- yoqilg‟i;
- tara va o‟rov materiallari;
- asosiy fondlarni joriy ta‟mirlash uchun ehtiyot qismlar;
- ishlab chiqarish va xo‟jalik inventari.
2. Tugallanmagan ishlab chiqarish - ma‟lum sexda mahsulotga to‟la
aylanmagan, ishlab chiqarish jarayonidagi yoki texnik nazoratdagi mahsulot.
Ishlab chiqarish zaxiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish ishlab chiqarish
fondlarining moddiy asosini tashkil etadi.
3. Kelgusi davr xarajatlari - aylanma fondlarning elementi bo‟lib, nomoddiy
shaklga ega bo‟lgan
ishlab chiqarishni tayyorlash, yangi mahsulotni o‟zlashtirish
xarajatlari bo‟lishi mumkin.
Aylanma fondlar natural va qiymat ko‟rinishida hisobga olinadi.
Aylanma fondlarning moddiy buyum elementlarini tejash mahsulotning
material sig‟imini tejab, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
korxonalarida moddiy resurslarning tejashning quyidagi yo‟nalishlari
mavjud:
1. Ishlab chiqarish-texnikaviy yo‟nalish natijasida ma‟lum mahsulotning
material sig‟imini kamaytirish.
- yaratilyotgan mashina va mexanizmlarning texnologik sifatini saqlab qolgan
holda material sig‟imini kamaytirish;
- tejamkor texnologiya va uskunalarni qo‟llash;
- kam chiqimli va chiqindisiz
texnologiyalardan foydalanish; (quyma va
metallni bosim bilan ishlash va boshqa samarali metodlarni qo‟llash);
- metalllarning maqsadga muvofiq turlaridan foydalanish;
- an‟anaviy konstruksion materiallar o‟rniga yangi o‟rindosh materiallardan
foydalanish.
Hozirgi vaqtda sanoatida polimer materiallar
va kukun metallurgiya
buyumlari keng qo‟llanilmoqda. Plastik materallarni ishlatish mashina va
mexanizmlar og‟irligini kamaytirib o‟z navbatida ularni ishlatish jarayonida
yoqilg‟i va energiya resurslarini tejashga imkon beradi.
Tashkiliy-iqtisodiy yo‟nalish - bu korxonada
moddiy resurslarni iqtisod
qilishni ta‟minlaydigan yo‟nalish.
- moddiy-texnika ta‟minotining progressiv shakllarini qo‟llash;
-
moddiy
resurslarni
transportirovka
qilish
va
saqlashdagi
nobudgarchiliklarni yo‟qotish;
- ombor xo‟jaligi ishini samarali tashkil etish;
- xomashyo, materiallar, yoqilg‟i va energiya sarfi me‟yorini ishlab chiqarish
va texnik jihatdan asoslab berish;
- brakli mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish.
Aylanma mablag‟larning umumiy miqdorini tashkil
qiluvchi har bir guruh
yoki moddaning foiz hisobidagi ulushi ularning strukturasini ifodalaydi
Korxona aylanma mablag‟lari tarkibida ishlab chiqarish zaxiralari ulushi
salmoqli qismni tashkil etadi.
Aylanma fondlar strukturasiga ishlab chiqarishning turkumligi,
ishning
mavsumiyligi, korxonaning materiallar bilan ta‟minlanish shartlari, hisob-kitoblar
shakli va boshqalar ta‟sir ko‟rsatadi.
Korxonaning aylanma mablag‟lari strukturasi o‟zgarishini
tahlil etish uning
moliyaviy holati va resurslarni boshqarish sifatini baholash imkoniyatini beradi.
Masalan, tugallanmagan ishlab chiqarish ulushining ortib borishi ishlab
chiqarish jarayonini tashkil etish va boshqarishdagi kamchiliklarini ko‟rsatadi.
Debitorlik qarzlar ulushini ko‟payishi korxona moliyaviy holatining
yomonlashishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: