2.
Sanoat ishlab chiqarishning mineral xom ashyo manbai
3.
Resurslar tejamkorligining strategiyasi va taktikasi.
1.Sanoatda xom ashyo, uning xususiyatlari va turkumlanishi
Qayta ishlovchi barcha sanoat tarmoqlarining
ishlab chiqarish jarayonida
qatnashuvchi elementlardan biri xom ashyodir, chunki xom ashyosiz hech qanday
mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas.
Xom ashyo
deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun ma’lum
darajada
mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir qadar o‘zgargan mehnat buyumiga
aytiladi. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat
hosil qiladi. Natijada xom ashyoning to‘la qiymati tovar shaklini olgan yalpi
mahsulotga o‘tadi.
Xom ashyo asosiy va yordamchi materiallarga bo‘linadi.
Asosiy xom ashyo tayyor mahsulotning moddiy asosini tashkil qiluvchi mehnat
buyumidir. Tayyor mahsulot tarkibiga kiruvchi yoki
asosiy xom ashyoni qayta
ishlashga zarur sharoit yaratib beruvchi qolgan barcha mehnat buyumlari yordamchi
materiallar deb ataladi.
Mehnat buyumlarining mahsulot ishlab chiqarishda qay tarzda qatnashishiga
qarab ular ham xom ashyo (asosiy xom ashyo), ham yordamchi material bo‘lishi
mumkin. Masalan, neft yoqilg‘I sifatida yordamchi material bo‘lsa,
benzin yoki
kerosin ishlab chiqarishda esa xoma shyodir.
Xom ashyo keng miqyosda iste’mol buyumlari hamda ishlab chiqarish
mahsulotlari olish uchun ishlatiladigan tabiiy materiallardan iborat.
U quyidagi
talablarga javob berishi kerak:
-miqdori jihatidan yetarli bo‘lishi;
-qazib olish arzon va oson bo‘lishi;
-texnologik jarayonlar oson borishi kerak.
Har bir xom ashyo mehnat buyumidir, lekin har bir mehnat buyumi xom ashyo
emas. Mehnat buyumi mehnat vositasi bilan ma’lum darajada o‘zgargandan
keyingina xom ashyoga aylanadi. Yer ostidagi foydali qazilmalar,
yovvoyi
hayvonlar, daraxtlar va hokazolar xom ashyo bo‘lmay, balki potensial tabiiy
boyliklardir.
Mehnat vositasi
yordamida ovlangan hayvonlar, qazib olingan ma’danlar,
kesilgan daraxtlar va boshqalar xom ashyo hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida bir yoki bir necha bosqichda qayta ishlangan bo‘lsa-
yu, lekin tayyor mahsulot sifatida iste’mol qilina olmasa,
uchala mahsulot, ya’ni
yarim fabrikat deb ataladi.
Xom ashyo resurslarini xom ashyodan farq qilmoq kerak. Xom ashyo
resurslariga mamlakatdagi
foydali qazilmalar konlari, o‘rmon maydonlari, uy
hayvonlari va shu
kabi tabiiy boyliklar kirsa, ular qazib chiqarilgan yoki ishlab
chiqarish uchun mehnat sarflangandagina xom ashyoga aylanishi mumkin.