat korxonasida ishlab chiqarish quvvatini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
mavjud uskunalar va agregatlarning soniga ta’mirlashdagi uskunalar, rejalashtirish davrida yangidan kiritilgan uskunalar qo‘shiladi. Lekin jismoniy va tabiiy sharoit ta’sirida yemirilgan uskunalar hisobga kiritilmaydi;
korxonalar va sexlarning ishlab chiqarish maydonlari haqidagi ma’lumot;
v) korxonalarning ish rejimi, ya’ni smenalar soni (ta’mirlashga to‘xtash vaqtisiz), ish vaqti fondi;
uskunalar, agregatlarning unumdorlik normasi.
Ishlab chiqarishda turli uskunalardan foydalanish, korxonaning kuvvati asosiy texnologik jarayonlarni bajaradigan yetakchi sexlar, bo‘linmalar yoki agregatlarning quvvatlariga binoan xisoblanadi.
Turli korxonalar (birlashmalar)ning ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda ularning xususiyatlari inobatga olinadi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |