Shartnoma shakllari va oferta hamda shartnomani aktseptlash.
Agar qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun ma’lum bir shakli belgilab qo’yilgan bo’lmasa, shartnoma bitimlari tuzish uchun nazarda tutlgan har qanday shaklda tuzilishi mumkin.
Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro’yhatidan o’tkazilishi shart bo’lgan shartnoma notarial tasdiqlangan yoki ro’yhatdan o’tkazilgan paytda e’tiboran, notarial tasdiqlanishi va ro’yhatdan o’tkazilishi zarur bo’lganda esa – shartnoma ro’yhatdan o’tkazilgan paytdan e’tiboran shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan bo’lsalar, garchi qonunda bu turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan bo’lmasada shartnoma belgilangan shaklga keltirilgandan keyin tuzilgan hisoblanadi.
Yozma shartnomalar taraflar imzolangan 1 ta hujjatni tuzish yo’li bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli sur’atda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo’li bilan tuzilishi mumkin.
Shartnoma taraflaridan birining oferta (shartnoma tuzish haqidagi taklif) yo’llash va ikkinchi taraf uni aktseptlash (taklifni qabul qilish) yo’li bilan tuziladi.
Oferta yo’llagan shaxs uning aktseptini olgan paytdagi shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Bir yoki bir necha muayyan shaxsga yuborilgan, yetarli darajada anashu bo’lgan va taklifni kiritgan shaxsning o’zini taklif yo’llagan va uni qabul qiladigan shaxs bilan shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi, niyatini ifoda etadigan taklif oferta hisoblanadi.
Ofertada shartnomaning muxim shartlari ifoda qilingan bo’lishi kerak. Oferta uni yo’llagan shaxsni oferta yo’llangan shaxs bilan u ofertani olgan paytdan boshlab bog’laydi.
Agar ofertani chakirib olish to’g’risidagi bildirish ofertaning o’zidan oldin yoki u bilan bir vaqtda kelgan bo’lsa, oferta olinmagan hisoblanadi.
Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aktsert hisoblanadi. Aktsept to’liq va pisandsiz bo’lishi kerak. Agar qonunda, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish bo’yicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha ma’no kelib chiqmasa, sukut saqlash aktsept bo’lmaydi.
Ofertani aktseptlash uchun belgilangan muddatda olgan shaxsning unda ko’rsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan xarajatlari (tovarlarni jo’natish, xizmatlar ko’rsatish, ishlarini bajarish, tegishli summani to’lash va x.k.) agar qonun hujjatlarida yoki ofertada boshqacha tartibda nazarda tutilmagan bo’lsa, aktsept hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |